Karyer xodimlarini o’qitish. Karyerlar xodimlariga oid talablar


Download 41.12 Kb.
bet3/3
Sana22.02.2023
Hajmi41.12 Kb.
#1221743
1   2   3
Bog'liq
xavf 1(1)

Mehnat xavfsizligi bо‘yicha
karyer xodimlarini о‘qitish
Konchilik ishlarini ochiq usul bilan olib boruvchi korxonalar barcha ishchilari, rahbarlari ham mehnat xavfsizligi bо‘yicha qoidalar, meyorlar va yо‘riqnomalarni, ularni lavozimlari, kasblari va ish turlari uchun belgilangan tartibda va muddatda о‘qishlari, bilishlari yuzasidan yо‘riq va kо‘rikdan о‘tishlari kerak.
Konchilik yо‘nalishi bо‘yicha oliy va о‘rta maxsus ta’limga ega bо‘lgan mutaxassislarni tayyorlashda о‘kuv rejalari va dasturlariga mehnat muhofazasi (mehnat xavfsizligi) kurslari kiritilishi kerak, qaysiki uni о‘rgangan о‘quvchi va talaba tegishli imtihonni topshirishlari lozim.
Karyerning rahbar va muhandis-texnik xodimlari dastlabki yо‘riqdan tashqari, lavozimi yuqori shaxs tomonidan:
a) unga ishonilgan ishlab chiqarishda mehnat sharoiti va muhofazasi holati;
b) ishchi va xizmatchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish vositalari;
v) ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasallanish holati;
g) mehnat sharoiti va muhofazasini yaxshilashga oid tadbirlar;
d) mehnat muhofazasi bо‘yicha rahbarlik manbalar va lavozim vazifalari bilan tanishtirilishlari kerak.
Rahbar va muhandis-texnik xodimlar birinchi marta lavozimda ishlashi yoki boshqa lavozimga о‘tishi bilan bir oydan kechikmasdan, ammo 2 haftadan keyin bо‘linma buyrug’i kо‘ra tayinlangan shaxs rahbarligida stajirovaka о‘tashi, funksional vazifalari hajmida mehnat muhofazasi bо‘yicha amaldagi qoidalarni bilishi yuzasidan kо‘rikdan о‘tishi kerak. Bilimlar kо‘rigi natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bu ishlarga mustaqil rahbarlik qilishga ijozat berilishi tо‘g’risidagi buyruqni chiqarish uchun asos bо‘lib hisoblanadi.
Amaldagi elektr qurilmalaridagi ishlar tashkil qilish bilan band bо‘lgan xodimni tayyorlash, amaldagi «Iste’molchilar elektr qurilmalaridan foydalanishning TFQ va XTQ» talablariga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.
Lavozimga vaqtincha tayinlanganda, funksional vazifalari hajmida mehnat muhofazasi bо‘yicha amaldagi qoidalarni bilishi yuzasidan stajirovakani о‘tash kо‘rikdan о‘tish ushbu tayinlanishga qadar о‘tkazilishi kerak.
Xavfsizlik texnikasi bо‘yicha imtihonni topshira olmagan rahbar va muhandis-texnik xodimlar, kamida bir oylik muddatda imtihonni topshirish sharti bilan korxona rahbari tomonidan egallab turgan lavozimida qoldirilishi mumkin.
Rahbar va muhandis-texnik xodimlar ish jarayonida egallab turgan lavozimida hajmida va qoidalar bilan belgilangan muddatda xavfsizlik texnikasi bо‘yicha bilimi yuzasidan davriy kо‘rikdan о‘tishlari kerak. Buning uchun korxona buyrug’i bilan doim amal qiluvchi komissiya tayinlanishi, korxona bosh muhandisi tomonidan karyerni rahbar va mutaxassis xodimlarining bilimi yuzasidan davriy kо‘rik о‘tkazishga oid qoidalarning rо‘yxati tasdiqlanishi kerak.
Muhandis-texnik xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasi bо‘yicha qoidalar, meyorlar va yо‘riqnomalarni bilish yuzasidan navbatdan tashqari kо‘rik quyidagi hollarda о‘tkaziladi:
a) mehnat muhofazasi bо‘yicha yangi yoki qayta ishlangan meyoriy hujjatlar amalga kiritilganda;
b) yangi jihoz ishga tushirilganda yoki yangi texnologik jarayonlar joriy etilganda;
v) mehnat muhofazasi bо‘yicha qо‘shimcha bilimni talab etadigan boshqa ish joyiga yoki lavozimga о‘tkazilganda;
g) davlat nazorati yoki yuqori tashkilotlar talablariga binoan;
d) ishdagi tanaffus bir yildan ortiq bо‘lganda;
ye) guruhli, natijasi о‘lim bilan tugagan yoki oqibati og’ir bо‘lgan baxtsiz hodisalarga yо‘l qо‘yilganda, shuningdek avariyalar, portlashlar, yong’inlar yoki zaharlanishlarda.
Ishchilarni tayyorlashda mehnat xavfsizligiga о‘qitish, kasbga о‘qitish bilan bir paytda korxonaning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan dasturlarga binoan bajarilishi kerak.
Dasturlarda mehnat xavfsizligini nazariy va amaliy о‘qitish, shu jumladan elektr toki va boshqa baxtsiz hodisalardan shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish usullari kо‘zda tutilishi kerak.
Imtihon topshirgan shaxsga, uning malakasi va mehnatni xavfsiz usulllarini bilishini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadigan guvohnoma berilishi kerak.
Xavfi yuqori yoki «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi nazorati ostida bо‘lgan kasb va ishlarga о‘qitishda ishchilar о‘quv-kursi kombinatlarida tegishli Qoidalar talablarini hisobga olgan holda mehnat xavfsizligiga oid mahsus о‘quvni о‘tishlari kerak. Bunday kasb va ishlarni rо‘yxati karyer (korxona) bosh muhandisi tomonidan belgilanadi, maxsus о‘quv tugaganidan keyin ishchilarning nazariy bilimlari va amaliy kо‘nikmalarini baholash imtihon komissiyasi tomonidan natijalarga kо‘ra bayonnoma rasmiylashtirish bilan bajarilishi kerak.
Xavfi yuqori yoki «Sanoatkontexnazorat» davlat inspeksiyasi nazorati ostida bо‘lgan jihozga xizmat kо‘rsatuvchi yoki ishlarni bajaruvchi xodimlar tegishli Qoidalar bilan belgilangan muddatda mehnat xavfsizligi bо‘yicha bilimlari yuzasidan davriy kо‘rikdan bayonnoma rasmiylashtirish bilan о‘tishi kerak.
Davriy kо‘rikdan о‘tishi lozim bо‘lgan lavozim, kasb va ishlarning rо‘yxati, imtihon komissiyasi tarkibi korxonaning texnik rahbari tomonidan belgilanadi.
Radiatsiyaviy nurlanish manbayi hisoblangan, foydali qazilmalarni qazib oluvchi konchilik korxonalariga ishga kiruvchi shaxslar radiatsiyaviy xavfsizlik bо‘yicha о‘qishi va bilimlari yuzasidan kо‘rikdan о‘tishi kerak. Ishchilar uchun alohida, va muhandis-texnik xodimlar uchun alohida ishlab chiqiladigan о‘quv dasturlari sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan bо‘lishi kerak. Radiatsiyaviy xavfsizlik bо‘yicha bilimlari yuzasidan takroriy kо‘rik muhandis-texnik xodimlar uchun kamida 3 yilda bir marta va ishchilar uchun yiliga bir marta о‘tkazilishi kerak.
Ochiq usul bilan qazib oluvchi korxonaga ishga kirayotgan (shu jumladan vaqtinchalik) har bir xodim dastlabki yо‘riqdan о‘tishi, oldindan xavfsizlik texnikasi bо‘yicha о‘qitilishi va ish joyida birlamchi yо‘riqdan о‘tishi kerak.
Dastlabki yо‘riq mustaqil bо‘linmalar mehnat muhofazasi bо‘limi xodimlari yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa xodimlari tomonidan dastur (1-ilova) bо‘yicha mehnat muhofazasi xonalarida xodim qabul qilinadigan ishni sharoiti va xususiyatlarini ifodalovchi kо‘rgazmali qurollardan foydalanilgan holda о‘tkazilishi kerak.
Dastlabki yо‘riq xodim birlamchi tibbiy kо‘rikdan о‘tib, uni sog’lig’i holati bо‘yicha shu ishga yaroqli ekanligi tо‘g’risidagi vrach xulosasi berilganidan keyin о‘tkaziladi.
Birlamchi о‘qitish har bir toifadagi о‘quvchilar uchun korxonaning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan xavfsizlik texnikasi bо‘yicha birlamchi о‘qitish dasturiga kо‘ra ishlab chiqarishdan ajralgan holda bajarilishi kerak, va muddati quyidagicha bо‘lishi lozim:

  • karyerga ishga birinchi marotaba kirayotgan xodim uchun – 3 kun;

  • karyerda oldin ishlagan xodim uchun– 2 kun;

- karyerni yordamchi xizmatlarini rahbarlik lavozimiga tayinlanishidan oldin, umumtexnik yо‘nalishidagi oliy yoki о‘rta maxsus ta’limga ega bо‘lgan mutaxassislar uchun – 2 kun;
- ishlab chiqarish amaliyotidan oldin, konchilik-texnika yо‘nalishidagi oliy yoki о‘rta о‘quv muassasalari, shuningdek sanoat kollejlari talabalari– 2 kun;
- karyerda bir kasbdagi ishdan boshqasiga о‘tkazilayotgan ishchilar uchun– 1 kun.
Xavfsizlik texnikasi bо‘yicha dastlabki yо‘riq va birlamchi о‘qitishni о‘tkazish yо‘riqdan о‘tuvchi shaxs va yо‘riq beruvchi shaxsning imzolari bilan jurnalda qayd etilishi kerak.
Dastlabki yо‘riqni о‘tkazish kishini ishga qabul qilish tо‘g’risidagi hujjatda (qabul qilish varag’ida) ifodalangan bо‘lishi kerak.
Ish joyidagi birlamchi yо‘riq ishga yangi kirayotgan yoki bir kasbdagi ishdan boshqasiga о‘tkazilayotgan ishchilar bilan о‘tkaziladi. Birlamchi yо‘riq dasturi (3-ilova) har bir kasb uchun ishlab chiqilishi kerak.
Ishga yangi kirayotgan yoki bir kasbdagi ishdan boshqasiga о‘tkazilayotgan har bir ishchi karyer (uchastka) bо‘yicha buyruq (farmoyish) bilan tayinlangan tajribali malakali ishchi rahbarligida amaliy о‘quvni (stajirovkani) о‘tashi kerak.
Stajirovkani davomiyligi ishni tavsifiga kо‘ra oxirida bilimini tekshirish bilan kamida ikki kunlik muddatga korxonaning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Elektr qurilmalariga xizmat kо‘rsatuvchi har bir xodim elektr xavfsizligi bо‘yicha malaka guruhiga oid bilimlar kо‘rigidan о‘tganidan keyin, ish joyida tajribali ishchi rahbarligida stajirovkani (dublyor sifatida) kamida ikki hafta davomida о‘tashi kerak, shundan sо‘ng mustaqil ishlashiga ruxsat etilishi mumkin. Stajirovka va mustaqil ishlashga ruxsat berish muhandis-texnik xodimlar uchun korxona bо‘yicha farmoyish bilan, ishchilar uchun esa sex, uchastka bо‘yicha farmoyish bilan rasmiylashtiriladi.
Ishchilarni mustaqil ishlashlariga stajirovkani о‘taganlari, ishni bexatar olib borish usullari yuzasidan nazariy bilimlari va amaliy kо‘nikmalari kо‘rigi bevosita ishlar rahbari (usta, mexanik va shu kabilar) ishtirokida karyer bо‘yicha buyruq bilan tayinlangan komissiya tomonidan о‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi, bu karyer ma’muriyatida saqlanadigan jurnalda farmoyish va bayonnoma rasmiylashtirishi kerak.
Ishchilar shu kasb bо‘yicha malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, kami bilan 6 oy ishlaganidan keyin ish joyidagi birlamchi yо‘riq dasturi bо‘yicha ishni bexatar olib borish yuzasidan davriy (takroriy) yо‘riqdan о‘tishi kerak.
Ishlab chiqarish jarayoni о‘zgarishi, bir turdagi jihoz boshqasiga almashtirilishi va boshqalari natijasida mehnat sharoiti о‘zgargan hollarda; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va avariyalarda; ishlarni xavfsiz olib borish bо‘yicha yangi qoidalar va yо‘riqnomalar kiritilishi bilan yuza kelgan qо‘shimcha talablarni ishlovchilarga yetkazish zarur bо‘lganda; qabul qilingan ta’sir choralariga qaramasdan qoidalar va yо‘riqnomalar talablari, mehnat intizomi buzilishi aniqlangan hollarda, shuningdek Davlat nazorat organlari talablariga binoan ishchilar mehnat xavfsizligi bо‘yicha navbatdan tashqari yо‘riqdan о‘tishlari kerak.
Navbatdan tashqari yо‘riqdan о‘tishda ish joyidagi birlamchi yо‘riq dasturining faqat о‘sha yо‘riq о‘tkazishga bevosita bog’liq bо‘lgan qismi kо‘rib chiqilishi kerak.
Bevosita mutaxassisligiga oid vazifalari bilan bog’liq bо‘lmagan ishlarni bajarish, avariyalar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, naryad-ruxsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarga kо‘ra ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik texnikasi bо‘yicha maqsadli yо‘riqlar о‘tkazilishi kerak.
Birlamchi, davriy (takroriy), rejadan tashqari va joriy yо‘riqlar bevosita ishlar rahbari (usta, mexanik va shu kabilar) tomonidan о‘tkazilishi kerak, u og’zaki sо‘rash yoki texnik vositalar yordamida, shuningdek о‘zlashtirilgan kо‘nikmalarni tekshirish bilan yо‘riqdan о‘tuvchining xavfsizlik texnikasi bо‘yicha bilimini baholashi shart.
Xavfsizlik texnikasi bо‘yicha qoniqarsiz bilim kо‘rsatgan shaxslarni mustaqil ishlashlariga ruxsat etilmaydi va ular yо‘riqni yangidan о‘tishlari kerak.
Birlamchi, davriy, navbatdan tashqari va maqsadli yо‘riqlarni о‘tkazilishi haqida Ish joyidagi yо‘riqni qayd etish jurnaliga yо‘riqdan о‘tuvchi shaxs va yо‘riq beruvchi shaxsning imzo chekishlari sharti bilan yozish kerak.
Navbatdan tashqari yо‘riqni qayd etishda uni о‘tkazish sababi kо‘rsatilishi kerak.
Naryad-ruxsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarga kо‘ra ishlarni amalga oshiruvchi xodimlarga joriy yо‘riq о‘tkazilishi, ishlarni bajarishga ruxsat etadigan naryad-ruxsatnoma yoki shu kabi boshqa hujjatlarda belgilanishi kerak.
Kasblarni mujassamlashtirish kо‘zda tutilgan ishlarni bajarish bilan band bо‘lgan ishchilar, barcha mujassamlashtirilgan kasblar turi bо‘yicha mehnat xavfsizligi yuzasidan о‘qitilishi va yо‘riqdan о‘tishlari kerak.
Mehnat xavfsizligiga oid yо‘riqnomalar Ishlarni bexatar olib borish qoidalari va yо‘riqnomalari asosida ishlab chiqilishi va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yо‘riqdan о‘tkazishda foydalaniladigan ishlarni xavfsiz olib borishga oid yо‘riqnomalar va ularning rо‘yxati, mehnat xavfsizligi bо‘yicha yо‘riqlar dasturi korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi va kasaba qо‘mita bilan kelishilishi kerak.
Download 41.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling