6-mavzu: Hozirgi zamon pedagogikasi va ilmiy-pedagogik adabiyotlarda pedagogik mahorat, pedagogik texnika va ularning mohiyati borasidagi fikrlarning yoritilishi


Download 22.05 Kb.
bet1/2
Sana26.03.2023
Hajmi22.05 Kb.
#1297242
  1   2
Bog'liq
Mavzu-6


6-mavzu: Hozirgi zamon pedagogikasi va ilmiy-pedagogik adabiyotlarda pedagogik mahorat, pedagogik texnika va ularning mohiyati borasidagi fikrlarning yoritilishi.

Reja:
1. Hozirgi zamon pedagogikasi va ilmiy-pedagogik adabiyotlarda pedagogik mahorat va uning mohiyati borasidagi fikrlarning yoritilishi.


2. Hozirgi zamon pedagogikasi va ilmiy-pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnika va uning mohiyati borasidagi fikrlarning yoritilishi.
Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni
egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va
psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi.
Jumladan, “Pedagogik entsiklopediya”da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O’z kasbining mohir ustasi bo’lgan, yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chukur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil etaoladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyatini mukammal egallagan
mutaxassis». Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o’kituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:
1) madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql zakovatning yuksak ko’rsatkichi;
2) o’z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi;
3) pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi;
4) O’quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan asosiy komponentlardan iborat:
1) pedagogik insonparvarlik yo’nalishi;
2) kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish;
3) pedagogik qobiliyatga ega bo’lish;
4) pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida o’qituvchilik kasbi o’zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o’qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g’oyaviy - siyosiy jihatdan chiniqgirib, tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar sirlarini puxta egallashlarida ko’maklashadi va jamiyat uchun muhim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu ma’suliyat o’qituvchidan o’z kasbining mohir ustasi bo’lishni, o’kuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko’nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo’llarini izlab topadigan kasb egasi bo’lishni talab etadi. Buning uchun doimo o’qituvchining kasbiy mahoratini, ko’nikma va malakalarini oshirib borish, g’amxo’rlik qilish, unga zarur shart - sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy –metodik hamda texnik yordam ko’rsatish, o’qituvchining ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko’maklashish lozim.
SHunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o’qituvchini tayyorlashga xizmat qiladi. U o’qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o’rgatuvchi va uni takomillashtirish to’g’risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo’lib, o’qituvchida pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo’llarini, vositalarini, shakllarini o’rganadi.
Pedagogik mahorat o’qituvchi - tarbiyachiga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’kuvchilarning o’zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvorni va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o’rgatadi va o’z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to’g’risida ma’lumotlar beradi.
Pedagogik mahorat o’qituvchining pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o’qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo’lajak o’qituvchi o’z pedagogik faoliyati jarayonida faoliyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
• Pedagogik faoliyatning maqsadi.
• Pedagogik faoliyatning obьekti va sub’ekti.
• Pedagogik faoliyatning vositasi.
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo’lmagan o’qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo’lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo’lib, o’qituvchining faoliyat mezonini begilab beradi. O’qituvchining faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning ob’ektlari bo’lmish tarbiyalanuvchi insonga, o’quvchi va o’quvchilar guruhiga hamda alohida o’quvchiga, pedagogik jarayonning sub’ektlari — ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoa masьuldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. O’qituvchi pedagogik faoliyatining ijobiy natijalari mehnat malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o’zining hayotiy va amaliy faoliyatida nechog’lik qo’llay bilishi bilan belgilanadi.
O’qituvchining pedagogik faoliyati samarali bo’lishi uchun zarur bo’lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko’ra bilish, diqqatni taqsimlay olish, vaziyatni to’g’ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan har xil ziddiyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, o’kuvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Mazkur fanning mazmunidan kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish uchun o’quv - tarbiya jarayonini boshqarish, unga rahbarlik qilishda pedagogik-psixologik ta’limot nuqtai - nazaridan yondashish, ta’lim -tarbiyani milliy an’analarimiz ruhida zamonaviy metodpar asosida modellashtirish, o’kuv - tarbiyaviy jarayonda ilg’or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish uchun o’qituvchi mahoratining zarurligi haqidagi ma’lumotlar va ularni takomillashtirish tizimlari o’rin olgan.
Shunga ko’ra, «Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni o’qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, ko’nikma va mapakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to’g’risida ma’lumotlar berib boradi.
Pedagogik texnika - o’qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo’lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhim jihatlari — bu avvalo, o’qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko’nikmalari hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so’zlay olishi, o’z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg’usini jilovlay olishi, o’zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo’lishi, aniq imo-ishora, ma’noli karash, rag’batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so’zning cheksiz qudrati orqali o’quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o’tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo’lishi kabilardir.
O’qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko’nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika o’qituvchining ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil qilishida, o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishida qanday rol o’ynaydi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o’ziga jalb etib kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo’lib
o’rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o’qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog’liq bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o’z-o’zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo’ladi:
• ta’lim-tarbiya jarayonida o’z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika);
• ta’lim-tarbiya jarayonida o’z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo’ya ta’sirlarga berilmaslik;
• mukammal ijtimoiy pertseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o’z o’rnida qo’llay olishi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o’qituvchining
shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan bog’liq bo’lib, bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
• o’qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;
• ma’lum bir reja asosida o’z oldiga qo’yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;
• o’kuvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog’liq bo’lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
• o’quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi.
O’qituvchining tarbiyalanuvchi ob’ektlar oldida o’z harakatlarini boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo’lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o’ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko’rinishda
sahnada namoyish etsa, o’qituvchi butun o’quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni o’tilgan mavzular bilan boglab, zamonaviy integratsion usullarda o’kuvchilar ongiga yetkazish uchun chukur tayyorgarlik ko’radi, sinf jamoasidagi o’ziga xos pedagogik va psixologik muhitni,
har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib pedagogik
faoliyat ko’rsatishga majbur. Bunday ulkan mas’uliyatni yuqori saviyada
bajarish uchun o’qituvchidan yuksak pedagogik texnik tayyorgarlikka ega bo’lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o’qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. CHunki u o’qituvchiga o’z gavdasini tuta bilish (mimika, pantomimika), his-tuyg’ularini (emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o’kuv faoliyatida, o’qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo’llash yo’lparini tushuntiradi.
Demak, pedagogik texnika o’qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig’indisiki, u o’qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko’rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo’l ko’rsatuvchi bo’lib xizmat qiladi.
Ilg’or va novator o’qituvchilarning texnik mahorati pedagogik faoliyat olib borishlarida, mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora
qila olish xususiyatlarida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, o’qituvchilar pedagogik texnika san’atini mukammal egallaganlar, uning
ko’nikma va malakalarini o’zlarida aniq shakllantirishgan va turli pedagogik vaziyatlarda qo’llay olish qobiliyatlariga egadirlar.
Pedagogikada o’qituvchi chukur hissiyotga berilishini, shaxsiy hayotidagi turli ruhiy vaziyatlar tufayli kayfiyatining o’zgarib turishini o’zi qattiq nazorat qilish talab qilinadi. Nazoratni o’qituvchining o’zi boshqarib, bu jarayonning ijobiy natijalari o’qituvchining refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo’ladi.
Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta’sir ko’rsatishdagi o’qituvchining ma’naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyalanuvchilarga yaqqol namoyon bo’ladigan xususiyatdir. Agar o’qituvchi ma’naviy qashshoq bo’lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no’noq bo’ladi, didi past, o’z hissiyotlarini jilovlay olmaydigan qo’pol bo’lsa, uning
ta’lim-tarbiya berishi haqida gap bo’lishi mumkin emas.
Pedagogik texnikaning sirlarini egalpash yo’llari o’qituvchi rahbar-ligida olib boriladigan mashg’ulotlar va mustaqil ishlash jarayonida shakllanib boradi. Pedagogik texnika sirlarini mukammal egallashda va
uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o’qituvchi o’z - o’zini doimiy
shakllantirib borishi, ya’ni o’z oldiga qo’yilgan talablar nuqtai nazaridan mohir o’kuvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini
shakllantirishga qaratilgan faoliyati muhim rol o’ynaydi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o’qituvchiga o’quvchilar
bilan muloqot jarayonida zarur so’z va gap ohangi, qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik, aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish
kabi qobiliyatlarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari o’qituvchi kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o’qituvchining psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o’qituvchining yoshi,
jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik-fiziologik xususiyatlariga bog’liq.
Umumta’lim maktablarida pedagogik faoliyat olib boradigan “O’qituvchi-murabbiy professiogrammasi”da kuyidagi xislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari mujassamlashgan bo’lishini ta’kidlaydilar:
1 )O’qituvchining shaxsiy xislatlari: bolalarni sevishi, kamtarligi,

Download 22.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling