Investitsiya siyosati va muhiti


Download 32.29 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi32.29 Kb.
#1818163
  1   2   3
Bog'liq
INVESTITSIYA SIYOSATI VA MUHITI

INVESTITSIYA SIYOSATI VA MUHITI



Reja:

    1. Investitsiya siyosatining mohiyati, vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari.

    1. Hududiy investitsion siyosat va uni takomillashtirish yo‘llari.

    2. Zamonaviy investitsiya siyosati




Davlat investitsiya siyosati umumiy iqtisodiy siyosatning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U kapital qo‘yilmalarni faollashtirish, ularning strukturasini optimallashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan maqsadlar, vazifalar, yo‘nalishlar va chora-tadbirlar majmuini ifodalaydi.


Investitsiya siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi.
      1. Nodavlat sektorining investitsion faolligini oshirishga xizmat qiladigan qulay muhitni shakllantirish.


      2. Yangi texnologiyalar asosida korxonalarning ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarini modernizatsiyalash uchun xususiy mahalliy va chet el investitsiyalarini jalb qilish.


      3. Kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirishda eng muhim ishlab chiqarishlar va ijtimoiy sohani davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash.


Davlatning investitsiya siyosati mamlakatdagi xususiy va davlat kapital qo‘yilmalari rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Aynan u mamlakatning investitsion muhitini shakllantiradi, shu sababli, hukumat investitsiya siyosatiga katta e’tibor qaratadi.


Investitsiya siyosati investitsiya faoliyatining o‘rta va uzoq muddatli maqsadlari hamda ularga erishish yo‘llarini belgilab beradi. Investitsiya siyosati – investitsiya strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi, investitsion taktika.
Investitsiya siyosati qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda iqtisodiy siyosatning qisqa muddatli va uzoq istiqbol uchun belgilangan vazifalarini bajarishga xizmat qiladi. Investitsiya siyosatining ta’sirchan vositalari nisbatan cheklanganligi sababli muayyan vaziyatlarda qaysi vositalar samarali, qaysilari samarasiz ekanligini bilish murakkab hisoblanadi.37
Investitsiya siyosatini ishlab chiqish iqtisodiy faoliyatning barcha darajalarida amalga oshirilishi zarur. Mikrodarajada – investitsiya siyosati innovatsion faoliyatni amalga oshirayotgan korxonalar,


37 Vaxabov A.V. va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Moliya», 2010.
banklar, fondlar va uy xo‘jaliklari uchun ishlab chiqilishi lozim. Mezodarajada (hududlar va tarmoqlar) – iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni selektiv qo‘llab- quvvatlash uchun yo‘naltirilgan maqsadli investitsiya dasturlarini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Makrodarajada – davlat investitsiya strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish cheklangan budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, istiqbolli tarmoqlar va hududlarni qo‘llab-quvvatlash, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash chora- tadbirlarini amalga oshirish imkonini beradi.

Download 32.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling