6 Mavzu: Foydali qazilma konlarini qiya stvollar bilan ochish


Download 17.41 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.41 Kb.
#1560260
Bog'liq
6 Mavzu


6 Mavzu: Foydali qazilma konlarini qiya stvollar bilan ochish

Rudani qiya stvollar bо‘ylab yer yuzasiga chiqarishni vagonetkalar, skiplar, konveyerlar va avtosamosvallar bilan amalga oshirish mumkin.


Rudani vagonetkalar bilan yer yuzasiga chiqarishni mо‘lljallab ruda konlarini ochish kam qо‘llaniladigan usuldir. Vagonetka bilan rudani yer yuzasiga chiqarish shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvati kam (100 ming tonnagacha) va qazib olish chuqurligi 100 m dan oshmagan holatlarda qо‘llaniladi.
Rudani kо‘tarishning bu usulida bir necha vagonetkadan iborat tarkib tuzilib yer yuzasida о‘rnatilgan kо‘tarish mashinasi bilan tortib chiqariladi. Kо‘tarishdan avval tarkibdagi har bir vagonetka kо‘zdan kechiriladi. Osilgan ruda bо‘laklari olib tashlanadi. Rudani bu usulda kо‘tarishining asosiy kamchiliklari biri ruda kо‘tarilishining tezligi yuqori emasligi va vagonetkalar harakat vaqtida relsdan chiqib ketish ehtimollari mavjud bо‘lishi.
Skiplar bilan jihozlangan qiya stvollar 20-45 dan 60 gradusgacha qiyalikda о‘tiladi .
Tik stvollar bilan ochish usuliga nisbatan bu usulining afzalliklari kvershlaglar uzunligi qisqaligidir. Lekin qiya stvol uzunligi tik stvolga nisbatan 20-80 % ortiq va buning natijasida stvolni barpo etish harajatlari ham yuqori, undan tashqari tik stvollarga nisbatan skiplar harakati tezligi yuqori emas, kо‘tarish samaradorligi past. Kо‘tarish pо‘lat arqonlari yо‘naltiruvchi roliklarda ishqalanish natijasida tez yemiriladi va skipning relsdan chiqib ketish holatlari ham kuztiladi.
Bu kamchiliklar juda jiddiy bо‘lib shuning uchun ham skip bilan jihozlangan qiya stvollar bilan ochish usuli qiya foydali qazilma konlarining qazib olish chuqurligi 400-500 m dan va shaxta yillik ishlab chiqarish quvvati 500-600 ming tonnadan oshmagan holatlarda qо‘llash mumkin.
Konveyerli kо‘tarish uskunalari bilan jihozlangan qiya stvollarda ruda tasmali konveyerlar yordamida tashiladi va bо‘laklarining о‘lchami 200 mm gacha bо‘lishi talab etiladi. Ruda massivdan ajratish uchun burg‘ulash-portlatish usuli qо‘llanilganda rudalarni yuklash joylarida rudalarni ikkilamchi maydalash kameralari tashkil qilinadi. Shunday kameralar sonini kamaytirish maqsadida bir maydalash kamerasi kapital ruda tushirgich yordamida bir-biri bilan bog‘langan bir nechta tashish gorizontlariga xizmat kо‘rsatadi.
Ruda kо‘tarishini ishonchli amalga oshirish uchun odatda qiya stvolda ikkita tasmali konveyer о‘rnatiladi. Buning uchun kо‘ndalang kesimi maydoni katta bо‘lmagan ikkita qiya stvol о‘tiladi yoki kо‘ndalang kesimi maydoni (30 va undan yuqori) katta bitta qiya stvollar barpo etiladi.
Qiya stvollar qiyalik burchagi kichik (16˚-18˚) bо‘lishining hisobiga ular uzunligi ancha katta bо‘ladi. Har bir tik 100 m balandlikga 350-370 m qiya uzunlik tо‘g‘ri keladi. Bir harakatlantiruvchi stansiyaga konveyerning 300 m dan 600 m gacha uzunligi tо‘g‘ri kelishini hisobga olsak, har bir 100-180 m tik balandligida harakatlantiruvchi stansiyani о‘rnatish uchun maxsus kameralar о‘tilishi kerak bо‘ladi.
Kо‘tarishning bu usuli qiya stvollarda faqat rudani kо‘tarish uchun foydalaniladi.
Odamlarni, jihozlarni tushirish va kо‘tarish, materiallarni tushirish, tog‘ jinslarini kо‘tarish va boshqa yordamchi hizmatlarni bajarish uchun tik stvolar о‘tiladi.
Bu usulning muxim kamchiliklari qiya stvollarning katta uzunligi. Bu esa kon qurilish muddatini uzaytiradi. Shuning uchun ochishning bu sxemasini konning yillik ishlab chiqarish quvvati (6-8 mln t/yil dan) yuqori va qiya stvollarni о‘tish sharoiti qulay bо‘lganda qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Qiya stvollar bо‘ylab ruda kо‘tarishni avtosamosvallar bilan amalga oshirish mumkin. Bunday yо‘l bilan rudalarni yer yuzasiga chiqarish “Olmaliq kon-metallurgiya kombinat” aksiyadorlik jamiyati Kouldi va Handiza konlarida, Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korhonasi Chormetan konida qо‘llaniladi. Yuk bilan harakat qiluvchi avtosamosvallar uchun lahim qiyalik burchagi 8 gradusni tashkil qiladi.
Avtosamosval lahimlari (avtosyezd) kо‘ndalang kesimi maydoni dan kam bо‘lmagan, shakli esa arkasimon bо‘ladi. Kо‘p holatlarda anker, sachratma-beton yoki anker hamda sochratma beton bilan mustahkamlanadi. Kon-geologik sharoiti murakkab bо‘lganda monolit beton mustahkamlagichlari о‘rnatiladi. Avto syezdlarni о‘tish texnologiyasi gorizontal lahimlarni о‘tish kabi bajariladi. Avtosyezd stvoli birinchi rudani qazib olish gorizontiga yetganda foydalanishga topshirilishi mumkin. Buning sababi stvol usti inshoatlari va unga kо‘tarish jihozlarining о‘rnatilmasligi. Rudani bu sxemada kо‘tarish ochishning loyihada kо‘rsatilgan chuqurligiga avtosyezd stvolini о‘tish shart emas. Uni rudani qazib olish jarayonida birgalikda amalga oshirish mumkin.
Rudani kо‘tarish bо‘yicha konning ishlab chiqarish quvvati katta bо‘lmasa (Kouldi koni kabi) xar 500 metr masofada avtosamosvallarning almashish joyi kameralari bilan bitta avtosyezd, konning ishlab chiqarish quvvati katta bо‘lsa, aloxida yuklangan va aloxida bо‘sh avtosamosvallar uchun (Xondiza koni kabi) ikkita avtosyezd barpo qilinadi.
Foydali qazilma konlarini avtosamosvallar bilan jixozlangan qiya stvollar bilan ochishning muxim kamchiligi xisoblangan laximlarni shamollatishga sarflanadigan xarajatlarning yuqoriligi. Yer osti usulida qazib olish yagona xavfsizlik qoidalari talablari bо‘yicha xar bir ichki yonuv dvigateli bilan jixozlangan avtosamosval dvigatelining xar bir kilovatt quvvatiga bir daqiqa mobaynida kamida 6.8 sof xavo yuborish kerak bо‘ladi. Bundan tashqari foydali qazilma koni chuqurlashgan sayin avtosamosvallarning ish unumdorligi kamayib boradi. Shuning uchun rudani avtosamosvallar bilan yer yuzasiga chiqarish sxemasini qazib olish chuqurligi katta (300m gacha) bо‘lmagan foydali qazilma konlari uchun tavsiya qilinadi.
Download 17.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling