2. Texnik masalalarni vizuallashtirish usullari. Grafik modulning imkoniyatlari.
C/C++da grafik rejimida ishlash uchun maxsus graphics.h fayli mavjud. Bu direktiva uzgarmaslar, uzgaruvchilar va turli kism dasturlardan tashkil topgan bulib, ular ѐrdamida turli grafik adapterlar bilan xar xil tasvirlar chizish mumkin. Adapter kompyuterda graphics.h fayli bilan ishlash imkoniyatini yaratadigan maxsus kurilmadir. Grafik rejimiga utilganda ekran aloxida-aloxida nuktalarga bulinadi. Xar bir nukta uz koordinatasiga egadir. Eng kup ishlatiladigan adapterlar: 1. CGA - color graphics Adapter 2. MCGA - multi color graphics array 3. EGA - enhenced graphics Adapter 4. VGA - video graphics array . Drayverlarni kursatish uchun kuyidagi uzgarmaslar ishlatiladi: Detect = 0 CGA = 1; MCGA = 2; EGA=3; VGA=9. Matn rejimidan grafik rejimiga utish uchun maxsus protseduradan foydalaniladi: initgraph (&gd, &gm, “ path “); bu erda: gd - drayver nomi; gm - rejim nomi; Path - kerakli drayver faylining yuli. Kupincha gd=0 deb olinadi. Drayverlar .bgi fayllarida saklanadi. Agar drayver ishchi katalogning uzida joylashgan bulsa, u xolda Path = " " (bush belgisi) buladi. Grafik rejimidan yana matn rejimiga utish kerak bulsa, closegraph( ) funktsiyasi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |