6-mavzu: globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Reja
Download 229.5 Kb.
|
6-Mavzu ma\'ruza matni (фрх)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat qanday yoʻl tutishi kerak
Jahon inqirozga tayyormi? Epidemiya nafaqat odamlar sogʻligʻi va yashash tarziga, balki dav-lat boshqaruvi tizimiga ham jiddiy taʼsir oʻtkazmoqda. Maʼlumki, davlat va fuqaro munosabat-laridagi barqarorlik har ikki tomon uchun ham muhim. Fuqarolar oʻz iqtisodiy faoliyati natijasi oʻlaroq davlatga soliq toʻlaydilar. Zotan, ijtimoiy faoliyat izdan chiqmasligi uchun bu kerak. Davlat esa ushbu jarayonning toʻgʻri yoʻlda davom etishi uchun makro jarayonlar (ishlab chiqa-rish, xavfsizlik, sogʻliqni saqlash)ni yaxshi muvofiqlashtirishi lozim.
Hozirgi pandemiya sharoitida resurslarni aholiga qay tarzda taqsimlash muammosi mamlakatlar oldida turgan eng asosiy masalalardan biriga aylangan. Shu bois ham mart oyi boshida davlatlar katta miqyosdagi “qutqaruv paketlari”ni eʼlon qilishdi. Shu asnoda ular global epidemiya oqibatu asoratlarini yumshat-moqchi. Bu holat davlatlarning inqirozga tayyor emasligini ifodalaydi. Ammo mazkur epidemiyaning jamiyat, iqtisodiyot, siyosat va geosiyosatga taʼsiri uzoq muddatli boʻladi. Ushbu taʼsirlar turli mamlakatlarda turlicha namoyon boʻlishi tabiiy. Biroq mamlakatlarning institutsional tuzilmalari va madaniy dinamikasi bu jarayon yoʻnalishini belgilashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Mazkur jarayonda kapitalistik va liberal davlatlar inqirozni oʻz qobigʻiga qamalish yoʻli bilan emas, balki dunyoga ochilish bilan hal etishi mumkin. Chunki ushbu ulkan muammoni hal qilish uchun ichki resurslar yetarli boʻlmasligi kunday ravshan. Shu tariqa asosiy dinamika hamkorlikka eʼtibor beradigan siyosat tomon siljiydi. Davlat qanday yoʻl tutishi kerak? Hozir odamlarning ijtimoiy yordamga ehtiyoji har qachongidan kuchli. Bunda hukumat zimmasiga fuqarolik institutini imkon qadar mustahkamlash vazifasi tushadi. Ana shunday sharoitda davlat faqat iqtisodiy taqsimlash mexanizmlarini tatbiq qilish bilan kifoyalanib qolmasligi kerak. Jamiyatni birlashtirish usullari ham amalga tatbiq etilishi lozim. Bundan tashqari, davlat yangi davrga mos keluvchi islohotlarga tayanish bilan bir qatorda, global siyosatga uygʻun qadam tashlashi kerak. Bu borada mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati yoʻlga qoʻyilgani muhim ahamiyatga ega boʻldi. Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari ish boshlaganiga bir oydan oshdi. Natijada minglab oilalarning mushkuli oson boʻldi. Shahar va tumanlar markazlariga tushayotgan murojaatlar asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj hech bir oila eʼtibordan chetda qolayotgani yoʻq. Saxovatdan barcha bahramand boʻlyapti. “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida barcha soha vakillari, jumladan, ziyolilar qatlami baholi qudrat muhtojlarga yordam qoʻlini choʻzmoqda. Chiqaradigan umumiy xulosamiz shunday: bunday kutilmagan inqirozlarning uzil-kesil oldini olish imkonsiz. Ammo ularni boshqarish mumkin. Bunga qodir boʻlganlar esa dunyodagi oʻzgarish va evrilishlarga eng koʻp hissa qoʻshuvchilarga aylanadilar. Oʻzbekiston ham ana shunday mamlakatlar safiga qoʻshilishidan umidvormiz!3 Download 229.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling