1. Menejmentning moxiyati va vazifalari Menejmentning predmeti va izlanish uslublari. Kursning mazmuni va vazifalari


Download 44 Kb.
Sana23.04.2020
Hajmi44 Kb.
#100909
Bog'liq
1403175301 43725


Menejment fanning predmeti, mazmuni va vazifalari
Reja:
1.Menejmentning moxiyati va vazifalari

2.Menejmentning predmeti va izlanish uslublari.

3.Kursning mazmuni va vazifalari.

Menejmentning moxiyati va vazifalari.

Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan boglab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini xisobga olgan xolda urganish lozim.

Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun maxsulot tayyorlashda mexnat taksimoti va kooperasiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maksadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mexnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maksadi ishlovchilar samarali mexnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy ximoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va axolining kam ta’minlangan katlamlarini qo’llab-kuvvatlashdan iboratdir.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chukurlashtirish yo’lida» asarida «Kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermaxsul mexnat qilish uchun yaxshiroq ragbat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli xuquqni qaror topdirishdan, axolining mexnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan xam iboratdir», deb ta’kidlagan edi.

Menejment moxiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq xolda o’zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv xam murakkablashadi va mustaqil fan sifatda ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar urtasida rakobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yunaltiriladi.

Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi xuquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni urganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini xisobga olgan xolda xo’jalik raxbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taqtikasini belgilaydilar.

Jamiyat xayotining barcha tomonlari demoqratik yangilanishi sharoitida asosiy masala iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy tarakkiyotni ragbatlantirish. Boshqariladigan bozor bilan shaxs va jamoa manfaatlarini samarali bog’lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqarish egalari bo’lgan mexnatkashlar manfaatlari eng muxim manfaat ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy tarakkiyotni jadallashtiruvchi kudratli xarakatlantiruvchi kuch ekanligi shubxasizdir. Bundan boshqaruvni islox qilishning strategik g’oyasi mexnatkash kishining obrusini kutarishdan, chunki, iqtisodiyotni soglomlashtirishning asosi bo’lib vijdonan va ma’suliyat bilan mexnat qilishga xizmat kiladi; ishchining mexnatdan manfaatdorligini keskin oshirish, o’z kobiliyatini tulik sarf etish, uni jamiyatni xarakatlantiruvchi kuchlarning umumiy tizimiga quyishdan iborat. Bunga fakat ishchi ishlab chiqarishnin xakikiy egasi sifatida mexnat kilgan xoldagina erishish mumkin, bu juda murakkab masala, chunki inson fakat ijtimoiy shaxs - ya’ni jamiyatga bog’liq va uning ta’siri ostida bo’lib kolmay, tabiiy mavjudot xamdir. Xuddi shunga bog’liq xolda uning shaxsiy manfaatlarini (unga bog’liq xolda xulqi, xarakatlari) xar doim xam ijtimoiy manfaatlar bilangina emas, balki o’z idroki manfaatlari bilan xam mos kelmaydi. Kishilar urtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar aks etuvchi manfaatlar ular maksadlari, mexnat intizomi, faolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi va ularning xarakatlarini tartibga soladi.

Bozor munosabatlariga utish ishlab chiqarish va bozorning samarali o’zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalarning o’z-o’zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo’lishini ta’minlovchi takomillashgan xo’jalik mexanizmini yaratishga yunaltirilgandir. Davlat menejmentining asl maksadi barqaror ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demoqratik xuquqiy davlat va fukarolik jamiyatini qurishdan iboratdir.



Menejment predmeti va izlanish uslublari.

Xar qanday fan o’z predmeti, nazariyasi va uslublariga egadir. Predmet bu fan nima bilan shug’ullanishi, uning kaysi soxaga tegishli ekanligini belgilaydi. Nazariya bu soxada ruy beradigan jarayon va xodisalarning ruy berish qonuniyatlarini aniqlaydi.

Izlanish usullari nazariyadan kelib chiqqan xolda kishilar ilmiy va amaliy faoliyati qanday amalga oshishini ko’rsatib berishi, fanning shu soxasida xodisalarni umumlashtirish va urganishning turli vositalari va usullari tizimini ishlab chiqish lozim.

Menejment predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini urganishdan iboratdir. Boshqaruv munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ajralmas qismi bo’lib, turli iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, mexnat, psixologik va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Boshqaruv munosabatlari boshqaruv kul ostidagi xodimlar urtasidagi aloqa va o’zaro ta’sirning murakkab majmuini ifodalaydi, demak, menejment bu eng avvalo kishilarni boshqarishdir.

Iqtisodiyotni boshqarishda bevosita boshqaruv obyekti mexnat jamoalari va aloxida xodimlardan iboratdir. Fakat ularning mexnat faoliyati vositasida ishlab chiqarishning moddiy unsurlari, ya’ni mexnat qurollari va predmetlariga ta’sir etiladi.

Boshqaruvning eng asosiy bilish uslubi - dialeqtik uslub bo’lib, u menejmentga urganilayotgan ijtimiy xodisalarning moxiyatini ochishga yordam beradi.

Menejmentga quyidagi boshqa uslublar xam xos: voke’lik xodisalarini urganishga aniq tarixiy yondashuv; xo’jalik mexanizmi barcha elementlarini bir vaqtning o’zida taxlil qilish va tulik boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi tarkibiy yondashuv, tarkibiy taxlil, iqtisodiy tajriba va boshqalar.

Menejment maxorati uning barcha uslublarini egallash, ularni to’g’ri boglab qo’llash, xar bir aniq vaziyatda eng samaralisini topish kobiliyatiga ega bo’lishidan iboratdir.


Kursning mazmuni va vazifalari.

Menejment kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari va uni to’zishning tashkiliy shakllari, xo’jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va metodologik asoslarini urganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi xarakatlari va o’zini tutish xollarini umumlashtiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini urganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining kirralarini butun bir majmua ko’rinishida, nazariy taxlil va mantikiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib urganadi.

Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni xal etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga utishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, axoli ijtimoiy ximoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini ustirish va boshqalarga qaratilgandir.

Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o’zini emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo’llash kobiliyati, ya’ni ulardan aniq ko’rinishlaridan aniq vaziyatda, foydalana olish kobiliyatini urganadi. Uning boshqarish nazariyasidan farki u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, tamoyillari va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir.



Xulosa:

Menejmentning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini xisobga olgan xolda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida iqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maksadga yunaltirilgan xarakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.


Adabiyotlar:
1.      О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-T.: О‘zbekiston, 2009. – 40 b.

2.      О‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Xususiy korxona tо‘g‘risida”gi Qonuni. -О‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari tо‘plami. № 3 - T.: Adolat, 2004. – 7-9 b.

3.     “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” : О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 fevraldagi PF-4191-son Farmoni // О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami – 9 son – 2010- 9 mart.

4.     “Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bо‘yicha tashkiliy chora-tadbirlari tо‘g‘risida: О‘zR Prezidentining Farmoyishi. 2009 yil 9 dekabr //Xalq sо‘zi. -2009. - № 238. – mo dekabr. – 1 b.

5.     О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yо‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi” Farmoni// Xalq sо‘zi, 2005 , 15 iyun.

6.     О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan xisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tо‘g‘risida” Farmoni// Xalq sо‘zi, 2005,15 iyun.

14.Gluxov V.V. Menedjment: Uchebnik. 3- izd.- SPb Piter, 2009.- 608 s.

15.Yermakov V.P., Makiyev Z.G. Menedjment dlya studentov vuzov. – Izd. 5-ye. – Rostov n/D: Feniks, 2008. – 184 s.

16. Goncharenko L.P. Menedjment investitsiy i innovatsiy: uchebnik. – M.: KNORUS, 2009. – 160 s.

17.Kane M.M., i dr. Sistemi, metodi i instrumenti menedjmenta kachestva: Uchebnik. – SPb.: Piter, 2009. – 560 s.

18.Farxutdinov R.A. Proizvodstvenniy menedjment: Uchebnik. 6- ye izd.- SPb.: Piter, 2008.- 496 s.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling