6-mavzu. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash. Arxivlashtirish dasturlari Reja


Download 0.87 Mb.
bet20/27
Sana24.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1290525
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
6маруза

WinRAR dasturi bilan ishlash

WinRAR dasturi bilan ishlash uchun «Pusk» menyusi orqali yoki ishchi stolida joylashgan WinRAR nishoni yordamida WinRAR oynasi faollashtiriladi. WinRAR oynasi quyidagicha tuzilishga ega: sarlavha satri, menyu qatori, uskunalarlar paneli, adreslar qatori, fayllar va kataloglar ro‘yhati hamda holatlar satri.


Sarlavha satrida WinRAR dasturi yordamida oxirgi marta arxivlash ishi bajarilgan yo‘l ko‘rsatib turiladi.



Fayllar va kataloglar ro‘yhatida joriy holatda faol bo‘lgan katalogda joylashgan fayllar va kataloglar ro‘yxati mavjud bo‘ladi. Bu ro‘yhatdan arxivga olinishi kerak bo‘lgan fayllar va kataloglar belgilanib ular ustida arxivlash, o‘chirish, nomini o‘zgartirish va Shu kabi boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.
Menyu satri
Menyu qatori «Файл», «Команды», «Избранноe», «Парамeтры» va «?» lardan iborat bo‘lib, har bir menyu qism menyulardan tashkil topadi.
«Fayl» menyusi.
B
u menyu quyidagi qism menyularni o‘z ichiga oladi.
«Otkro‘t arxiv» bo‘limini tanlash yoki Ctrl+O tugmalar kombinatsiyalarini bosish bilan arxiv fayllarni qidirish muloqot oynasi hosil qilinadi. Bu oyna yordamida mavjud arxiv fayl qidirib topiladi. So‘ngra sichqon yordamida belgilanadi yoki oynaning «Imya fayla» satriga fayl nomi kiritiladi va «Otkro‘t» tugmasi bosiladi.

Fayllar va kataloglar ro‘yxati joylashgan oynada ushbu arxiv ichida joylashgan barcha fayllar va kataloglar ro‘yhati hosil bo‘ladi.
«Выбрат диск» bo‘limi qism menyuli bo‘lim bo‘lib, uning qism menyusida sistemada mavjud disklar ro‘yhati hosil bo‘ladi. Ihtiyoriy disk tanlansa ushbu diskning qaysi katalogi joriy holatda faol bo‘lsa, o‘sha katalog ichidagi mavjud fayl va kataloglar «Fayllar va kataloglar ro‘yhati» oynasida hosil bo‘ladi. Bu ishni tezkor tugmalar yordamida ham bajarish mumkin, buning uchun
Ctrl+D tugmalar kombinatsiyasidan foydalanish lozim.
«Выбрать папки» bo‘limi yordamida kataloglarni daraxt ko‘rinishida varaqlovchi sistema oynasini ochish va u yordamida kerakli katalogni tanlash mumkin. Buni Ctrl+T tugmalar kombinatsiyasi yordamida ham bajarish mumkin.
«
Пароль»
bo‘limi yordamida yangi hosil qilinayotgan arxivga parol’ so‘z o‘rnatish mumkin. Bu bo‘limni tanlaganda parol kiritish oynasi hosil bo‘ladi. Parol kiritish oynasida ikkita kiritish satri mavjud bo‘lib, birinchisi yangi parolni kiritish, ikkinchisi esa kiritilgan parol to‘g‘ri kiritilganligini tasdiqlash uchun qayta kiritishga hizmat qiladi. Agar parol kiritishda uning ko‘rinishi maxfiy bo‘lishi shart bo‘lmasa (masalan, foydalanuvchi o‘zi yolg‘iz bo‘lsa yoki Shunga o‘hshash holatlar), u holda «Отображат парол при вводe» tanlash bayroqchasini belgilash lozim. Bu holatda ikkinchi satr muhim bo‘lmaydi, Shuning uchun bu satr ko‘rinmas holga keltiriladi (bu jarayonni dastur o‘zi amalga oshiradi). Parol kiritib bo‘lgandan so‘ng «OK» tugmasi bosiladi. Agar parol qo‘yish bekor qilinishi kerak bo‘lsa u holda «Отмeна» tugmasi tanlanadi. Bu haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun «Справка» tugmasi tanlanadi. Tezkor tugmalar yordamida Ctrl+P ni bosish orqali bu ishni amalga oshirish mumkin.
«Выдeлит всe» bo‘limi tanlanganda yoki Ctrl+A tugmalar kombinatsiyasi bosilganda ro‘yhatdagi fayl va kataloglar hammasi belgilangan holatga o‘tadi.
«
Выдeлит группу» bo‘limi tanlanganda ekranda muloqot oyna hosil bo‘ladi. Bu muloqot oynada shablon kiritish talab qilinadi va ko‘rsatilgan shablon asosida fayl va kataloglarni belgilanadi. Masalan, .exe shabloni kiritilsa, bar «exe» kengaytmali fayllar va kataloglar belgilanadi.
«Снять выдeлeниe» bo‘limida belgilangan fayl va kataloglarni shablon asosida bekor qilish amali bajariladi. Bunda ham yuqoridagi kabi muloqot oyna hosil bo‘ladi. Undan kerakli shablon kiritilib, «OK» tugmasi bosiladi.
«Инвeнтироват выдeлeниe »belgilashni inversiyalash, ya’ni belgilangan fayl va kataloglarni bekor qilish, belgilanmagan fayl va kataloglarni esa belgilab qo‘yish amalini bajarish mumkin.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling