Materiallari
Metrologik nazoratni tashkil qilish va
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
3.Metrologik nazoratni tashkil qilish va
o`tkazish tartibi Metrologik nazoratga tortiladigan xujjatlarning asosiy turlari: konstruktorlik xujjatlari: detallar chizmasi, yig`ish chizmasi, gabarit chizmasi, montaj chizmasi, tushuntirish xati, texnik shartlar, sinovlar dasturi va uslubiyoti va boshqalar; texnologik xujjatlar: marshrut kartasi, operasion karta, qoralamalar (eskizlar) kartasi, tiplashgan texnologik jarayon kartasi, tiplashgan operasiya kartasi. Metrologik nazoratga shuningdek o`lchash vositalarini ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriqlar, maxsus tarmoq belgilanishidagi o`lchash vositalarining loyixa va ekspluatasion xujjatlari va standartlashtirilmagan o`lchash vositalari xam tortiladi. Metrologik nazorat quyidagi ketma-ketlikda o`tkaziladi: nazoratga taqdim qilingan xujjatlarda imzolarning borpigi va jamlanganligini tekshirish; xujjatlarning mazmunini o`rganish, yo`llanmalar berilgan me`yoriy-texnik xujjatlar bilan tanishish, qabul qilish qoidalarini, nazorat uslublarini, sinovdan o`tkazish uslublarini, natijalarni taxlil qilish uslublarini, “Sinovdan o`tkazish asbob-uskunalari, o`lchash vositalarining ro`yxati” ilovalarini, maxsulotni nazoratdan o`tkazish uchun zarur bo`ladigan materiallar va reaktivlarni ko`rib chiqish; nazorat qilinadigan parametrlar nomenklaturasining maxsulotning o`z belgilanishiga (mo`ljallanishiga) mos kelishi nuqtai-nazaridan asoslanganligini tekshirish; bajarilmasligi maxsulotning o`z belgilanishiga (mo`ljallanishiga) mos kelmasligiga olib kelishi mumkin bo`lgan talablarni aniqlash. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling