Qisqacha xulosa.
Har qanday sosial institut haqida turli mazmundagi nazariyalarning ishlab chiqilishi tabiiydir. Jumladan, mumtoz sosiologlar o‘z asarlarida din va uning ijtimoiy ahamiyati mavzusida batafsil fikr yuritganlar. Xususan, din sotsiologiyasining asoschilari – O.Kont, E.Dyurkgeym, M.Veber, K.Marks kabi mutafakkirlar din instituti haqida turlituman nazariyalar yaratishdi. Ulardan ayrimlari dinda jamiyat uchun ijobiy sifat borligini e’tirof qilishsa, boshqalari esa dinda jiddiy zararni tasavvur qilishdi. Ammo, bunday qarama-qarshiliklarga qaramay din sotsiologiyasining nazariyasi rivojlanishda davom etdi.
Mavzu bo‘yicha tayanch atamalar.
Sosial o‘zgarishlar, konflikt, ziddiyat, diniy toqatsizlik, partikulyarizm.
Nazorat savollari.
T.Parsonsning M.Veber faoliyatiga bergan yuqori bahosining sababi nimada?
Nima uchun K.Marks dinni keskin tanqid qilgan?
Konflikt nazariyasining din sohasidagi ilk tadqiqoti haqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |