6-mavzu. Grafik ob’yektlarda klasslar va usullar bilan ishlash. Integrallashgan muhitda mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasini qayta ishlash. Reja


Download 0.56 Mb.
bet8/20
Sana09.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#264741
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
2 5384405580494408548

struct Nuqta

{

private:

int x; int y;

public:

int Olish_X();

int Olish_Y();

void Qiymat_Berish_X(int _x);

void Qiymat_Berish_Y(int _y);

};

union Bit

{

Bit(unsigned int n);

void Bit_Chop_Qilish();

unsigned int num;

unsigned char c [sizeof(unsigned int)];

};

Murojaat spetsifikatori, undan keyin joylashgan barcha sinf elementlariga qo’llaniladi, toki boshqa spetsifikator uchramaguncha yoki sinf e’loni tugamaguncha.

Quyida spetsifikatorlar tavsifi keltirilgan.

Sinfga murojaat spetsifikatorlari:

private - berilganlar-a’zolarga va funktsiyalar-a’zolarga faqat shu sinf funktsiyalar-a’zolari murojaat qilishi (ishlatishi) mumkin;

protected- berilganlar-a’zolarga va funktsiyalar-a’zolarga faqat shu sinf vash u sinfdan hosil bo’lgan sinflar funktsiyalar-a’zolari murojaat qilishi (ishlatishi) mumkin;

public - berilganlar-a’zolarga va funktsiyalar-a’zolarga faqat shu sinf funktsiya-a’zolari va sinf ob’ekti mavjud bo’lgan programma funktsiyalari murojaat qilishi (ishlatishi) mumkin;

C++ tilida struktura va birlashmalar sinf turlari deb qaraladi. Struktura va sinflar bir-biriga o’xshash, faqat kelishuv bo’yicha murojaat bilan farq qiladi: strukturada kelishuv bo’yicha barcha elementlar public murojaatiga ega bo’lsa, sinfda ular private murojaatida bo’ladi. Birlashmada ham, xuddi strukturadek kelishuv bo’yicha elementlar public murojaatda bo’ladi.



Struktura va birlashmalar o’z konstruktor va destruktorlariga ega bo’lishi mumkin. Shu bilan birgalikda birlashmalarni sinf sifatida ishlatishga ma’lum bir cheklovlar mavjud. Birinchidan, ular birorta sinf vorisi bo’lishi mumkin emas, o’zlari ham boshqa sinflar uchun ona sinf bo’la olmaydi. Ular static atributli a’zolarga, hamda konstruktor va destruktorli ob’ektlarga ega bo’lishi mumkin emas.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling