6-mavzu. Datchiklar. Asosiy ma’lumotlar Reja
Download 1.1 Mb.
|
6-mavzu.
Birinchi muammo - yangi, progressiv yutuqlarni tez va keng ko‘lamda ishlab chiqishga tadbiq etish va xalq xo‘jaligida qo‘llash. Bu muammoni echish uchun asbobsozlikdagi rejalash va boshqarish prinsiplarini tubdan qayta qurish kerak.
Ikkinchi muammo-o‘lchash asboblarining sifatini keskin oshirish. Bu masalani echish uchun faqat asbobsozlarning harakatlarini o‘zi kamlik qiladi. Ko‘rinib turibdiki, bu masalalarni echish uchun o‘z navbatida o‘lchash-nazorat texnikasini mukammallashtirish zarurdir. Bu jarayonning dialektik birligi ilmiy-texnik taraqqiyot muammolariga hamma talablarni chuqur tahlil qilish asosida atroflicha yondoshish lozimligini ta’kidlaydi. Mikroprotsessor - sonlarning ikkili kodidan iborat muayyan arifmetik va mantiqiy amallarni bajarishga mo‘ljallangan qurilmadan iborat bo‘lib, taalluqli datchiklarni ishlab chiqish jarayonida keng qo‘llaniladi. Mikroprotsessorlarning aniq turiga bog‘liq ravishda bu operatsiya (komanda) lar yig‘indisi sifat hamda mazmun jihatdan ham keskin farq qilishligi mumkin. Lekin har qanday holda ham komandalar yig‘indisi uchun ular kombinatsiyasi orqali har qanday talab qilingan sonlar o‘zgartirishini ta’minlaydigan komandalar yig‘indisining to‘lalik sharti bajarilishi kerak. Odatda, mikroprotsessor bir yoki bir nechta integral mikrosxemalar ko‘rinishida yasaladi. Mikroprotsessorlarning kichik o‘lchamlari va nisbatan arzonligi ularni o‘lchash asboblari va tizimlari hamda datchiklar tarkibida muhim o‘zgartkichlardan biri sifatida ishlatish imkonini beradi. YAngi datchiklarni ishlab chiqish jarayoni ilm-fan yutuqlariga tayanadi. Uni echishda olimlar o‘z oldilariga inson sezgi organlariga yaqin tavsiflarga erishish masalasini qo‘yishmaydi. Balki, har bir ixtisoslashtirish doirasida ko‘rish va eshitish qobiliyatiga, temperatura va elektr potensiallari aniq o‘lchash vositalariga, tashhisning ultratovush vositalariga va boshqa o‘lchash qurilmalariga ega bo‘ladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotning bosh yo‘nalishlaridan biri keng ko‘lamli datchiklarni ishlab chiqishni rivojlantirishdir. Bunday tarmoqlarning ilg‘or yutuqlari tadbiqini tezlashtirish, rejalash va boshqarishni koordinatsiyalash hamda mukammallashtirish Hukumatning muhim qarorlarida ham bir necha marotaba ta’kidlangan. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling