Korxona faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha xo‘jalik shartnomasi №


Download 23.73 Kb.
bet2/5
Sana04.02.2023
Hajmi23.73 Kb.
#1161310
1   2   3   4   5
Bog'liq
Shartnoma

4. Buyurtmachining majburiyatlari

4.1. Mazkur shartnomani bajarish uchun Buyurtmachi:


-mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda ishlarni bajarish uchun tegishli hujjatlarni dalolatnoma bo‘yicha Tadqiqotchi berish;
-ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan Tadqiqotchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Tadqiqotchi tugallangan ishlarni qabul qilib olishni ta’minlash;


5.To‘lovlar va hisob-kitoblar

5.1. Buyurtmachi Tadqiqotchiga tegishli manzilli dasturga asosan shartnoma bo‘yicha ishlar umumiy joriy qiymatining 30 % miqdorida avansni o‘tkazadi.


5.2. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin berilgan avansni hisobga olgan holda, tegishli loyiha bo‘yicha mablag‘lar ajratilganidan so‘ng loyiha shartnomaviy joriy qiymatining miqdorida amalga oshiriladi.
5.3. Tadqiqotchi bajargan loyihaga mazkur shartnoma bo‘yicha mulk xuquqini o‘zida saqlab qoladi. Bajarilgan ishlar Buyurtmachiga topshirilgunga qadar tasodifiy yo‘q qilinishi va shikastlanishi xavfi Tadqiqotchining zimmasida bo‘ladi.
6.Ishlarni bajarish

6.1. Buyurtmachi tayyorlangan loyihaga mutaxassis tayinlaydi. Mutaxassis loyihani tuzish bosqichlarini kelishadi, tadqiqotchi loyiha xaqida axborot taqdim qiladi.


Mutaxassis Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan loyiha sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Tadqiqotchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.


7.Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari

7.1.Agar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib bo‘lmaydigan kuch xolatlari natijasida kelib chiqsa, tomonlar bunday majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.




8.Kafolatlar

8.1. Tadqiqotchi loyihani to‘liq xajmda sifatli va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini kafolatlaydi.





Download 23.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling