6-mavzu. Dialektika – rivojlanish haqidagi ta’limot Reja: Shakllanish, o‘zgarish, rivojlanish va taraqqiyot tushunchalari
Aloqadorlik va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lishi
Download 28.45 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borliqning aniq sohalariga oid bu aloqadorliklarni turli aniq fanlar o‘rganadi.
3. Aloqadorlik va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lishi. Aloqadorlik va bog‘lanishlar borliqning turli sohalarida turli-tuman shakllarda namoyon bo‘ladi. Bular quyidagilardir: notirik olamda: a) «elementar» zarralarning bir-birini taqozo qilishi va aks ta‘siri shaklida; b) planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari shaklida.
Organik tabiatda: a) tirik organizmlarning modda almashinuvi shaklida; b) tirik organizmlar bilan tabiiy muhit o‘rtasidagi bog‘lanishlar; v) o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zaro aloqadorligida; g) hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda va h. k. Jamiyatda bo‘lsa: a) jamiyat bilan tabiat o‘rtasida; b) jamiyatning moddiy va ma‘naviy hayoti o‘rtasida; v) jamiyat ishlab chiqarish usulining tomonlari: ishlab chiqaruvchi kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida; g) jamiyatning iqtisodiy bazisi bilan ustqurmasi o‘rtasida; d) jamiyat iqtisodiy strukturasi elementlari o‘rtasida; e) jamiyatda shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘rinadi. Tafakkurda bo‘lsa: a) bir butun tafakkur jarayonida, tafakkur shakllari o‘rtasida: b) tafakkur shakllari va qonunlari o‘rtasida; v) tafakkur va borliq o‘rtasida. Bilish jarayonida esa: a) hissiy bilish va aqliy bilish o‘rtasida; b) bilish bosqichlari va bilish shakllari o‘rtasida; v) bilish bilan borliq o‘rtasidagi aloqalar va bog‘lanishlarda ifodalanadi. Borliqning aniq sohalariga oid bu aloqadorliklarni turli aniq fanlar o‘rganadi. Bunda har bir fan o‘z sohasidagi aloqadorliklar zanjiridagi ma‘lum, o‘rganilgan xalqalarga tayangan holda hali ma‘lum bo‘lmagan yangi xalqalarni ochib boradi. Bu jarayondaborliqning ma‘lum bir turiga oid konkret sohalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning yangi bir turi ham ochilishi va ma‘lum oraliq sohalarni o‘rganuvchi yangi fanlarning paydo bo‘lishi mumkin. Masalan: biofizika, biomexanika, fizikaximiya, geofizika, matematik lingvistika, matematik mantiq va boshqalar shular jumlasidandir. Umuman, borliq bepoyon aloqadorliklar va bog‘lanishlar majmuidir. Turli fanlar bu aloqadorliklar va bog‘lanishlarni turli jihatdan o‘rganadi. Dialektika esa bir butun borliqqa va uning turli ko‘rinishlariga xos bo‘lgan eng umumiy aloqadorlikni va bog‘lanishlarni o‘rganadi va ochib beradi. Dialektikada bunday aloqadorliklarning uch turi mavjud: 1) universal, 2) strukturaviy, 3) deterministik aloqadorliklar. Bu jihati bilan dialektika konkret fanlardan farq qiladi. Shuni aytish kerakki, narsa, voqea, hodisa va jarayonlar aloqadorliklarining turli tomonlari, bosqichlari, uning konkret xususiyatlari turli konkret fanlar tomonidan o‘rganilib, ularning har biri o‘zining sohasiga oid alohida nazariyalarini ishlab chiqadi va mukammallashtirib boradi. Masalan, hozirgi zamon kosmologiyasi koinot, ayrim galaktikalar, turlicha kosmik obyektlarning kelib chiqishi kabi nazariyalarni ishlab chiqmoqda. Evolyutsion biologiya esa tirik organizmlarning rivojlanishi, ularda sodda turlardan murakkab turlarning qanday kelib chiqishi haqida o‘z nazariyalariga ega. Tarix fanida esa kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari haqida turli nazariyalar mavjud; tilshunoslik fani bo‘lsa turli tillarning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi nazariyalarni ishlab chiqqandir. Bular rivojlanishning turli konkret maxsus sohalariga oid nazariyalardir. Narsa, voqea, hodisa va jarayonlar aloqadorliklarining turli maxsus fanlar sohalariga oid bunday nazariyalarining umumiy jihatlari dialektikaning taraqqiyot nazariyasida ifodalanadi. Dialektikaning taraqqiyot nazariyasi esa bir butun borliqning harakati, o‘zgarishi va rivojlanish qonunlari Download 28.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling