6-Mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari


Download 153.5 Kb.
bet13/22
Sana04.02.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1165618
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
6. мавзу (2)

Sakrash bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir.Masalan, sakrash – bu Erda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Inkorni-inkor. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama bunday ketma-ket qo‘llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorni-inkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. «Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo‘lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida foydalangan. Gegel, shuningdek, uning o‘tmishdoshlari va izdoshlari ko‘rsatib bergan ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.
Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo‘nalishini ko‘rish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur hodisa taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini bir inkor harakatining o‘zidan aniqlash mushkul. SHu bois, masalan, qabul qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak.
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, Gegelning dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon «tezis–antitezis–sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. Dialektika kontekstida rivojlanishning uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining ko‘p sonli ssenariylaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo, Gegel qayd etgan rivojlanishning siklligi, uning chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kechishining ancha keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham bo‘lmasligi mumkin: o‘zgarish aylanma harakat qiladi. Inkorni-inkorda rivojlanish quyi bosqichining o‘ziga xos xususiyatlari yuqoriroq bosqichda takrorlanishi yuz beradi.
Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda rivojlanish jarayonida uning oliy bosqichlarida avvalgi bosqichlarning ayrim jihatlari va tomonlari sifat jihatidan yangicha asosda takrorlanadi va ayni hol to‘g‘ri chiziq, tutash doira bo‘ylab emas, balki spiralga yaqinlashuvchi egri chiziq bo‘ylab yuksalishni belgilaydi. Harakatning spiralsimonligi rvojlanishning siklligini aks ettiradi.

Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling