Materiallari
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
MA`RUZA MASHG`ULOTLARI MATERIALLARI MA’RUZALAR MATNI Maxsulot sifatining qay darajada bo`lishiga bo`lg`usi maxsulotni loyixalashtirishning dastlabki bosqichlaridayoq tamal toshi qo`yiladi, shu sababli maxsulot sifati texnikaviy xujjatlarning (loyixalashtirish xujjatlari, konstruktorlik xujjatlari, texnologik xujjatlar, me`yoriy-texnik xujjatlar) sifati bilan chambarchas bog`liqdir. Ularni ishlab chiqish jarayonida me`yoriy nazorat bosqichi yakunlovchi bosqich xisoblanadi. Bu texnik xujjatlarni ishlab chiqishning shunday bosqichi-ki, bu bosqichda xali qimmat turadigan va uzoq vaqt davomiyligini talab qiladigan jarayonlarni qo`llamasdan turib texnik xujjatlarga zarur bo`lgan o`zgartirishlar va tuzatishlarni kiritish mumkin bo`ladi. Bundan bu bosqichning naqadar muximligi va uni amalga oshiruvchi shaxslarning qanchalik mas`ul ekanligi kelib chiqadi. Me`yoriy nazoratni to`g`ri tashkil qilish va uni o`tkazish uslubiyotining qanchalik muxim ekanligi xam o`z-o`zidan tushunarli, albatta. Me`yoriy nazorat ishlab chiqilayotgan maxsulotlarda (ishlanmalarda) standartlarda belgilangan me`yor va talablarga rioya qilinishiga, texnik xujjatlarning to`g`ri bajarilishiga, bir xillashtirishning (unifikasiyaning) yuqori darajasiga erishishga yo`naltirilgan. Mazkur vazifalardan me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim ega bo`lishi lozim bo`lgan bilimlar majmuasi kelib chiqadi: mos keluvchi yo`nalishdagi maxsulotlar uchun me`yoriy-texnik xujjatlarda o`rnatilgan talablarni bilish; texnik xujjatlarni tuzish, shakl berish va tekshirishga nisbatan qo`yiladigan talablarni bilish; xujjatlarni me`yoriy nazoratdan o`tkazishga, saqlashga, o`zgartirishlar kiritish va klassifikasiyalashgi nisbatan qo`yiladigan talablarni bilish; bir xillashtirish (unifikasiyalash) uslubiyotini va bir xillashtirishning (unifikasiyalashning) yuqori darajasini ta`minlaydigan usullarni bilish. Me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar faqatgina boshqalarning ishini tekshiruvchi xodimlar emas, balki o`z korxonasida standartlashtirish g`oyalarini amalga oshiruvchi xodimlar bo`lib xisoblanadi. Ikkita-uchta me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar va me`yoriy-texnik xujjatlar kutubxonasining ishini olib boruvchi texnik xodimdan iborat bo`lgan standartlashtirish xizmatiga ega bo`lgan korxonalar xali ko`plab uchrayotganligi sababli bu xodimlar bu boradagi ko`pincha yagona xodimlar bo`lib xisoblanadi. Buning uchun esa standartlashtirish va bir xillashtirishning (unifikasiyalashning) moxiyatini, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini, standartlashtirish va birxillashtirishning (unifikasiyalashning) maxsulot sifatiga qo`rsatadigan ta`sir uslublarini bilish talab qilinadi. Standartlarni joriy qilish standartlashtirish bo`yicha amalga oshiriladigan ishlarning muxim bosqichlaridan biri xisoblanadi, uning samaradorligini belgilaydi. Bu shuningdek me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimlarning ma`lum bir bilimlarni talab qiluvchi faoliyat jabxalaridan biridir. Texnik xujjatlarni ishlab chiqishda xatolardan mutlaqo xoli bo`lish amalda mumkin emas. Nuqsonsiz ishlash tizimini yaratish (bunday tizimni joriy qilishda me`yoriy nazorat shubxasiz muxim o`rin egallaydi) xatolar kelib chiqishi extimolini kamaytiradi, biroq xatolarning mutlaqo bo`lmasligini kafolatlay olmaydi. Xatolarning kelib chiqishi tashqi xarakterdagi (ish sharoitlari, muddatlarning qisqaligi va xokazolar) sabablar bilan xam, ichki xarakterdagi (xodimning toliqishi, kayfiyatining va salomatligining yomonlashuvi va xokazolar) bilan xam shartlanadi. Shu sababli, xatto shu nuqtai-nazardan olib qaraganda xam, me`yoriy nazoratni bekor qilish to`g`risida gapirish amaldagi xaqiqatdan ancha yiroqdir. Konstruktorlik xujjatlari va texnologik xujjatlarni ishlab chiqish bosqichida metrologik ekspertizadan o`tkazish maxsulot sifatini tekshirishda o`lchashlarning samaradorligini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi. Metrologik ekspertiza – bu o`lchashga tortiladigan parametrlarni tanlash, aniqlik me`yorlarini belgilash va maxsulotni ishlab chiqish va tayyorlash, sinovdan o`tkazish, ekspluatasiya qilish (foydalanish) xamda ta`mirlash jarayonlarini o`lchash vositalari va uslublari bilan ta`minlash bo`yicha texnik echimlarni taxlil qilish va baxolashdir. Ushbu ma`ruzalar bayonida me`yoriy nazorat to`g`risidagi asosiy xolatlar beriladi, ular kelgusida yangidan ishlab chiqilayotgan xujjatlarda oldindan ishlab chiqilgan, standartlashtirilgan va birxillashtirilgan (unifikasiyalangan) elementlar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarini maksimal darajada qo`llash bilan texnik xujjatlarning sonini qisqartirishga ko`maklashadi va shu tariqa konstruktorlik-loyixalashtirish ishlarining xajmini kamaytiradi. Me`yoriy nazorat qilish natijalari korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida me`yoriy-texnik xujjatlarning qo`llanilish darajasini xarakterlaydi va amaldagi standartlar, texnik shartlar va boshqa me`yoriy-texnik xujjatlarni joriy qilishni tekshiruvdvn o`tkazish imkonini beradi. Shu sababli me`yoriy nazoratga standartlashtirish va birxillashtirishning (unifikasiyalashning) maqsad va vazifalariga texnik xujjatlarning yuqori sifatiga erishishning samarali vositasi sifatida qarash lozim bo`ladi.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling