6-mavzu evolyutsion psixalogiyaga kirish


Download 65.49 Kb.
bet2/3
Sana12.11.2023
Hajmi65.49 Kb.
#1767602
1   2   3
Bog'liq
3-mavzu Evolyutsion psixologiyaga kirish

2.Falsafa va Psixologiya

  • Psixologlarda falsafaga murojaat qilish zaruriyati o’zlari duch kelgan muammolarning murakkabligi va noodatiyligidan kelib chiqadi.Psixalogiyaning ko’pchilik masalalarini tajriba tahlili vatabiiy ilmiy metodlar yordamida hal etishga qiyinchilik bilan erishiladi.Ko’p hollarda ular falsafiy idrok orqali ko’rish bilan hal etiladi.Bunday muammolar bilan to’qnashganda psixologlar falsaga murojaat qilib o’zlari mustaqil holda xulosa chiqarishga yoki faylasuflar taklif etgan xulosalardan foydalanishga majbur bo’ladilar
  • Xuddi shunday an’anaviy falsafiy-psixolog muammolar qatoriga inson ongining mohiyati va kelib chiqishi inson tafakkurining yuqori shakllarining tabiati jamiyatning shaxsga va shaxsning jamiyatga ta’siri dunyoqarashi psixologiyaning metodologik muammolarini kiritish mumkin.Yaqin yillardan beri fanda faylasuflarning ishtirokisiz psixologlarning mustaqil o’zlari hal eta olmaydigan ma’suliyatlilik vijdon hayot mazmuni ma’naviyat kabi insonning murakkab falsafiy –psixologik muammolari ko’proq muhokama etiladi.
  • Faylasuflarning o’zlari ham bu muammolarni psixologlar bilan hamkorlik qilmasdan psixalogiya fanida yetarli darajada o’rganilgan tirik shaxsni hisobga olmasdan turib chuqur tushunib yetishlari mumkin emas.Yana shunday muammolar mavjudki ularni hal etishda psixologlar va faylasuflarning hamkorligi samaradorliroq bo’lib sezilarli darajada aniq natijalar berdi.Bu avvalo epistemologiya-atrof olamning inson tomonidan o’rganilishi haqidagi va bunday bilish metodlarini umumiy ko’rinishini belgilovchi fan muammolaridir.

3.Psixologiya mustaqil fan sifatida shakllanishi

  • Insonda jismoniy tanadan tashqari undan farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq mavjud bo’lgan.Eng qadimgi davrlardanoq inson tush ko’rish xodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari masalan ovdagi muvaffaqiyatlar o’lim va boshqa hodisalarning sabablarini tushuntirishga intilgan.Ammo dastlabki qarashlar mifologik xarakterda edi.Ular fikrlash orqali emas ko’r ko’rona ishonch vositasida egallanardi.Ruh haqidagi qarashlar ko’pincha nafas bilan bog’lanardi ruhni esa uchar mahluq sifatida tasavvur atardilar.
  • Psixologiya haqidagi fikrlar qadim zamonlardanoq beri mavjuddir.Ilk davrlarda psixologik xususiyatlarni jonning ishi deb tushuntirilgan.Jonning o’zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan.Bunday tasavvurlar ‘’animism’’ deb ataladi.Animizm so’zi anima ‘’jon’’ degan ma’noni anglatadi.Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi Geraklit tomonidan yoki olovsimon atomdan iborat ekanligini Demokrit tomonidan ta’kidlangan.Platonning ‘’ideyalar tug’ma bo’ladi’’ degan g’oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi.
  • Platon ta’limotiga ko’ra ‘’ideyalar mohiyati abadiy va o’zgarmas ularning tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi.
  • Platon psixologiyada ‘’dualizm’’ oqimining asoschisi hisoblanadi.Dualizm so’zi illi yoqlamalik yoki ikki mustaqil fikr degan ma’noni anglatadi.Dualizm ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy olam tana va psixikaning bir biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib azaldan qarama qarshi narsalar deb tushuniladi.Geraklit Demokrit Aflotun ta’limotlari keying asrlarda psixologik g’oyalarni rivojllanishiga xissa qo’shgan.

Download 65.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling