6-mavzu: dinning struktur-funktsional tahlili
Download 15.57 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-mavzu (1)
6-MAVZU: DINNING STRUKTUR-FUNKTSIONAL TAHLILI. 1. E. Dyurkgeym tomonidan din va sotsial birdamlik o’zaro aloqalarini tadqiq etilishi. 2. Din va sotsial konfliktlar. Neoevolyutsionizm. 3. G’arbiy Yevropa sotsial tafakkurida dinga bo’lgan turli munosabatlar. Din va ijtimoiy barqarorlik. Din sotsiologiyasining konfliktologik nazar iyasini tizimli tarzda shakllanishi nemis mutafakk iri K.Marks faoliyatidan boshlanadi, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunday nazariyalarning tayanch nuqtasi – «din integratsiyani ta’minlovchi omil emas, aksincha, u antagonistik ko‘rinishdagi ijtimoiy to‘qnashuvlarning manbai», degan fikrdir. Unga muvofiq, jamiyatning sosial strukturasi dunyoqarashlari diniy mazmundagi reaksion ta’limotlar ta’sirida shakllanadigan, integrativ sosial nazariyalarga qarshi bo‘lgan, hudbin manfaatlarni ko‘zlagan insonlar guruhidan tashkil topadi va buning natijasida jamoaviy birlik, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi qadriyatlar va e’tiqodlar tizimi barham topadi. Pirovardida, jamiyat hayotining mazmuni turli sosial guruhlar o‘rtasidagi konfliktlar, zo‘ravonliklar, mulk, hokimiyat hamda boshqalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lish harakatlari bilan belgilanadi. Bunday sharoitlarda barqarorlik vaqtinchalik osoyishtalikning shartli omili bo‘lib xizmat qiladi. Demak, konfliktlar haqida gap ketganda avvalambor, dinlararo konfliktlarni tashkil etadigan, diniy e’tiqodga asoslangan kelishmovchiliklar va o‘zaro toqatsizliklarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Buning yaqqol misoli sifatida umumiy tarixiy ildizga ega, bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yahudiylik va xristianlik, yahudiylik va islom dinlaridagi tafovutlar tufayli ko‘p asrlardan beri ushbu dinlarga e’tiqod qiladiganlar o‘rtasida davom etib kelayotgan adovatni ko‘rsatish mumkin. Din sotsiologiyasi nuqtai nazaridan qaraganda, bunday ziddiyatli munosabatlarning asosida diniy guruhlarning me’yorlangan ma’lum bir qadriyatlarga amal qilish hodisasi yotadi. Ushbu hodisa negizida «nima ezgulik, nima esa yovuzlik kasb etadi?» degan savol namoyon bo‘ladi. Har bir guruh o‘z ta’limotining mutlaq haqiqatligi va uni ijtimoiy hayotda universal ahamiyat kasb etishiga da’vogarlik qiladi. Bunday vaziyatlarda bir guruhning boshqasi bilan o‘zaro muloqoti haddan ziyod murakkablik kasb etadi. Guruh a’zolariga guruhning e’tiqodlar tizimi qanchalik tarzda umumqamrovli va yaxlit bo‘lib tuyilsa, uning muloqot imkoniyatlari shunchalik darajada torayib boraveradi. Diniy adovat faqat volyuntaristlikka asoslangan emosional holatga bog‘liq bo‘lmaydi, zero, u kognitiv darajada ham namoyon bo‘ladi. Demak, bu yerda gap diniy toqatsizlik fenomeni boshqalarning haqiqatga ega bo‘lish huquqlarini tushunmaslik yoki tan olmaslikda namoyon bo‘lishi haqida ketmoqda. Boshqacha qilib aytganda, konflikt yoki zo‘ravonlikka olib kelishi mumkin, yoki u yashirin shaklga o‘tishi, juda bo‘lmasa u guruhning o‘z e’tiqodini mutlaq va universal xususiyatidagi haqiqatga da’vogarligidan chekingan holdagi kompromiss asosida bartaraf qilinishi mumkin. Bunday turdagi konfliktlar sababi «partikulyarizm», deb nomlanadi, ya’ni bu holat mutlaq haqiqat va axloqqa faqat shu diniy guruhning ega bo‘lishiga da’vogarlik qilishi, o‘z e’tiqodini boshqalarga zo‘ravonlik asosida singdirish hodisasiga olib keladi. Partikulyarizm doim dushmanlarni izlash bilan band bo‘ladi, chunki faqat shunday yondashuv asosida, o‘z xulq-atvorini donishmandlik va hokisorlikning etaloni sifatida boshqalarning xulq-atvori bilan o‘zaro taqqoslash imkoni yuzaga keladi. Dushmanlar, shuningdek, konfliktga moyil guruh rahbarlari uchun ham zarurdir, chunki ular guruh a’zolariga o‘z ta’sirlarini o‘tkazib turishlari uchun dushmanlar borligidan unumli tarzda foydalanadilar. Agarda guruh uchun amalda bunday dushmanlar bo‘lmasa, unda ularni o‘ylab topishga to‘g‘ri keladi, xatto kerak bo‘lsa, guruhning o‘z a’zolari orasidan ularni topishga harakat qilinadi. Partikulyarizmning namoyon bo‘lishi dinlarni «chin va yolg‘on», «yaxshi va yomon», «foydali va zararli» kabi sifatlar orqali ajratishda sodir bo‘ladi. Diniy adovat aksariyat hollarda sinfiy va etnik konfliktlar shaklida gavdalanadi. Boshqa diniy guruhlarga nisbatan adovatga sabab bo‘ladigan diniy farq iqtisodiy, siyosiy yoki milliy manfaatlar bilan bog‘liqlikda izohlanadi. Diniy farqlar mazkur sharoitlarda mafkuraviy vazifalarni ham bajaradi. Konfliktlar faqat diniy guruhlar o‘rtasida sodir bo‘lmaydi, aksincha, ularni guruhning ichida kuzatish mumkin. Bunga o‘zini yahudiylik, xristianlik, xatto, islom diniga mansub, deb hisoblayotganlar orasida ham turli nizo va kelishmovchiliklarning kelib chiqib turganini misol tariqasida keltirish lozim. Shuningdek, guruhlar orasidagi konfliktlar tashqi omillar ta’sirida sodir bo‘lishi mumkin. Buning asosiy sababi – guruh a’zolarining siyosiy qarashlarining turli xilligidir. Konfliktning yana bir turi dinning sekulyarizatsiya jarayoni kechayotgan jamiyat xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Ushbu konfliktlar dunyoviy madaniyatning shakllanishi tufayli jamiyat madaniy hayotning o‘zgarib borishi tufayli vujudga keladi. Bunda dunyoviy madaniyat an’anaviy diniy qadriyat va axloq bilan ziddiyatga uchrashi kuzatiladi. Shunday qilib, insonning xulq-atvorida, jumladan, diniy mazmundagi xulq-atvorida ham hal qiluvchi rolni egoistik manfaatlar o‘ynaydi va bu holat o‘z navbatida konfliktlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birgalikda, konflikt nazariyasi insonlarni harakatlantirayotgan manfaatlar ularning ongi va xulq-atvoriga, jumladan, diniy hulqatvoriga ta’sir qilayotgan mexanizm sifatida faoliyat ko‘rsatishini tushunishga asos bo‘lishi muqarrardir. Download 15.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling