Ishlab chikarish xajmi xisobiga tejash, takomillashmagan rakobat, iqtisodiy o'sish va xalqaro savdo


Download 6.11 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi6.11 Kb.
#1570014
Bog'liq
4-Ishlab chikarish xajmi xisobiga tejash, takomillashmagan

Ishlab chikarish xajmi xisobiga tejash, takomillashmagan rakobat, iqtisodiy o'sish va xalqaro savdo

  • Ishlab chiqarish miqyosining ichki va tashqi samaralari.
  • Ishlab chiqarish xajmi xisobiga tejash va xalqaro savdo.
  • Ichki va tashqi omillar xisobiga tejash. Miqyos samarasi nazariyasi.
  • Xalqaro savdoning dinamik modeli nazariyasi. Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari.

Ishlab chiqarish miqyosining ichki va tashqi samaralari.

Masshtab samarasi (economies of scale) – ishlab chiqarishning shunday rivojlanishiki, bunda omillar sarfining bir birlikka o’sishi ishlab chiqarish bir birlikdan ko’proqqa o’sishiga olib keladi.


Masshtab samarsi mamlakatdagi tarmoq va korxonalarning raqobat bozoridagi ҳatti-ҳarakati va faoliyat yo’nalishlaridan kelib chiqqan ҳolda tashqi va ichki masshtab samaralariga ajraladi.
Tashqi masshtab samarasi butun tarmoqda ishlab chiqarish masshtabini o’sishi natijasida firma doirasida tovar birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarning kamayishi.
Tashqi masshtab samarsi shuni nazarda tutadiki, ҳar bir firmaning ҳajmi o’zgarmagan ҳolda bir xil tovar ishlab chiqaradigan firmalar soni ortadi. Odatda ushbu ҳolatda bozor yetarli darajada raqobatbardoshligini saqlab qoladi, bu esa bu model asosidagi savdo qonuniyatlarini xalqaro savdoning klassik nazariyalariga yaqinlashtiradi, ya’ni eksportyorlar o’zlari ta’sir ko’rsata olmaydigan bozordagi narxda ҳoxlagan miqdorda tovar sotishlari mumkin.

Ishlab chiqarish xajmi xisobiga tejash va xalqaro savdo.


Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini
va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali
har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi.
Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo
ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan
jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, oyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga yetkaziladi.

Ichki va tashqi omillar xisobiga tejash. Miqyos samarasi nazariyasi.

Xarajatlarning proporsional o'zgarishga ishlab chiqarish miqyosi-

ning o'zgarishi deyiladi. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omildan - ish-

chi kuchi (/.) va kapitaldan ia i foydalanilganda, ulardan foydalanish

ikki b a ro b a ro sh sa 2 1. va 2 bo'lsa, ishlab chiqarish miqyosi ikki

barobar kengaydi deyiladi.


Xuddi shunday mehnat va kapitaldan foydalanish ikki marta qis-qartirilsa (o..u va o.sa ) ishlab chiqarish miqyosi ikki marta qisqargan-ligini bildiradi. Ishlab chiqarishda omillardan foydalanishning propor-sional oshishi, y a ’ni ishlab chiqarish miqyosining kengayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga har xil ta ’sir qiladi. u mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi. kamaytirishi va o'zgartirmasligi mumkin.
Agar, ishlab chiqarish miqyosi kengayganda, omillar sarfi su r’ati-dan ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'ati past bo'lsa, bunday o'si-shga manfiy m iqyos deviladi. M anfly miqyos sam arasida (keyinchalik ko'ramiz) uzoq muddatli oraliqda firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirganda o'rtacha harajatlar oshib boradi.
Download 6.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling