6-mavzu. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash. Arxivlashtirish dasturlari Reja


Download 0.87 Mb.
bet21/27
Sana24.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1290525
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
6маруза

«Команды» menyusi.
M
enyu quyidagi qism menyudan iborat:


«Избранноe» menyusi.
Bu menyu qatori foydalanuvchi tomonidan tanlangan kataloglar ro‘yhatini o‘zida saqlaydi. Uning qism menyusi quyidagicha bo‘lishi mumkin:



«Парамeтры» menyusi.
Bu menyu bo‘limi yordamida WinRAR dasturining parametrlarini o‘rnatish va bekor qilish, o‘zgartirilgan parametrlarni fayl ko‘rinishida saqlash va fayldan o‘qish, protokolni ko‘rish va uni tozalash ishlarini amalga oshirish mumkin.


«?» (yoki «Справка») menyusi.
Bu menyu yordamida foydalanuvchi o‘ziga kerak bo‘lgan WinRAR dasturi haqidagi barcha ma’lumotlarni olish mumkin.




6. Uskunalarlar paneli.

Uskunalarlar paneli foydalanuvchining ishini osonlashtirish maqsadida tuzilgan bo‘lib uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:


—arxivga qo‘shish
—arxivdan chiqarish
—arxiv faylni tekshirish
—oldindan ko‘rish
—fayl yoki katalogni o‘chirish
—buzilgan arxiv faylni to‘g‘rilash
—siqish darajasini baholash
Bu tugmalarning bajaradigan funksiyalari menyu qatorida keltirilgan qism menyularda mavjud bo‘lib ular eng ko‘p foydalanilgani uchun uskunalarlar paneliga o‘rnatilgan.
Adreslar qatori.
Adreslar qatorida joriy holatda faol bo‘lgan disk va kataloglarning yo‘li ko‘rsatib turiladi. Adreslar qotoriga boshqa yo‘l kiritiladigan bo‘lsa, agar mavjud bo‘lsa o‘sha yo‘lga o‘tadi, aks holda xatolik yuz berganligi haqida ogohlantirish beriladi.
Holatlar satri.
O ynaning quyi qismida holatlar satri joylashgan bo‘lib, uning ko‘ri-
nishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
H
olatlar satri uchta seksiyadan iborat bo‘lib, birinchi seksiyada arxivni parol bilan ximoyalash nishoni turadi. Bu nishonga sichqon yordamida chertish bilan parol kiritish muloqot oynasini foallashtirish mumkin. Ikkinchi seksiyada ro‘yxatlar oynasidagi fayllar va kataloglarning qanchasi belgilanganligini ko‘rsatib turadi. Uchinchi seksiya joriy katalog xaqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib turadi.

7. WinRAR da arxiv fayl yaratish


WinRAR dasturida arxiv fayl yaratish uchun dastlab arxivga kiritilishi kerak bo‘lgan fayllar joylashgan disk va katalog tanlanadi. Ro‘yxatlar oynasida katalogdagi barcha mavjud fayllar va kataloglar ro‘yxati hosil bo‘ladi. Kerakli fayl va kataloglar belgilanadi va quyidagi uch usuldan biri:
- «Komandы» menyusidan «Добавит файлов в архив » bo‘limi tanlash;
- Alt+A tugmalar kombinatsiyasini bosish;
- uskunalarlar panelidan sichqon yordamida «Добавит» tugmasini bosish yordamida muloqot oyna ishga tushiriladi. Muloqot oyna 5 ta bo‘limdan iborat: «Общиe», «Дополнитeлно», «Файлы», «Рeзeрвныe копии », «Коммeнтарии»
« Общиe» bo‘limi.
B u yerda yangi hosil qilinayotgan arxiv fayl uchun «Imya arxiva» satriga nom kiritiladi. Berilgan arxiv fayl nomi oldindan mavjud bo‘lsa, u holda belgilangan fayl va kataloglar o‘sha arxiv faylga qo‘shiladi. «Мeтод обновлeния » satrida mavjud fayllarni yangilashning bir necha usullar keltirilgan bo‘lib, ulardan biri tanlanadi. «Format arxiva» da arxivning qanda usulda arxivlanishi ko‘rsatiladi. Masalan, RAR yoki ZIP ni tanlash mumkin. «Metod sjatiya» da siqish usuli ko‘rsatiladi. Siqish usullari «Бeз сжатия», «Скоростноe», «Быстрый», «Обычный», «Хороший» ва «Максималный» bo‘lib, ularning imkoniyatlarini quyidagi jadval asosida ko‘rsatamiz.

Siqish usuli

Dastlabki
fayl

«Bez sjatiya»
usuli

«Skorostnoy»
Usuli

«Bo‘stro‘y»
Usuli

«Obo‘chno‘y»
usuli

«Xoroshiy»
usuli

«Maksimalno‘y» usuli

Fayl nomi

2003.doc

2003(1).
Doc

2003(2).
Doc

2003(3).
Doc

2003(4).
Doc

2003(5).
Doc

2003(6).
Doc

Fayl xajmi

34816 bt

34876 bt

3597 bt

3567 bt

3512 bt

3494 bt

3493 bt

«Парамeтры архивации» da arxivlashda parametrlar kiritish uchun tanlash bayroqchalari mavjud bo‘lib, ularning tanlanishiga qarab turli ko‘rinishda arxivlash amalga oshiriladi. Masalan, «Создат SFX - архив» ga bayroqcha qo‘yilsa, u holda arxiv o‘zi ochiluvchi ilova dastur ko‘rinishida yaratiladi.


Ba’zi hollarda arxivlash jarayonida ularni bo‘laklarga ajratish zarurati tug‘iladi, masalan, biror katta xajmdagi ma’lumotni 3,5" li yumshoq diskka ko‘chirishda fayl 1.44 MBt dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bu muammoni hal qilish uchun «Razmer toma, bayt» satriga fayl xajmini kiritish kerak. Arxivlash jarayonida arxiv fayli ko‘rsatilgan xajmga yetganda keyingi bo‘lak tashkil qilinib, arxivlash jarayonini davom ettiradi. Bosh arxiv fayli RAR kengaytmali (agar SFX arxiv bulsa yeXE kengaytmali) ko‘rinishda, keyingi fayllar esa tartiblangan ravishda R00, R01, … ko‘rinishdagi kengaytma bilan hosil qilinadi. WinRAR ning keyingi versiyalarida, xususan, WinRAR 3.20 versiyada qismlarga bo‘lib arxivlashda fayl nomi yuqoridagidan farqli ravishda, fayl nomidan keyin .part001.rar, .part002.rar, … ko‘rinishida hosil qilinadi.
« Дополнитeлно» bo‘limi arxiv fayl yaratish uchun qo‘shimcha parametrlarni kiritishga xizmat qiladi. Masalan, SFX arxiv yaratilayotganda u xaqidagi parametrlarni kiritish uchun «Парамeтры SFX» tugmasini, parol qo‘yish uchun esa «Установит парол» tugmalari mavjud.
«Файлы» bo‘limida arxiv qilinayotgan fayllar haqidagi ma’lumotlar kiritiladi.
«Добавляeмыe файлы» satrida belgilangan fayllar ro‘yxati mavjud bo‘ladi. Agar yangi fayl qo‘shish kerak bo‘lsa, u holda «Добавит» tugmasi bosiladi va kerakli fayl yoki katalog tanlanib «OK» tugmasi bosiladi. qayta ishlash vaqtida kiritilgan parametrlar amal qilmaydigan fayl va kataloglar «Исключаeмыe из обработки файлoв» satriga kiritiladi. Agar fayllarning joylashgan yo‘li saqlanishi yoki bitta katalogga kiritilishi kerak bo‘lsa, u holda «Пути файлов» qismida keltirilgan parametrlardan biri tanlanadi. Agar har bir fayl alohida arxiv faylga olinishi kerak bo‘lsa, u holda «Помeшат каждый файл в отдeлный архив » tanlash bayroqchasi o‘rnatiladi.
«Рeзeрвныe копии» bo‘limidan arxivdan qo‘shimcha «zahira nusxa» qoldirish uchun foydalaniladi.
«Komentarii» bo‘limida izohlar kiritish uchun aloxida matn kiritish oynasi mavjud bo‘lib, foydalanuvchi o‘zi izox kiritishi yoki doimiy xotirada mavjud bo‘lgan matn fayllaridan foydalanish mumkin.
Barcha bo‘limlar soz holatga keltirilgandan so‘ng «OK» tugmasi bosiladi.
8 . WinRAR da fayllarni arxivdan chiqarish.
WinRAR dasturi yordamida fayllarni arxivdan chiqarish uchun avval arxiv fayl ochiladi. Arxiv fayllarni ochish turli usullarda amalga oshiriladi.
1) Dasturning «Fayl» menyusidan «Otkro‘t arxiv» bo‘limi tanlanadi. Hosil bo‘lgan varaqlash oynasidan arxiv fayl izlab topiladi va «Otkro‘t» tugmasi bosiladi.
2) Klaviaturadan CTRL+O tugmalar kombinatsiyasi bosiladi. Bunda ham yuqoridagi kabi varaqlash oynasi hosil bo‘ladi.
3) Adreslar qatoriga arxiv faylning to‘la nomini (disk, yo‘l va fayl nomi kengaytmasi bilan birgalikda) kiritish orqali arxiv faylni ochish mumkin.
4) Fayllar va kataloglar ro‘yxati joylashgan oyna yordamida.
Arxiv fayl ochilgandan so‘ng uning ichida joylashgan fayllar va kataloglar ro‘yxatda hosil bo‘ladi. Arxivdan chiqarilishi kerak bo‘lgan fayllar ro‘yxatdan belgilab ajratiladi va «Komando‘» menyusining buyruqlari yordamida arxivda chiqariladi. Masalan, arxiv faylidan chiqarilishi kerak bo‘lgan fayllar belgilanib, «Izvlech v ukazannuyu papku» bo‘limi tanlansa, u holda foydalanuvchi bilan muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Muloqot oynadan «put dlya izvlechenie» satriga fayllarni chiqarish yo‘li ko‘rsatilsa, fayllar arxivdan o‘sha ko‘rsatilgan yo‘lga ko‘chiriladi. Agar «Извлeч бeз подтвeрждeния» bo‘limi tanlansa, u holda fayllar joriy katalogga ko‘chiriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling