Ijtimoiy omil va uning elementlarini bilasizmi?
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o‘zining tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. Shuning uchun ham uning tarkibi ko‘pgina elementlardan tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:
jamiyatda mafkuraning holati;
milliy urf-odatlar;
millatning madaniy va maishiy odatlari;
atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan munosabati; – davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan munosabati.
Demografik omil deganda nimani tushunasiz?
Bu aholi sonini, zichligini, tarqalishini va o‘sish sur’atini anglatadi. Masalan, aholi soni yuqori bo‘lgan va aholining katta qismini bolalar tashkil etadigan mamlakatda bolalar mahsulotlariga talab yuqori.
Ishlab chiqarishning iste’molga xizmat qilishini umumiqtisodiy, umuminsoniy xarakterga ega desa bo‘ladimi?
Ha, ishlab chiqarishning iste’molga xizmat qilishi umumiqtisodiy, umuminsoniy xarakterga ega.
Ishlab chiqarishning iste’molga xizmat qilishi umumiqtisodiy, umuminsoniy xarakterga egaligi barcha iqtisodiy tizimlarda saqlanib qoladimi?
Bu barcha iqtisodiy tizimlarda saklanib qoladi, biroq har xil usulda va darajada amalga oshadi.
Xozirgi zamon bozor iqtisodiyotining muxim belgisi nimada?
Xozirgi zamon bozor iqtisodiyotining muxim belgisi, bu uning aniq ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lishida.
Bozor iqtisodiyotining tayanch nuqtasi nima deb o‘ylaysiz?
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining tayanch nuqtasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |