Konveyer transporti va ularning ishlatilish ko‘lami
Download 1.15 Mb.
|
1 2
Bog'liqKonveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari
Taranglovchi qurilmalarTaranglovchi qurilmalar yuritmada tortish kuchini uzatish va rolik tayanchlari oralig‘ida tasmaning osilishini cheklash uchun uning zarur bo‘lgan dastlabki tarangligini taъminlash maqsadida ishlatiladi. Undan tashqari, taranglovchi qurilmalar ishlash jarayonida tasmaning uzayishi kompensatsiyalanishini taъminlashi kerak. Tasmani taranglash uchun barabanlardan bittasi qo‘zg‘aluchan bo‘ladi. Taranglash kuchini vujudga keltirish usuli bo‘yicha taranglovchi qurilmalarni qattiq, yukli va avtomatik boshqariladiganlarga ajratishmumkin. Qattiq taranglovchi qurilmalar konveyer ish jarayonida taranglovchi barabanning doimiy holatda turishi bilan ajralib turadi. Ular nisbatan oddiy konstruksiyaga, unchalik katta bo‘lmagan o‘lchamlar va og‘irlikka ega. qattiq taranglovchi qurilmalarning kamchiligi tasmaning ishlatish jarayonida hosil bo‘ladigan deformatsiyasi tufayli uning tarangligini bo‘shashidir. SHuning uchun ishlash jarayonida taranglovchi barabanni vaqti – vaqti bilan tortib turish kerak bo‘ladi. Har qanday sharoitda konveyer yuritmasi meъyorda ishlashini taъminlash uchun taranglovchi barabanda tasmaning tarangligini bir hilda doimiy ushlab turuvchi taranglovchi qurilmalarni qo‘llash ko‘proq maqsadga muvofiqdir. Buni yukli va avtomatik taranglovchi qurilmalar orqali amalga oshirish mumkin. 3.Konveyer transportini avtomatlshtirish kompleks apparaturalari Katta karyerlarda maksimal unumdorlikka faqatgina bir necha karyer transportlaridan foydalangan holda erishish mumkin (kombinatsiyalashgan transport), ya’ni kombinatsiyaga kiruvchi har bir transport o’ziga mos keladigan foydalanish holatlarida foydalaniladi. Texnologik o’ziga xoslikni hisobga olgan holda karyer transporti zanjirida uchta zvenoni ajratish mumkin: Ishchi gorizontlar va bog’lovchi bermalar bo’yicha tashish; Qiya kon lahimlaridan boshqaruvchi yuzalar bo’yicha tashish; Yuza bo’yicha tashish. Birinchi zvenoning transportlari bevosita qazib olish zaboylariga xizmat qiladi. U qazib olish mashinalarining yuqori unumdorligini ta’minlash uchun, qazib olishning to’liq bo’lishi uchun va foydali qazilmaning kerakli sifatini ta’minlashi uchun katta manyovrga ega bo’lishi kerak. Ikkinchi zvenoning transporti qisqa qiya yo’l uchastkalari bo’yicha harakatni ta’minlashi kerak. Uchinchi zveno transporti nisbatan gorizontal bo’lgan va uzoq masofalarga tashishga xizmat qiladi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, karyerda kon massasini tashishda turli yuk ko’tarish qobiliyatiga ega avtosamosvallardan foydalanish ma’qul (birinchi zveno). Kon massasini gorizontdan yuqoriga tashishida (ikkinchi zveno) asosan skipli, konveyer va avtomobil ko’targichlardan foydalanilganda katta unumdorlikka erishiladi. Kon massasini yuqoriga tashishda (uchinchi zveno) temiryo’l va konveyer transporti qo’llaniladi. Ko’pincha avtomobil va temiryo’l transporti kombinatsiyalari qo’llaniladi. Kon massasi zaboydan avtomobil transporti yordamida qayta yuklash nuqtalarigacha tashiladi (4.13-rasm.) va u yerdan temiryo’l transporti yordamida ag’darmalar yoki boyitish fabrikalarigacha tashiladi. Bu holatda qayta yuklash nuqtalari yoki karyer ichida, yoki bevosita karyer yonida joylashgan bo’lishi mumkin. Avtomobil-temiryo’l transporti kombinatsiyasini ishchi qayta yuklash nuqtalari bilan yuqori unumdorlikka ega karyer va 150m gacha bo’lgan chuqurligida va temiryo’l transportining karyerning yuqori gorizontlarida joylashuvida qo’llash mumkin. Bu kombinatsiyalashgan transport turi Lebedinskiy, Mixaylovskiy, Sokolovsko-Sarbayskiy karyerlarida qo’llanilmoqda. Avtomobil transporti va konveyer qayta yuklagichlari kombinatsiyasida qayta yuklash nuqtalarida katta bo’laklarni maydalash uskunalarini o’rnatish kerak bo’ladi. Maydalab qayta yuklash nuqtalari karyerning konstentratsion gorizontlarida o’rnatiladi va bir nechta ishchi gorizontlarga xizmat ko’rsatadi. 70-100m chuqurlik orasida ular pastda joylashgan gorizontlarga ko’chiriladi. 4.13-rasm. Avtomobil-temir yo’l transportida qayta yuklash nuqtalari sxemasi: a – tog’ jinsini bevosita qayta yuklash bilan; b – vaqtinchalik cho’zish bilan va ekskavatorlarning yuklashida ishlatish bilan. Avtomobil transportining skipli ko’targichlar bilan kombinatsiyada qayta yuklash nuqtalari bo’shatish va qabul qilish va bunker-yetkazgich uskunasidan tashkil topadi. 100t gacha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega skiplar maxsus yo’naltiruvchilardan (35-45 daraja qiyalik) 8-12 m/s tezlik bilan harakatlanadi. Yuqori unumdorlikdagi karyerlarda bir necha skipli ko’targichlarni o’rnatish maqsadga muvofiq. Muayyan holatlarga ko’ra amaliyotda yana boshqa transport kombinatsiyalari uchrab turadi. Kon massasini konveyer transporti bilan tashish. Konveyer transporti transport turi sifatida allaqachonlardan beri ishlatlishiga qaramasdan karerlarda yosh transport turi hisoblanadi. Konveyer metall formalardan tuzilgan bo‘lib, tashuvchi a’zosi sifatida rezina lenta (lentali konveyer), kurakli zanjir (kurakli konveyer), plastinkalar (plastinkali konveyer) yoki ariqcha shakldagi (vibratsiyali konveyer) a’zolari ishlatiladi. Karerlardi yumshoq, maydalangan (bo‘lak o‘lchami 400 mm gacha) qattiq va yarim qoyatoshlarni tashish uchun lentali konveyerlar keng qo‘llanilmoqda. Ularning ish prinsipi shundan iboratki: konveyer lentasida tog‘ jinslari to‘ldirilib baraban yuritgich yordamida tortish bilan harakatga keltirilib tashiladi. Konveyr lentasiga nagruzkani kamaytirish uchun qo‘shimcha tortish a’zolari, po‘lat arqon, zanjir, telejkalar qo‘llaniladi. Bunday hollarda lenta faqat kon massasini joylashtiruvchi idish vazifasini o‘taydi. Karerlardagi konveyrlar transporti joylashishi va mo‘ljaliga qarab zaboydagi, to‘plovchi, yuk ko‘taruvchi, magistral va ag‘darma turlariga bo‘linadi. Zaboy konveyerlari pog‘ona ishchi maydonchasiga joylashtirilib, kon massasini ekskavatordan to‘plovchi konveyrgacha tashishga mo‘ljallangan. karerlarda zaboy fronti sekin-asta siljib borganligi uchun zaboy konveyer seksiyalari maxsus texnika turbodozerlar yordamida yoki gusenitsalik, qadamlovchi mexanizmlar yordamida suriladi. To‘plovchi (uzatuvchi) konveyerlar karerning yon qismida joylashgan bo‘lib, ular bir yoki bir necha zaboy konveyrlaridan yuk ko‘taruvchi konveyerga tashishga mo‘ljallangan. To‘plovchi konveyrlar zaboy konveyrlari ortidan o‘z o‘qiga parallel yo‘nalishda gusenitsali yoki rels yo‘lli izlarda harakatlanadi. Yuk ko‘taruvchi konveyerlar ishchi bo‘lmagan yoki vaqtinchalik ishchi bo‘lmagan karer qismida (transheyalarda yoki er osti qiya lahimlarida) joylashgan bo‘lib, karer ishchi qismidan kon massasini yuqoriga tashishga mo‘ljallangan. YUk ko‘taruvchi konveyer yukni to‘plovchi konveyerdan olib, oddiy konveyrlarda 18º burchak ostida va maxsus konveyerlarda 50º gacha qiyalikda karer borti bo‘ylab er yuzasiga ko‘taradi. Yuk ko‘taruvchi konveyr ancha yuqori yuritgchi va konstruksiyaga ega bo‘lib bir erda muqim o‘rnatilishga mo‘ljallangan. Kon massasini qattiq jinslarda 14º burchakdan yuqori va yumshoq jinslarda 18º dan yuqori balandliklarga unumli va xavfsiz ko‘tarish uchun lenta yuzasi qovurg‘alarga bo‘linib yasaladi yoki yuqoridan bosib turuvchi lenta yoki zanjirli to‘r ishlatiladi. Ular materialni pastga surilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Magistral konveyrlar karer yuzasida joylashgan bo‘lib, qoplama jinslarni ag‘darmaga va foydali qazilmalarni boyitish fabrikasiga yoki omborlarga tashishga mo‘ljallangan. Ag‘darma konveyrlar ag‘darmalarda joylashgan. Bajaradigan ishiga qarab ular zaboy konveyerlariga o‘xshab ketadi. Ular ag‘darma fronti deyiladi. Tuzilishi bo‘yicha qayta yuklovchi va ag‘darma hosil qiluvchilar bilan birgalikda kompleks hosil qiladi. Qayta yuklovchi uzatuvchi a’zo vazifasini o‘taydi, ekskavatordan zaboy konveyerigacha yoki zaboy konveyeridan to‘plovchiga bir gorizontdan ikkinchisiga, shuning uchun u o‘zi yurar gusenitsali yoki qadamlovchi shakldagi yurish mexanizmiga ega bo‘lib, qabul qiluvchi va konveyer so‘ngida to‘kuvchi qismlari bo‘lib, bu qism 18º gacha har qanday qiyalikda ishlay oladi. YAssi tekislikda qabul qiluvchi moslama va to‘kuvchi qismlari 60º gacha burchakka burilishi mumkin. Kombinatsiyalashgan transport. Kombinatsiyalashgan transport – unda bir xil yuklarni ketm-ket ravishda turli ko‘rinishdagi, o‘zi uchun qulay sharoitda ishlay oladigan transportlar qo‘llaniladi. 12.5 – Chizma. Avtomobil va temir yo‘l transporti kombinatsiyasi keng qo‘llanilmoqda. Bunda kon massasi zaboydan avtomobil transporti yordamida qayta yuklovchi punktgacha tashilib keltiriladi, keyin esa temir yo‘l transporti yordamida er yuzasiga va ag‘darmalarga chiqariladi. Ushbu kombinatsiya chuqurligi 120 - 150 metrgacha bo‘lgan karerlarda quyi pog‘onalarda qo‘llaniladi. Avtomobil va konveyer transporti kombinatsiyasi esa karerlarda er sirtidan 120-150 metr pastda joylashgan eng chuqur gorizontlarda qo‘llaniladi. Bunda kon massasi yuqoriga eng qisqa masofalar orqali chiqariladi. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati Asosiy adabiyotlar В.В. Ржевский. Открытые горные работы. Производственные процессы. М.: Книжный дом «Либроком», 2010.-512 с. В.В. Ржевский. Открытые горные работы. Технология и комплексная механизация. М.: Книжный дом «Либроком», 2010.-522 с. Н.Я. Репин. Подготовка горных пород к выемке. М.: изд. «Горная книга», 2009.-188 с. Н.Я.Репин, Л.Н.Репин “Производственные процессы. Практикум” Москва 2010 г. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling