Konveyer transporti va ularning ishlatilish ko‘lami
Download 1.15 Mb.
|
Konveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lentali konveyer konstruksiyasining asosiy elementlari. Tasma
- Tayanch konstruksiyalar va rolik tayanchlari
Konveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari. Ma’ruza rejasi: Konveyer transporti va ularning ishlatilish ko‘lami.Konveyer transportining umumiy tasnifi. Konveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari. 1.Konveyer transporti va ularning ishlatilish ko‘lami. Foydali qazilmalarni qazib olish va tashish ishlarini unumdorligini oshirish va jadallashtirish yo‘llaridan biri uzluksiz texnologiyani joriy etishdir. Bu texnologiyada ishlatiladigan mashinalar kompleksi qazib olish, eltish, yuklash, tashish va yuqoriga ko‘tarish ishlarini uzluksiz bajarish talab etiladi. Konchilik korxonasidagi barcha yoki ayrim transport zvenolari uchun konveyerlarni qo‘llamasdan uzluksiz texnologiyani joriy qilib bo‘lmaydi. Konveyer transporti yuk oqimi uzluksizligini taъminlashga, mehnat unumdorligini oshirishga va kam energiya sarflash bilan yuk tashish tannarxini kamaytirishga xizmatqiladi.Konveyer transporti er osti ko‘mir konlarida qazib olish zaboylarida, gorizontal va qiya kon lahimlarida (18 gradusgacha) keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Hozirgi vaqtda konveyerlar ruda konlarida magistral va qiya stvollarda ham qo‘llanilmoqda. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda ham konveyer transportini qo‘llash ko‘lami kengayib bormoqda. Ayniqsa ko‘mir konlarida uzluksiz texnologiya qo‘llanilganda qazib olish va ochish ishlarida ham konveyer transporti keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Masalan, O‘zbekko‘mir OAJ ga qarashli Angren ko‘mir konida ham bugungi kunda konveyerlar samarali ishlatilmoqda. Muruntau karъerida rudalarni va qoplama jinslarni tashishda konveyerlar maydalash qurilmalari bilan birga ishlatilmoqda. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘plabkonchilik korxonalarida yuk tashish ishlari uchun juda katta quvvatli konveyer kompleklari joriy qilingan. Masalan, Berezovo razrezidan TES gacha (Rossiya) 15 km, Nijney Saxarada 100 km uzunlikdagi konveyer liniyasi ishlatilmoqda. Konveyer transportining afzalliklari: ishlash usuli uzluksiz, tashish uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgarmas unumdorlikda ishlashi, yuqori darajada avtomatlashtirish imkoniyatining mavjudligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning kamligi, nisbatan yuqori qiyalikka yuk tashish imkoniyati (18 gradusgacha yoki 320-360 minglikkacha), temir yo‘l va avtomobil transportiga qaraganda ishlatish xavfsizligi. Konveyer transportini sinflarga ajratish “yukni siljitish usuli” orqali bajariladi. Bunday holda konveyerlarni uchta guruhga ajratish mumkin: yukni bulg‘alantirish usuli bilan, ko‘chirish usuli bilan va inersiya kuchi bilan siljituvchi konveyerlar. Konveyerlar sinflari 1-rasmda keltirilgan Er osti ko‘mir konlari qazib olish zaboylarida ko‘mir tashish uchun ko‘proq kurakli konveyerlar ishlatiladi. To‘g‘ri magistral kon lahimlarida lentali konveyerlar, egri kon lahimlarda esa plastinali konveyerlar ishlatiladi. Uzunligi katta bo‘lgan to‘g‘ri uchastkalarda esa lenta-trossli konveyerlar ishlatiladi. Куракли Винтли Лентали Лента- занжирли Лента- канатли Пластинали Элеваторлар Тебранишли Чайқалишли Силкинишли Elevatorlar va cho‘michli konveyerlar ko‘proq boyitish fabrikalarida ishlatiladi. Tebranishli, chayqalishli va silkinishli konveyerlar hozirgi kunda faqatgina boyitish fabrikalarida, saralash punktlarida taъminlovchi vazivasida ishlatilishi mumkin. Konveyer transporti kon korxonalarida foydali qazilmalarni zaboydan er osti yoki ochiq kon lahimlari bo‘ylab va undan keyin kon tepasidan boyitish fabrikasi yoki temir yo‘l vagonlariga yuklash punktigacha, tog‘ jinslarini esa ag‘darmagacha tashish uchun xizmat qiladi. YUklar tashiladigan lahimlarning uzunligi, odatda, bir necha kilometrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa bir necha o‘n kilometr bilan o‘lchanadi. SHaxtada bir vaqtning o‘zida bitta emas, odatda bir nechta qazish va tayyorlov zaboylari ishlaganligi tufayli, er osti transporti yo‘llarni ko‘p shoxobchalarga bo‘linib ketishi bilan tavsiflanadi. Ularni murakkablik darajasi konning kon - geologik sharoiti va uni qazish tartibiga boђliq. Yo‘llar ko‘pincha o‘zoro ketma - ket olmashiladigan gorizontal, qiya, baъzilarida esa vertikal uchastkalardan tashkil topishligi transport sxemasini yanada murakkablashiga olib keladi. Misol tariqasida 2–rasmda shaxtada ko‘mirning bir yo‘la uchta qiya qatlami qazib olinishidagi konveyer transporti sxemasi keltirilgan. Lahimlarning nomi rasm osti yozuvlarida berilgan. Rasmda strelkalar bilan yuk oqimining yo‘nalishi ko‘rsatilgan. 2-rasm. Shaxtada uchta qatlam qazib olinishida transport lahimlari sxemasi: 1-yarus shtreki; 2 va 3 – panel bremsbergi va ukloni; 4 va 5 – uchastka bremsbergi va ukloni; 6 - asosiyshtrek; 7 - kvershlag; 8 - stvol atrofi lahimlari; 9 vertikalstvol Er osti konveyer transportining yana bir hususiyati, ayniqsa, zaboyda va unga bevosita yaqin joylashgan lahimda - uning jihozlarini jilishi, konveyer qurilmalarining surilishi va zaboyning jilishiga qarab ularni uzaytirilishi yoki qisqartirilishi. Bularning hammasi konveyer transportining konstruksiyasiga maxsus talabalar qo‘yadi va ularni ishlatishni ancha murakkablashtiradi. Misol tariqasida 3 – rasmda lava bilan konveyerli lahimni tutashgan joyida transport qurilmalarining ishlash sxemalari keltirilgan. Birinchi sxemada (3, a - rasm) teleskop ko‘rinishidagi konveyer va uning orqasiga qo‘shimcha qo‘yilgan yuktushirgich - yukortkich (peregrujatel) dan iborat teleskopik majmua qo‘llanilgan, bunda A-tasmaning ortiqchasini qirqib tashlamasdan konveyer liniyasi qisqarishining kattaligi. Bu sxemada konveyer uzunligi kamaygan holda tasmaning uzunligi kamaymayalgi. Ikkinchi sxemada (3, - rasm) oddiy Lentali konveyer va unga ko‘mir yuklovchi surilma yuktushirgich – yukortkich qo‘llanilgan. Bu sxemada lava surilishi natijasida uzunligi o‘zgarmaydi, yuktushirgich – yukortkich esa surilib konveyer tasmasining ustiga chiqib boradi. Bunda V – konveyerni qisqartirmasdan turib konveyer liniyasi qisqarishining kattaligi. 3-rasm. Lava bilan konveyerli lahimni tutashgan joyida transport qurilmalarining ishlash sxemalari Karъer konveyer transport tizimlari quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: kon- texnik sharoitlar, foydali qazilmani ochish va qazib olish tartiboti, qo‘llanilayotgan ochish va qazib olish uskunalari turiga, karъerning ishlab chiqarish quvvatiga. Ushbu omillarga bog‘liq ravishda karъer konveyer tizimlarini ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: 1) ko‘p cho‘michli ekskavatorlar yordamida yumshoq va uncha qattiq bo‘lmagan kon jinslarini qazib olishda qo‘llaniladigan transport tizimi; 2) burg‘ilab-portlatish usuli bilan yumshatilgan qattiq va yarim qattiq kon jinslarini bir cho‘michli ekskavatorlar yoki cho‘michli yuklash mashinalari yordamida yuklash bilan qo‘llaniladigan transporttizimi. Karъerlarda birinchi guruhga mansub transport tizimlarida uzluksiz yuk oqimi zaboydan boshlab roltorli yoki zanjirli ekskavatorlar yordamida hosil qilinadi. Ekskavator yordamida massivdan ajratib olingan kon jinslari ag‘darma hosil qilgichga zaminga o‘rnatilgan konveyerlar yordamida (transport sxemasi) uzatiladi yoki ag‘darma hosil qilgichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda qayta-yuklagich qurilmalar yordamida (transport-ag‘darma sxemasi) uzatilishi mumkin. Ikkinchi guruhga mansub transport tizimida kon jinslari bir cho‘michli ekskavator yoki yuklash mashinasi yordamida dastlab maydalagich bunkeriga to‘kadi, va yuk oqimi uning tagidagi uzatish konveyeridan boshlanadi. Bunda maydalagich qurilmalari turg‘un, yarim turg‘un va harakatlanuvchi bo‘lishi mumkin va odatda yirik bo‘laklar shaklida maydalanadi. Bo‘laklarning o‘lchami konveyerlarning ishlash talabidan kelib chiqadi (100-300 mm). Ayrim joylarda maydalagich qurilmalari o‘rniga elakli bunkerlar (groxot) ishlatiladi. Bunda elak tirqishlariga sig‘magan bo‘laklar alohida yig‘iladi va ko‘pincha avtosamosvallar yordamida tashiladi. Turg‘un va yarim turg‘un maydalagich qurilmalari o‘rnatilgan joylarda foydali qazilma yoki kon jinslari avtomobil transporti yordamida etkazib beriladi. Maydalangan kon jinslari konveyer transporti yordamida ag‘darmaga yoki boyitish fabrikasiga uzluksiz tashiladi. Bunday transport tizimiga “kombinatsiyalashgan transport tizimi” deyiladi. Karъer koveyer transporti tizimiga karъer ichida tashishdan tashqari yukni yuqoriga ko‘tarish va er yuzasi bo‘ylab tashish ham kiradi. Qoplama jinslar ag‘darmaga, foydali qazilmalar esa boyitish fabrikasi bunkeriga, magistral temir yo‘l bunkeriga, er yuzasidagi skladlarga, baъzi hollarda IES va metallurgiya zavodlarigacha etkazib beriladi. Karъer konveyer transportining bir necha tavsifiy tizimlarini ko‘rib chiqamiz. To‘liq konveyerlashtirilgan ko‘mir konida konveyerlar, ekskavatorlar, ag‘darmahosil qilgich va qayta yuklagichlarning joylashish sxemasi 18.4-rasmda ko‘rsatilgan. rasm. Ko‘mir va qoplama jinslarni ichki ag‘darmaga tashishsxemasi. Qoplama jinslari yuqoridan qamrovchi rotorli ekskavator va pastdan qamrovchi zanjirli ekskavatorlar bilan qazib olinadi va har ikkala ekskavator zaboy konveyeri 3 ga yukni to‘kadi. Zaboy konveyeri esa yukni karъer bortida joylashgan uzatish konveyeri 4 ga va undan keyin ag‘darma konveyeri 5 ga uzatiladi. Ag‘darma konveyeri oraliq zveno orqali ag‘darma hosil qilgich qabul qilish bunkeriga yukni bo‘shatadi. Kon jinslari ichki ag‘darmaga bo‘shatiladi. Ko‘mir esa rotorli ekskavator 7 yordamida qazib olinadi va zaboy konveyeri 8 ga uzatiladi, undan ketma-ket joylashgan 9 va 10 pog‘onalar bo‘ylab qayta-yuklagichlar yordamida yuqoridagi konveyer 11 ga uzatiladi. Ushbu sxemadagi 3 va 8 zaboy konveyerlari hamda ag‘darma konveyeri 8 suriluvchi bo‘lib, zaboy va ag‘darma frontining surilishiga mos ravishda surilish imkoniyatiga ega. Xuddi shunday sxemaning to‘rtta ochish pog‘onali karъerdagi ko‘rinishi 5, a-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda ikkita yuqorigi pog‘onadan qazib olinayotgan kon jinslari bitta zaboy konveyeri va lentali qayta yuklagich orqali karъer bortiga ko‘tariladi, ikkita pastki pog‘onadan esa transsheyada turg‘un o‘rnatilgan qiya lentali konveyer orqali ko‘tariladi. Ko‘mir esa qarama-qarshi tomonda joylashgan bortdagi transheyada o‘rnatilgan qiya lentali konveyer yordamida yuqoriga ko‘tariladi. 5, b-rasmdagi sxemada yuqorigi va pastki pog‘onalardagi yuk oqimlari quyidagicha bo‘lingan: yuqoridagi pog‘onalardagi yuk oqimi tashqi ag‘darmaga, pastki pog‘onalardagi yuk oqimi esa ichki ag‘darmaga yo‘naltirilgan. Foydali qazilma esa davriy transport vositalariga yuklanadi va tekis uzaytirilgan transheya yordamida yuqoriga olib chiqiladi. YUqorida ko‘rib chiqilgan transport tizimlarida qoplama jinslarini tashiyotgan lentali konveyerlar karъer perimetri bo‘ylab uchta tomonda joylashadi va ichki ag‘darmaga, ikki tomonda joylashgan bo‘lsa tashqi ag‘darmaga tashiydi. Bunday transport tizimlari turli xil kon-texnik sharoitlar uchun yuqori universal xarakterga ega, lekin har ikkala holda, ayniqsa birinchi variantda karъer o‘lchamlarining kengayishi bilan konveyerlar uzunligining oshishiga va kapitall xarajatlarning ortishiga sabab bo‘ladi. rasm. Ko‘p pog‘onali karъerlardagi konveyer transporti sxemasi: a – kon jinslarini tashqi ag‘darmaga uzatish; b - kon jinslarini tashqi va ichki ag‘darmaga uzatish: 1-ochuvchi rotorli ekskavator, 2- qazib oluvchi rotorli ekskavator, 3 va 4 – zaboy va uzatish konveyeri, 5- lentali qayta-yuklagich, 6-ag‘darma hosilqilgich. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar “transport-ag‘darma sxemasi” da kuzatilmaydi. CHunki zaminga uzun konveyer liniyalarini o‘rnatish talab etilmaydi. Bunday transport tizimida kon jinslari zaboy ekskavatoridanichki ag‘darmaga eng yaqin yo‘l bilan transport-ag‘darma ko‘prigiga yoki qayta- yuklagichlar orqali ag‘darma hosil qilgichlarga uzatiladi. Bunday transport tizimlarida yuk oqimi rotorli ekskavator yuk tushiruvchi strelasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ag‘darma hosil qilgich qabul qilish strelasiga uzatiladi (6,a-rasm), yoki tizim manevrligini oshirish uchun oraliq lentali qayta yuklagichlar yordamida uzatiladi (6,a-rasm). Yuqorida ko‘rib chiqilgan tizimlar qattiq rudalar va boshqa kon jinslarini qazib olishda qo‘laniladigan transport tizimlaridan sezilarli farq qiladi. Bunday tizimda maъlumki portlatish usuli bilan yumshatilgan kon jinslari bir cho‘michli ekskavatorlar yordamida avtomobil transportiga yuklaydi, avtomobil transporti esa yig‘ish funksiyasini o‘tab maydalagich qurilmasiga tashiydi. Maъlum bo‘laklarga maydalangan jinslar konveyerlar yordamida tashiladi. Bunday sharoitlarda harakatlanuvchi maydalash qurilmalari ishlatilsa kon jinslari zaboydan boshlab konveyerlar yordamida tashilishi mumkin. Agar portlatilgan jinslar etarli darajada maydalangan bo‘lsa maydalash uskunasi o‘rniga xarakatlanuvchi g‘alvir ishlatilishi mumkin. Bunda yirik bo‘lakli yuklar ajratilib alohida tashiladi, asosiy yuk oqimi esa konveyer transporti yordamida tashiladi. Bunday hollardagi konveyer transporti sxemasi 7-rasmdako‘rsatilgan. 2.Konveyer transportining umumiy tasnifi. Lentali konveyerlar guruhiga harakatdagi yukko‘taruvchi yuzadan iborat bo‘lgan konveyerlar kiradi. Tashilayotgan material bu yuzaga nisbatan harakatda bo‘lmaydi (qimirlamaydi) va bilan birgalikda harakatlanadi (siljiydi). Lentali konveyerda yuk ko‘tarish va tortish organlarining funksiyalari birlashgan bo‘lib, uni tasma bajaradi. Lentali konveyerlar shaxta va rudniklarda konveyer transportining asosiy vositasidir. Ularni asosiy ishlatilish joylari – o‘rta va yig‘uv shtreklari, uklon va bremsberglar, qiya stvollar, bosh magistral shtreklar bo‘lganligi sababli shaxtalarni to‘liq konveyerlashtirish muammosi o‘z- o‘zidan hal bo‘lmoqda. Ochiq kon ishlarida ham Lentali konveyerlar ulushi yil sayin oshib bormoqda. Masalan O‘zbekistonda «O‘zbekko‘mir» OAJ ga qarashli shaxta to‘liq konveyerlashtirilgan, «Angren» ko‘mir razrezida hamda Navoiy kon - metallurgiya kombinatiga qarashli «Muruntov» karerida Lentali konveyerlar soni ko‘payib bormoqda. 1-rasm. Lentali konveyerlarning sxemalari Lentali konveyerlarning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir (3.29,a - rasm): egiluvchan rezinali tasma1; tasmani harakatgakeltiruvchi2 va egiltiruvchi 3 barabanlar, ulardan ohirgisi ko‘pincha tasmani taranglovchi ham bo‘ladi 4,5; tasmani butun uzunligi bo‘yicha ushlab turuvchi roliktayanchlari; 2 –rasm. Konveyer ramasi tayanch konstruksiyalar (rama) - roliklarni o‘rnatish (mahkamlash) uchun qo‘llaniladi (2-rasm) Tasmaga tortish kuchi ishqalanish orqali uzatiladi, yaъni yurituvchi baraban aylanganda tasma va baraban o‘rtasida hosil bo‘ladigan ishqalanish hisobiga tasma xarakatga keladi.quchash burchagini ko‘paytirish maqsadida yurituchi baraban oldiga tasmani eguvchi rolik 1, a–rasm o‘rnatilishi mumkin. YUrituvchi babarabanlar boshqa barabanlardan ajralib turishi uchun, odatda, sxemalarda ular aylanasi ikkita bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan chiziqlar bilan chizib qo‘yiladi, baъzilarida esa yana qarama-qarshi sektorlari bo‘yab hamqo‘yiladi. 3-rasm. Lenta tuzilishi sxemasi Lentali konveyerlar gorizontal va qiya o‘rnatilishi mumkin, ularni qiyaholatdan gorizontal holatga (1, б - rasm) va teskariga (1, в, г -rasm) o‘tkazsa bo‘ladi. qiya o‘rnatilgan konveyerda yukni yuqoriga va pastga qarab tashish mumkin. Oddiy Lentali konveyerning qiya urnatilish burchagi 180dan oshmaydi. qiyalik burchagining cheklanishi bundan katta qiyaliklarda tashilayotgan yukpastga qarab qulab ketishi bilan bog‘liqdir. YUkni tasmadan tushirishni konveyerning ohirida maxsus tushirish qurilmasi yordamida (1, д -rasm) amalga oshirish mumkin. Lentali konveyer konstruksiyasining asosiy elementlari. TasmaTasma konveyerning eng qimmat elementidir. Tasmani taъmirlashga va uni almashtirishga ketadigan mablag‘lar Lentali konveyerni ishlatishda sarflanadigan harajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Konveyer tasmalarining eng ko‘p tarqalgan turi – rezinalashtirilgan to‘qima matoli tasmadir (3,a - rasm). Bunday tasmalarning asosi, odatda, prokladka deb ataluvchi paxta – qog‘oz mato (belting) yoki sintetik tola (anid, neylon, kapron va b.) li matoning bir necha qatlamidan tashkil topadi. Tasmani ishlab chiqarishda prokladkalar oralig‘iga hamda usti, tagi va yonlariga tabiiy yoki sintetik kauchukdan tayyorlangan rezina massasi surilib, ular birgadlikda vulkanizatsiya va presslash usulida yopishtiriladi. SHunda mato qatlamlari o‘zaro birlashadi, ustki, tagi va yonlaridagi rezina himoyalovchi qatlam (obkladka) ni tashkilqiladi. Mato tasmaga mexanik chidamlilik berib, u orqali katta tortish kuchini uzatish imkoniyatini taъminlaydi. Rezina esa mato qatlamlarini o‘zaro birlashtirish va ularni mexanik taъsirdan (ayniqsa, katta bo‘lakli va tirnaluvchan yuklar tashilayotganda) va matoga . namlik kirishidan himoyalash uchun hizmat qiladi. Tashiluvchi yuk tasmaning ustki rezina qatlamiga tegib turishligi va shu tufayli ustki qatlam tez emirilishi sababli, uning qalinligi tashilayotgan yukning kattaligi, qattiqligi va boshqa hususiyatlariga qarab tayinlanadi va qiymati 3÷6 mm ni tashkil etadi. Pastki rezina katlamining qalinligi 1 - 2 mm bo‘ladi. Tasmaning yukli shoxobchasiga ko‘proq yuk ketishligi uchun unga novsimon shakl beriladi. Demak, tasma roliklar ustida novsimon shakl olib, roliklar oralig‘idagi masofada ham o‘z shaklini yo‘qotmasligi uchun tasma etarli darajada egiluvchan bo‘lishi kerak. SHu bilan birgalikda tasmaning chetlari roliklar oralig‘ida pastga qarab bukilib ketmasligi uchun uning egiluvchanligi haddan tashqari bo‘lmasligi kerak. Tasmaning egiluvchanligi prokladkalarning soniga bog‘lik. SHuning uchun prokladkalarning eng kam va eng ko‘p soni tasmaning eniga mos ravishda quyidagicha qabul qilinadi:
Prokladkalar soni tasmada qo‘llanilgan matoning materialiga ham bog‘liq bo‘lganligi sababli baъzi manbalarda berilgan qiymatlar yuqoridagidan biroz farqlanishi mumkin. Prokladkali tasmani uzilishiga bo‘lgan chidamliligini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Berilgan: tasmaning eni - 1200 mm, prokladkalar soni -10, prokladka materiali – belting, bu prokladkaning 1 santimetri 55 kg kuchda yoki 550 N da, uziladi. Demak, lenta 10 prokladka x 120 sm x 550 N/ sm = 660000 N yoki 660 kN kuchda uzilib ketarkan. To‘qimachilik mato asosidagi tasmaning chidamlilik ko‘rsatkichlari (darajasi) konveyer uzunligini cheklashga olib keladi. Tasmasi belting prokladkali gorizontal o‘rnatiladigan konveyerlarning uzunligi odatda 300 - 400 m bo‘ladi, agarda shu konveyer qiya urnatilgan bo‘lib, yukni yuqoriga tashiydigan bo‘lsa, uning uzunligi keskin kamayib ketadi. SHunga qaramasdan, konchilik sanoatida yuk tashishni keng ko‘lamda konveyerlashtirish katta uzunlikdagi konveyerlarni talabqiladi. Konveyer tasmasining chidamliligini oshirish sintetik mato va ingichka po‘lat arqon asosidagi tasmalarni qo‘llash bilan amalga oshirilishi mumkin. Sintetik matoli prokladkalardan tashkil topgan tasmalar konstruksiyasi bo‘yicha oddiy tasmaga o‘xshash, lekin sintetik tolaning yuqori chidamliligi tufayli prokladkaning 1 sm enini uznlishga chidamliligi 3000 N/sm ga boradi. Po‘latarqonlitasma(3,б-rasm) undananchakattachidamlilikkaega.Bundaytasmaning asosini bo‘ylama bir qator joylashtirilgan ingichka po‘lat arqon tashkil etadi. Po‘lat arqon ikkala tomondan rezina, ikki qatlam belting va bir qatlam himoyalovchi (breker) mato bilan qoplanadi, tashqi tomonlari ham rezina bilan qoplanganbo‘ladi. Belting prokladkalari tasmaning qattiqligini oshiradi, bu esa rolik tayanchlari oralig‘ida tasmaning novsimon shakli saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan tashqari, belting prokladkalari tasma barabandan aylanib o‘tayotganda po‘lat arqon tasmani rezina qoplamini ezib yuborishidan saqlab turadi. Bunday tasmaning 1 sm kengligini uzilishga chidamliligi simarqon diametriga qarab 1.8 kN/sm dan 4.8 kN/sm gacha boradi. Po‘lat arqonli tasmaning katta afzalligi radioaktiv izotoplar yoki rentgenoskopiyani qo‘llagan holda defektoskoplar bilan arqonni nazorat qilib borish imkoniyati borligidadir. Tayanch konstruksiyalar va rolik tayanchlariTayanch konstruksiya (konveyer ramasi) prokatdan tayyorlanadigan metall seksiyalaridan tashkil topadi (4- rasm). Baъzilarda ikkita bo‘ylama po‘lat arqondan iborat bo‘lgan tayanch konstuksiyalar qo‘llanilib, osma rolik tayanchlar ularga mahkamlanadi (4-rasm). Ularning afzalligi – og‘irligi keskin kamayishidan tashqari tasmaga katta bo‘lakli materialni yumshoqlik bilan yuklashdan iborat. 4-rasm. Lentali konveyer seksiyasi 5-rasm. Simarqonli tayanch konstruksiya 6 –rasm. Rolik tayanchlari: a- chiziqiy; b-markazlashtiruvchi; v-amortizatsiyalovchi rolikli; 2-markazlashtiruvchi rolik tayanchining ishlash sxemasi Rolik tayanchlari (4-rasm) konveyerning eng asosiy qismi hisoblanadi. Tasma harakatiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuch va tasmaning hizmat muddati ularning holati bilan bevosita bog‘liqdir. Konveyerning yukli (ishchi) shoxobchasida yassi tasma uchun rolik tayanchlari bitta rolikdan iborat bo‘ladi, tasmaga novsimon shakl berish uchun esa – uchta (ayrim hollarda ikkita yoki beshta) rolik o‘rnatiladi, ular vertikal tekislikda bir biriga nisbatan maъlum burchak ostida qo‘yiladi. Konveyerning yuksiz shoxobchasida doimo bir rolikli tayanch o‘rnatiladi. Uch rolikli tayanchlarning baъzi kamchiligi shundan iboratki, ularni qo‘llashda tasma harakatlanish jarayonida chetga qarab siljishga moyil bo‘ladi. Tasmani tashqi tomonga siljib ketishini oldini olish uchun yon roliklarning tashqi tomonini tasma harakati bo‘ylab oldi tomonga kichik (2 - 40) burchakka og‘dirib o‘rnatiladi (6, б - rasm). SHuning natijasida roliklar o‘zining markazlashtirish taъsirini ko‘rsatadi, chunki tasma tashqi tomonga siljiganda rolikning aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan uning aylanish tezligi vektori Vp ning yo‘nalishi tasmaning tezlik vektori Vt ni yo‘nalishiga mosbo‘lmaydi. 7 – rasm. YOn roliklarning tasmaga taъsiri: a-yon rolikda tasmaning egilishi; b- yon roliklar tashqi tomoni og‘ishiningtaъsiri Vektor Vp ni ikkiga ajratamiz, ulardan biri tasma o‘qining yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan, ikkinchisi esa – unga perpendikulyar yo‘nalgan. SHunda tashkil etuvchi vektorlarning biri Vc= Vt tg , bu vektor esa tasmani markaz tomon siljitishga harakat qiladi. Qattik mahkamlangan rolik tayanchlari bilan bir qatorda vertikal o‘q atrofida erkin aylanadigan tayanchlar ham qo‘llaniladi. Tasma tashqi tomonga siljiganda rolik tayanchi qandaydir burchak ( ) ga buriladi va undan keyin yuqorida aytib o‘tilgan holat yuz beradi. Baъzi holatlarda tayanch konstruksiyalarning yon tomonlariga vertikal o‘qda qo‘shimcha roliklar o‘rnatilgan bo‘lib, ular tasmani chetga chiqib ketishiga to‘sqinlikqiladi. Konveyerga yuklash joyida tasmaga materialni urilishi zarbini kamaytirish va yumshatish maqsadida amortizatsiyalanadigan rolik tayanchlari qo‘llaniladi (3.34, v-rasm). Rolik tayanchlarining boshqa turlaridan egiluvchan aylanuvchi o‘qli osma rolik tayanchlari (7, b- rasm) ni hamda roliklarini bikirli o‘qlari sharnir bilan bog‘langanlari (7, b- rasm) ni ko‘rsatib o‘tish mumkin. 8-rasm. Osma oraliq tayanchlar: a-egiluvchan o‘qli; b-roliklar sharnir bilan bog‘langanligi Rolik tayanchlarining eng asosiy elementi roliklardir. Ularga ketadigan xarajat Lentali konveyer bilan yuk tashishga ketadigan umumiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Roliklarni tez ishdan chiqishining asosiy sababi – podshipnik bog‘lamlarining ifloslanishi tufayli ularni aylanishdan to‘xtab qolishidir. Podshipnik bog‘lamlari ifloslanishining oldini olish uchun turli zichlagichlar qo‘llaniladi, ulardan eng yaxshisi – labirint zichlagichlardir (8- rasm). 9-rasm. Labirint zichlagichlar Tayanch roliklarning diametri tasma eniga qarab quyidagicha olinishi tavsiya qilinadi: tasmaning eni V = 800 mm bo‘lganda rolikni diametri 89 (108) mm; V = 1000 mm bo‘lganda D =(108) 127 mm; V = 1200÷1600 mm bo‘lganda D = 159 mm. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling