Konflikt. Konflikt turlari va ularning adabiyotdagi
Download 20.95 Kb. Pdf ko'rish
|
5-7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdumurodova Muattar Ilmiy rahbar : Termiz davlat universiteti filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori , katta o`qituvchi Xurriyat Muxiddinovna Xudoymurodova
- ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O‘RNI 7-SON 24-son https://academicsresearch.com/index.php/Konferensiya 15.02.2022
ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O‘RNI 7-SON 24-son https://academicsresearch.com/index.php/Konferensiya 15.02.2022 5 KONFLIKT . KONFLIKT TURLARI VA ULARNING ADABIYOTDAGI O`RNI Termiz davlat universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti 2- bosqich talabasi Abdumurodova Muattar Ilmiy rahbar : Termiz davlat universiteti filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori , katta o`qituvchi Xurriyat Muxiddinovna Xudoymurodova Anotatsiya : Ushbu maqolada konflikt , uning turlari , qo`llanish o`rni va xususiyatlari ko`rib chiqildi . Bir nechta asarlardan qisman misollar keltirildi . Kalit so`zlar : konflikt , konflikt turlari , kolliziya , xarakterlararo konflikt , ichki konflikt , sujet Badiiy adabiyot san`atning bir turi hisoblamib , voqelikni so`z yordamida obrazli aks ettirishdir . Baddiy adabiyot avvalo og`zaki shaklda bo`lgan so`ng yozma shaklga o`tgan . Adabiyot so`z orqali inson his tuyg`ularini keng aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun xam u san`atning bir turi sifatida belgilanadi. Badiiy adabiyot mazmunini tashkil etadigan , bir biri bilan o`zaro bog`liqlikda kechadigan , qahramonlar o`rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi esa sujet hisoblanadi. Sujet unsurlari sifatida ekspozitsiya, kompozitsiya, tugun ,voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim, konflikt kabilar namoyon bo`ladi. Adabiyotshunos olim Izzat Sultonning tabiri bilan aytganda “konflikt- sujetning o`zagi” dir. Konflikt bu adabiyotda va san`atda – badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat personajlarning o`zaro to`qnashishi, ixtilofidir. Konflikt epik asarlarga nisbatan qo`llaniladi , lirik asarlarda esa kolluziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon bo`ladi. Shu o`rinda kolluziya atamasiga to`xtab o`tadigan bo`lsak XIX asr adabiyotshunosligida konflikt o`rnida kolluziya atmasi qo`llangan .Detektiv romanlarda ham konflikt kolluziya atamasi bilan namoyon bo`ladi. Konflikt haqida Dilmurod Quronov ham quyidagicha to`xtalgan “ Sujet bilan konflikt o`rtasida ikkiyoqlama aloqa kuzatiladi :bir tomondan , sujet konfliktni umumlashtirib ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O‘RNI 7-SON 24-son https://academicsresearch.com/index.php/Konferensiya 15.02.2022 6 namoyon qiladi , ikkinchi tomondan , konflikt sujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sanaladi . Ko`rinadiki , sujet va konflikt badiiy asarda uyg`unlashadi , biri ikkinchisini taqozo etadi . “ Komfliktning mohiyati esa zamon , makon bilan bog`liq . Shunday komfliktlar bo`ladiki davr va zamon o`tishi bilan ular ham barxam topadi . Yaxshilik va yomonlik , saxiylik va baxllik , vafolilik va vafosizlik kabi tuyg`ularda esa har bir davr ruhiyati , ma`naviyati , talab va extiyojlaridan kelib chiqib talqin qilinadi . Komfliktni uch turi mavjud : 1. Xarakterlararo komflikt 2. Qahramon va muhit komflikti 3. Ichki (psixologik) komflkt Komfliktning ushbu turlari badiiy asarda aralash holda , o`zaro aloqada keladi , biri ikkinchisiga o`tadi , biri ikkinchisini keltirib chiqaradi . Xarakterlararo komflikt turiga Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar “ asaridagi Zaynab va uning opasi Xushro`ybibini keltirishimiz mumkin va shu qatorda Shukur Xolmirzayevning “ O`n sakkizga kirmagan kim bor “ asaridagi o`gay aka-uka xisoblangan Tilov va Jamshir obrazlarini xam olishimiz mumkin. Qaxramon va muhit komfliktini Qodiriyning “ O`tgan kunlar “ asaridagi Yusufbek hoji obrazi orqali ko`rishimiz mumkin , ya`ni u xalqqa kop soliq solishni , xalqga ko`p jabr qilishni xohlamasada u ishlagan muhit shuni taqazo etadi . Cho`lponning “ Kecha va kunduz” romanida ham jiddiy ota va oqko`ngil , lekin erining jiddiyligi uchun yetarlicha erkin bo`la olmagan ona qo`lida tarbiya topgan Zebi va u yashaydigan Akbarali mingboshining sershovqin , fitnaga to`la, kundoshlarning bir birini ko`raolmasligi tufayli yuzaga kelgan notinch uyi o`rtasida muhit va qahramon konflikti yuzaga keladi . Ichgi konfliktga ushbu asardagi MIryoqub epaqani poezdda ketayotgan vaqtida jadid bilan suxbatidan keyin o`z xayolida sudiya , javobgar hamda qoralovchi bo`lib o`zini sud qilish jarayonida yaqqol ko`rinib turadi . Badiiy asardagi qaxramonlarni harakatga keltiradigan va ziddiyatli to`qnashuvlarni yuzaga keltirasigan sujet tarkibidagi tur konflikt hisoblanadi . Dunyoda ham har bir narsaning zidi bo`ladi . Shuningdek yomon insonlar bo`lmasa yaxshi insonlarning ham qadri qolmaydi. Har bir narsa zidi bilan yaratilgan . ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O‘RNI 7-SON 24-son https://academicsresearch.com/index.php/Konferensiya 15.02.2022 7 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Quronov . D . “ Adabiyot nazariyasi asoslari “ . Toshkent : Akademiknashr , 2018 . 176-b 2. Sultonov . I . “Adabiyot nazariyasi “ . Toshkent : “ O`qituvchi “ nashriyoti , 1986 3. Abdulla Qodiriy . “ O`tkan kunlar “ . Toshkent : “ O`qituvchi “ nashriyoti , 1980 4. Xolmirzayev . Sh . “ O`n sakkizga kirmagan kim bor “ . Toshkent : “Yozuvchi “ nashriyoti . 1999 5. Cho`lpon . “ Kecha va kunduz “ . Toshkent : “ Sharq “ nashriyot matbaa konsernining taxririyati 6. www . wikipediya . uz Download 20.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling