Karyer xodimlarini o’qitish. Karyerlar xodimlariga oid talablar


Download 41.12 Kb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi41.12 Kb.
#1221743
  1   2   3
Bog'liq
xavf 1(1)


AMALIY MASHGULOT №1


KARYER ISHCHI XODIMLARI TARKIBINI O’RGANISH ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR. KARYER XODIMLARINI O’QITISH.
Karyerlar xodimlariga oid talablar
Karyerlar xodimlari konchilik ishlarini bajarishdagi ishtirokiga kо‘ra quyidagilarga bо‘linadi:
a) ochiq konchilik ishlari yuzasidan texnik rahbarlik qilish huquqiga ega bо‘lgan va geologiya, marksheyderlik, konchilik ishlab chiqarishi fizik jarayonlari, geomexanika, konchilik ishlarini boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasidagi maxsus bilimni talab etuvchi (karyerning boshlig’i, bosh muhandisi, bosh muhandisning burg’ulash-portlatish va konchilik ishlari bо‘yicha о‘rinbosari, geologiya, marksheyderlik, geomexanika va ishlab chiqarish-texnik xizmatlari rahbarlar kabi) xodimlar;
b) konchilik ishlarining ayrim turlari (jarayonlari) yuzasidan texnik rahbarlik qilish huquqiga ega bо‘lgan va tegishli sohasidagi maxsus ta’lim va bilimni talab etuvchi (burg’ulash, portlatish, konchilik, uyumlar va shu kabi uchastkalar boshliqlari, uni о‘rinbosarlari va ustalari kabi) xodimlar;
v) konchilik ishlarining ayrim turlarini bajarish huquqiga ega bо‘lgan va ularni bajarish uchun maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi (portlatuvchi, kon-transporti jihozi mashinisti kabi) xodimlar;
g) konchilik ishlari turlariga kiritilmagan, ammo ishlab chiqarish faoliyati orasidagi odam sifatida karyerning xususiyatlarini hisobga olishni talab etuvchi yordamchi ishlar yuzasidan texnik rahbarlik qilish huquqiga ega bо‘lgan (ta’mirlash uchastkasi boshliqlari va ustalari, konchilik uchastkalari mexanigi va energetigi, va shu kabi) xodimlar;
d) karyerlardagi axloq qoidalarini bilishni talab etuvchi yordamchi ishlarining ayrim turlarini bajarish huquqiga ega bо‘lgan (ta’mirlash xizmati ishchilari, yordamchi transporti xaydovchisi va shu kabi) xodimlar;
ye) yordamchi ishlab chiqarish va xizmatlarning karyerda bо‘lishi zarur bо‘lmagan, ammo portlatish ishlari paytida xavfli zona chegarasida bо‘lishi mumkin bо‘lgan (mexanik-ta’mirlash ustaxonalar, ma’muriy-maishiy kombinatlar va shu kabilar ishchilari) xodimlari.
Ochiq konchilik ishlari yuzasidan texnik rahbarlik qilish uchun, tugallangan oliy yoki о‘rta kon-texnikaviy ta’limga ega bо‘lgan va ochiq konchilik ishlari asosiy jarayonlaridan bittasi bо‘yicha rahbarlikning amaliy tajribasiga ega bо‘lgan shaxsga ruxsat etiladi.
Konchilik ishlarining ayrim turlari yuzasidan rahbarlik qilish uchun, tugallangan oliy yoki о‘rta kon-texnikaviy ta’limga ega bо‘lgan yoki ishlarning tegishli turini mas’uliy olib borish huquqini beradigan kurslarni tugatgan shaxsga ruxsat etiladi.
Kon-texnikaviy ta’limga ega bо‘lmagan shaxsga, karyerlarda konchilik ishlarining ayrim turlari yuzasidan rahbarlik qilishi uchun, ishlarning tegishli turini mas’uliy olib borish huquqini beradigan maxsus kurslarni tugatgandan keyin ruxsat etilishi mumkin.
Karyerlarda konchilik ishlarining ayrim (burg’ulash, portlatish, kavlash-yuklash, tashish, uyumlash va shu kabi) turlarini bajarish uchun, kasb bо‘yicha о‘qib, imtihon topshirgan va shunday ishlarni bajarish yoki tegishli kon-transport mashinalarini boshqarish huquqiga oid guvohnoma olgan ijrochilarga ruxsat etiladi.
Boshqarilishi elektr qurilmalarni operativ ulash va о‘chirish bilan bog’liq bо‘lgan konchilik va transport mashinalari mashinistlari va mashinisti yordamchilari, iste’molchilar elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq ravishda elektr xavfsizligi bо‘yicha quyidagicha malaka guruhiga ega bо‘lishi kerak:


Download 41.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling