6-mavzu. Bozorni va iste’molchilarni o’rganish. Reja: Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari: iste‘mol tovarlari bozori


Download 30.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1801799
  1   2   3
Bog'liq
6-MAVZU. BOZORNI VA ISTE’MOLCHILARNI O’RGANISH.



6-MAVZU. BOZORNI VA ISTE’MOLCHILARNI O’RGANISH. 
Reja: 
1. Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari: iste‘mol tovarlari 
bozori,
1. Qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, korxonalar 
(tashkilotlar) bozori, 
2. ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar 
bozori, davlat tashkilotlari bozori. 
 
 
1. Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari: iste‘mol tovarlari bozori, 
qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, korxonalar 
(tashkilotlar) bozori, ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan 
mahsulotlar bozori, davlat tashkilotlari bozori. 
Tovar bozori o’zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar o’rtasidagi, ikkinchidan ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi 
guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar tizimini aks ettiradi. Birinchi hol aloqalarning 
asosiy shakli bo’lib, xarid qilish va sotish hisoblanadi. Ikkinchi shakli esa o’zaro 
raqobat shakli hisoblanadi. O’ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy 
kon’yunktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko’ra milliy xo’jaliklar va 
tovar bozorlari g’oyat xilma-xil hisoblanadi. Har bir bozor va uning kon’yunkturasi 
rivoji har bir bosqichi uchun muayyan xususiyatlarni va uzoq muddatli yo’nalishlar 
ko’lamini, o’tkinchi va nisbatan davomli o’zgarishlarni hamda bularning 
ahamiyatini, o’zaro hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o’rnini belgilab 
beruvchi omillarni qanchalik uyg’unlashtira olishi muhimdir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing funksiyasi tovar va xizmatlarga 
bo’lgan talab va taklifning samarali mutanosibligini ta’minlash maqsadida erkin va 
raqobatli ayirboshlashni tashkil qilishdan iboratdir. Bu mutanosiblik o’z-o’zidan 
vujudga kelmaydi va quyidagilarni talab qiladi: 
— moddiy ayirboshlashni yoki, boshqacha qilib aytganda, tovarlarning ishlab 
chiqarish va iste’molchi o’rtasidagi jismoniy harakatini tashkil qilish; 
— kommunikatsiyalarni tashkil qilish, ya’ni talab va taklifning samarali 
mutanosibligini ta’minlash maqsadida, ayirboshlashdan avval yuz beruvchi, 
ayirboshlash bilan bir paytda yuz beruvchi va unga ergashuvchi axborot oqimini 
tashkil qilish. 


Shunday qilib, marketingning jamiyatdagi roli sotuvchilar bilan xaridorlar 
o’rtasida ayirboshlash va kommunikatsiyani tashkil qilishdan iborat. Mazkur 
ta’rifda ayirboshlash jarayonining maqsadidan qat’iy nazar marketingning vazifa 
va funksiyalariga alohida e’tibor beriladi. Bunday ifodalangan ta’rif tijorat 
faoliyatiga ham, notijorat faoliyatiga ham to’g’ri kelishi mumkin. 
Tovar va xizmatlar ayirboshlashini tashkil qilish, sotish jarayonining 
funksiyasi bo’lib, uning vazifasi tovarlarni ishlab chiqarish holatidan iste’mol 
uchun tayyor holatgacha harakatlantirishdan iboratdir. 
Tovarlarning shu tarzda iste’mol holatiga o’tishi quyidagi uch xil foydalilik 
turini vujudga keltiradi va shu tariqa tovarga sotish bosqichida katta qo’shilgan 
qiymat beradi: 
– Holat foydaliligi. Tovarlarni iste’mol holatiga o’tkazuvchi barcha moddiy 
o’zgarishlar majmuasi: bu o’rash, saralash va boshqa jarayonlardir. 
– Makon foydaliligi. Tashish, geografik taqsimlash va boshqa shunga 
o’xshash tovarlarni foydalanish, o’zgartirish yoki iste’mol joylarida 
iste’molchilar tasarrufiga taqdim qilishni ta’minlovchi makondagi o’zgarishlar. 
– Davriy foydalilik. Iste’molchi tanlangan vaqtda tovarlarning mavjud 
bo’lishini ta’minlovchi jamlanish kabi davriy o’zgarishlar. 
Aynan mana shu funksiyalar talab va taklif o’rtasidagi real mutanosiblikni 
ta’minlashga imkon beradi. 
Ko’rsatib o’tilgan sotish jarayoni vazifalari tarixda, asosan, xaridlar bo’yicha 
agentlar, ulgurji savdogarlar, chakana sotuvchilar va sanoat savdosi xodimlari kabi 
mustaqil vositachilar tomonidan, ya’ni sotish sektori deb nomlanuvchi toifa 
tomonidan amalga oshirib kelingan. Sotish jarayonining ba’zi funksiyalari ishlab 
chiqarish tomonidan (bevosita marketing), iste’mol tomonidan (iste’molchilarning 
birlashuvi) va sotish jarayoni tomonidan (supermarketlar, do’konlar tarmog’i va 
boshqalar) birlashtirilishi mumkin. 

Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling