6-Mavzu: Bronza davri arxeologiyasi. Reja: Bronza davriga tavsif. Yevropa va Kavkaz hududlarida bronza davri
Download 22.13 Kb.
|
6-Mavzu
Andronovo madaniyati bronza davri chorvador qabilalari madaniyati bo’lib, bu madaniyatga tegishli dastlabki yodgorlik o’tgan asrning 20-yillarida Sibiriyaning Achinsk shahri yaqinidagi Andronovo qishlog’idan topib o’rganilgani uchun shu nomni olgan. Bu madaniyatga tegishli jamoalarning ayrim guruhlari hatto o’z podasiga bo’sh yaylovlar qidirib miloddan avvalgi II ming yillik o’rtalarida O’rta Osiyo hududlariga ham kirib keladi. Xorazmda va Farg’ona hududlarida o’z moddiy madaniyat izlarini qoldiradilar.
Kavkazning tabiiy sharoiti bronza davri xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay bo’lganligi uchun ham bu er ko’plab qabilalar o’zlarining madaniyatini vujudga keltirgan. Kavkazorti madaniyati Old Osiyo madaniyatiga yaqin. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga oid makonlardan qadimgi sharq qurollari, qadimgi Ossuriya qilichlari kabi moddiy topilmalar topilgan. Kavkazortida Maykop, Trialeti kabi mozor- qo’rg’onlar o’rganilgan. Bronza davrida ibtidoiy jamiyat xo’jalik va madaniy taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan. Bronza davri urug’chilik jamoasi xarobalari o’rnida dastlabki sinfiy jamiyat vujudga kelganligini ko’rsatuvchi dalillar arxeologlar tomonidan aniq langan. Bronza davrida mulkiy tabaqalanish jarayoni natijasida ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tish ro’y beradi. Bu jarayonlarni o’rganishda turli hududlarda topilgan bronza davri arxeologik manbalari katta ahamiyatga egadir. Farg’ona vodiysida mil. avv. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlarida o’ziga xos Chust madaniyati shakllandi. Bugungi kungacha Farg’ona vodiysida Chust madaniyatiga mansub 70 dan ortiq yodgorliklar o’rganilgan. Bular jumlasiga Chust Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Bo’ztepa, Chimboy va boshqalar kiradi. Chust madaniyati yodgorliklarining eng chekkalari bir-biridan 100 km masofada joylashganligi ushbu madaniyatni keng tarqalganligini ko’rsatadi. Shimoliy Farg’onadagi Chust guruhiga Govasoy xavzasida Chust, Ko’ksaraksoy sohilida Qoraqo’rg’on, Kosonsoy vodiysida To’raqo’rg’on, Tergovchi I, II, Go’rmiron, Yoztepa yodgorliklari kiradi. Sharqiy Farg’na guruhi yodgorliklari Dalvarzintepa guruhi deb nomlanib, ular Qoradaryoning so’l sohilida joylashgan. Mazkur guruhga Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Axshar va G’ayrattepa yodgorliklari kiradi. Qoradaryoning o’ng qirg’g’ida joylashgan O’zgan guruhiga Dehqon, Chimboy, Qoraqo’chqor I va II, O’zgan, Qashqaterak, Do’nbuloq yodgorliklari kiradi. Janubi-sharqiy Farg’onadan Sho’rtepa, Zarg’aldoqtepa, Manyak, Shaltoqtepa makonlari topilgan. Shuningdek, yuqoridagi guruhlarga kirmagan Chakan, Aqbarabod makonlari ham o’rganilgan. Asosiy yodgorliklar Farg’ona vodiysining sharqiy tumanlarida joylashganligi bu yerda dehqonchilikning yuksak rivojlanganligini ko’rsatadi. Topilgan moddiy ashyolar Chust davri madaniyati mil. avv. II-I ming yillik boshlariga tegishli ekanligini ko’rsatadi. Radiouglerod tahliliga ko’ra Dalvarzintepaning I davri mil.avv. 1090 ± 120 yil, ikkinchi davri esa mil.avv. 760 ± 120 yildir. Chustning so’nggi davri mil. avv. 280 ± 75 yilni o’z ichiga oladi. Chust madaniyati yodgorliklari egallagan maydoniga ko’ra katta, kichik va o’rtacha hisoblanadi. Katta qishloqlarga maydoni 10 gektardan ortiq bo’lgan Dalvarzintepa, Ashqoltepa, o’rtachalariga Chust (4 gektar), Dehqon (5 gektarga yaqin) kiradi. Kichiklarining maydoni 1 gektar atrofida. Chust yodgorligi tepalikda joylashgan bo’lib, maydoni 210 x 200 metrni tashkil etadi. Madaniy qatlami 40 sm.dan 3,5 metrgacha bo’lib, 7 ta qatlamni tashkil etadi. Ikkita turar-joy paxsadan ko’rilgan, qolganlari esa yerto’la ko’rinishida. Markazda 2 x 2,7 metr o’lchamda tuxumsimon turar-joy mavjud. Chust makoni mudofaa devorlari bilan o’rab olingan bo’lib, devorlarning qalinligi 7 metr, balandligi 3,5 metr, xom g’ishtdan qilingan. Download 22.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling