Kg olma murabbosini tayyorlash uchun 12 kg shakar sarflansa, 180 kg olma murabbosi tayyorlash uchun necha kg shaker Sarflash kerak bo‘ladi


Download 36.63 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi36.63 Kb.
#1149424
Bog'liq
100-240 masala


105.30 kg olma murabbosini tayyorlash uchun 12 kg shakar sarflansa, 180 kg olma murabbosi tayyorlash uchun necha kg shaker Sarflash kerak bo‘ladi? 1 kg shakarning bahosi3250 so‘m bo‘lsa, necha so‘mga shakar xarid qilish kerak bo‘ladi?
106. Fermer shaharga ikkita mashinada uZum jo‘natdi. Birinchi mashinada 120 yashik, ikkinchi mashinada undan 40 yashik ko‘p uzum jo‘natgan. Har bir yashikda 10 kg dan uzum bor. Agar har bir kg uzum 850 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, hammasi bo‘lib necha so‘mga uzum sotilgan?
107. Oshxonada ishlatish uchun 1500 kg karam, 1200 kg piyoz, 700 kg pomidor sotib olindi. Agar 1 kg karam 850 so‘m, 1 kg piyoz 800 so‘m va 1 kg pomidor 920 so‘mdan olingan bo‘lsa, necha so‘mlik xarid qilingan?
108. Fermer daviatga har kuni 1700 kg dan 3 kun paxta topshirdi. Agar fermer har bir kilogramm paxta uchun 1350 so‘mdan ish haqi olsa, fermer jami necha so‘mlik ish haqi oladi?
109. Bir o‘quvchi uchun bir o‘quv yilida 6200so‘mga ijara darsliklari, 3900 so‘mga qolgan o‘quv qurollarini sotib olish kerak bo‘lsa, u necha so‘mga darslik va o‘quv qurollarini sotib oladi? Agar bir sinfda 30 nafar o‘quvchi bo‘lsa, hamma o‘quvchi uchun necha so‘mlik ijara darsligi va o‘quv qurollari kerak bo‘ladi?
110. Kombinatda ishlayotgan to‘quvchi ayo! zamonaviy dastgoh yordamida bir ish kunida 120 m gazlama to‘giydi. To‘quvchi ishni bir xil maromda davom ettirsa, u 1 oy (30 kun)da necha metr gazlama to‘qiydi? Agar to‘quvchi 1 m to‘gilgan gazlama uchun 300 so‘mdan ish hagi olsa, to‘quvchi ayol 1 oyda necha so‘m maosh oladi?
112. Bozorga 18 yashikda har biri 30 kg dan pomidor va har biri 18 kg dan 25 yashik uzum keltirildi. Agar 1 kg pomidor 950 so‘mdan va bir kilogramm uzum 800 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, hammasi bo‘lib necha so‘mlik savdo qilingan?
113. Ikkita vagonda 110 t mineral o‘g‘itkeltirildi. Ulardan tushgacha baravardan o‘g‘it tushirilgandan keyin birida 340 sr, ikkinchisida 380 sr mineral o‘g‘it goldi. Har bir vagondan ganchadan o‘g‘it tushirilgan?
114. Chelakda 10 litr suv bor. 3 litrli va 5 litrli bankalar yordamida qanday gqilib 7 litr suvni o‘Ichab olish mumkin?
115. Un zavodi bir sutkada 12 t un ishlabchigarish quvvatiga ega. Un zavodi bir xil unumbilan ishlasa, bir hafta (7 kun) davomida necha tonna un ishlab chigaradi? Agar 1 t bug‘doydan 800 kg un va 200 kg kepak chiqsa, bu unni ishlab chiqarish uchun necha tonna bug‘doy kerak bo‘lgan?
116. 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10; 11 va 12 sonlarini bir-biriga moslab shunday qo‘shingki, natijalar bir xil bo‘lsin.
117. Do‘konda bir oy davomida har biri 60 kg dan bo‘lgan 50 gop guruch sotildi. Agar har bir kilogramm guruch 2400 so‘mdan sotilgan bo‘lsa,necha so‘mlik guruch sotilgan? 118. Dehgon bozorga 200 kg sabzi va 180 kgpiyoz olib kelib, piyozning har bir kilogrammini 300 so‘mdan, sabzining har bir kilogrammini 250 so‘mdan sotdi. U bir kunda 67500 so‘mlik savdo qildi. Agar dehgon bir kunda 150 kg sabzi sotgan bo‘lsa, u necha kilogramm piyoz sotgan? 119. Yozgi tatilda 3 dugona Hafiza, Nozima va Dildoralar do‘ppi tikishdi. Hafiza 74 ta, Nozima 68 ta va Dildora 78 ta do‘ppi tikdi. Agar tikilgan har bir do‘ppi uchun 1500 so‘mdan ish haqi to‘lansa, ular ganchadan maosh olishgan?
120. Oila uchun ajratib berilgan qo‘shimcha tomorga yeriga kuzgi bug‘doy ekildi va 650 kg bug‘doy hosili olindi. Agar bu bug‘doyning har bir kilogrammi 950 so‘mdan bozorda sotilgan bo‘lsa, oila necha so‘mga bug‘doy sotgan?
121. Hasan va Husan aka-ukalar fermerga olcha terishda yordam berishdi. Ular har bir kilogramm terilgan olcha uchun 150 so‘mdan ish haqi olishga kelishishdi. Agar Hasan 125 kg, Husan 120 kg dan olcha terishgan bo‘lsa, ularning har biri necha so‘mdan ish haqi olishgan?
122. Fermer xo‘jaligi 3 kunda 660 sentner bug‘doy hosilini yig‘ib oldi. Birinchi kuni hamma hosilning uchdan bir qismini, ikkinchi kuni undan 2 sentner kam bug‘doy hosili yig‘ib olindi. Uchinchi kuni gancha bug‘doy hosili yig‘ib olingan?
123. Fermerda 25 ta sog‘in sigiri bor. Ular- ning har biri 1 kunda 16 litrdan sut beradi. Bu sutning har bir litri bozorda 800 so‘mdan sotiladi. Sotilgan sutdan fermer 1 oy (30 kun)da necha so‘m daromad qiladi?
124. Sobir opasi bilan bozordan tuzlash uchun 25 kg karam, 30 kg bodring va 20 kg pomidor sotib oldi. Agar 1 kg karam 350 so‘m, 1 kg bodring 400 so‘m va 1 kg pomidor 420 so‘mdan sotib olingan bo‘lsa, jami necha so‘mlik savdo qilingan?
125. Oilada go‘y, echki va tovuglar bogilyapti. Tovuglar 32 ta, echkilar tovuglardan ikki marta kam. Agar echki va qo‘ylarning birgalikda oyoglari soni 96 ta bo‘lsa go‘ylar nechta?
126. Maktab o‘quvchilari shanbalikda gatnashib, maktab bog‘i va atrofiga mevali hamda manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi. Ular 250 tup o‘rik, o‘rikdan 70 tup ortiq olma ko‘chati, olma va o‘rik ko‘chatlari nechta bo‘lsa, ulardan 150 ta ortiq manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazishgan bo‘lsa, shanbalikda necha tup ko‘chat o‘tqazilgan?
127. Parrandachilik fermasida 220 ta kurka, 340 ta g‘oz, 450 ta o‘rdak va 640 ta tovuq boqilmoqda. Agar 1 oyda har bir kurkaga 16 kg, g‘ozga 14 kg, o‘rdakka 12 kg, tovuqga 10 kg ozuqa Sarflansa, ferma hamma parrandalar uchun 1 oyda gancha ozuga g‘amlashi kerak? 128. Nargizaxon uyida 18 ta tovuq bogadi. Agar har bir tovuq yil davomida 250 dona tuxum qilsa, hamma tovuqlar nechta tuxum giladi? Agar har bir tuxum 250 so‘mdan sotilsa, Nargizaxon necha so‘mga tuxum sotgan?
129. Tikuvchilik korxonasida 1 oy davomida ikkita tikuvchi 970 ta choyshab tikishdi. Agar tikilgan har bir choyshab uchun tikuvchilarga 1700 so’mdan ish haqi to‘langan bo‘lsa, tikuvchilar necha so‘mdan maosh olishgan?
130. Zohidjon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib baliq yetishtiradi. U yil davomida 1700 kg «Laqga,» 1900 kg «Zag‘ora» va 1200 kg «Og amur» baliqlarini yetishtirdi. Agar 1 kg «Laqqa»mva «Oq amur» baliqlari 3000 so‘mdan, «Zag‘ora» balig‘i 2500 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, Zohidjon necha so‘m daromad qilgan?
131. Ikkita dalaga fermer xo‘jaligi bahorda kartoshka ekdi. Urug'‘lik uchun keltirilgan 65 qop kartoshkaning 30 gopi birinchi, golgan 35 qgopi ikkinchi dalaga ekildi. Agar fermer ikkala dalaga 4550 kg urug‘lik kartoshka ekib, urug‘likka qaraganda 12 marta ko‘p hosil olgan bo‘lsa, fermer har bir daladan qanchadan kartoshka hosili olgan? Ikkala daladan gancha kartoshka hosili olgan?
132. Issiqxonada pomidor va karam ko‘chatlari yetishtirildi. Karam ko‘chatlari 3700 ta pomidor ko‘chatlari karam ko‘chatlaridan 1500 ta ortiq. Agar karam ko‘chatlari 150 so‘mdan va pomidor ko‘chatlari 180 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, necha so‘mlik ko‘chat sotilgan?
133. Oshxonadagi lampochkani o‘chirib qo‘yishni unutishdi. Natijada oshxonadagi lampochka ertalabgacha yonib goldi. Lampochka 10 soat yongan bo'lsa, 1 kv soat elektr energiyasi bekorga isrof bo‘ldi. Agar tumanda bunday oilalar 6000 ta bo‘lib, ularda ham shunday hol takrorlangan bo‘lsa, qancha elektr energiyasi bekorga sarflanadi? 1 kv soat elektr energiyasi 110 so‘m bo‘lsa, bir kechada necha so‘m behuda sarflanadi?
134. Maktab o‘quvchilari o‘tgan o‘quv yilida 1 t 700 kg qog‘oz chiqindisi va 7 t 500 kg temir-tersak to‘plashgan edi. O‘quvchilar bu yil 1 t 850 kg qog‘oz chigindisi va 8 t 200 kg temir-tersak yig‘ishdi. O‘quvchilar ikki yilda qancha gqog‘oz chigindisi va temir-tersak yig‘ishgan?
135. Fermerning 30 ga olmazor bog‘i bor.Bog‘ning har bir gektarida 256 tadan olma daraxtibo‘lsa, fermerning hamma olma daraxtlari nechta? Agar hosilni yig‘ib olishda har bir daraxtdagi olmadan bittadan ehtiyotsizlik tufayli nobud bo‘lsa, necha dona olma nobud bo'‘ladi?
136. Hafta davomida bir kompyuterchi 120ta gog‘oz ishlatdi. Ikkinchi kompyuterchi 128 taqog‘oz ishlatdi. Kompyuterchilar har kuni o‘rtacha nechtadan gog‘oz ishlatishgan?
137. G‘alla o‘rimi davrida kombayn 1 kunda25 gektar yerdagi bug‘doyni o‘rib-yig‘ib oladi. Har bir gektar yerdan 60 sentnerdan bug‘doy hosili olinayotgan bo‘lsa va bug‘doyning har 1 sentneridan 3 kg bug‘doy yo‘gotilayotgan bo‘lsa, 1 kunda gancha bug‘doy yo‘qoladi?
138. Do‘konda 1-kun 4 t 3 sr, 2-kun 3 t 7 sr va 3-kun 2 t 9 sr kartoshka sotildi. Do‘konda 1 kunda o‘rtacha qancha kartoshka sotilgan?
139. Parrandachilik fermasida tovuglardan 1-kun 2300 ta, 2-kun 2230 ta, 3-kun 2421 ta tuxum olindi. Parrandachilik fermasida har kuni o‘rtacha tovuglardan nechtadan tuxum olingan?
140. Tegirmondan 1-kun 1615 kg, 2-kun 2800 kg va 3-kun 2690 kg un olib ketildi. Tegirmondan har kuni o‘rtacha necha kilogrammdan un olib ketilgan?
141. Yuk mashinasi 60 km soat tezlik bilan 2 soat yo‘l yurdi. Qolgan yo‘lni 70 km/soat tezlik bilan 3 soatda bosib o‘tgan bo‘lsa, yuk mashinasining o‘rtacha tezligini toping.
142. Sayyohlar 16 km/soat tezlik bilan 2 soat gayiqda suzishdi. Keyin avtobusda 60 km/ soat tezlik bilan 4 soat yo‘lda bo‘ldilar. Qolgan 160 km masofani sayyohlar 2 soatda yengil mashinada bosib o‘tishgan bo‘lsa, sayyohlarning o‘rtacha tezligini toping. 144, 4-sinf «Matematika» darsligi va daf-taringizning eni va bo‘yini o‘lchang. Ularning yuzlarini hisoblang.
145. Tomonlarining uzunligi 17 sm bo‘lgan uchburchak va tomonlari 12 sm va 6 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini toping.
146. 500 so‘m pulni 50, 100 va 200 so‘mlikpullar yordamida necha usulda maydalash mumkin? 1000 so‘m va 5000 so‘m pulni-chi?
147. Gaz hisoblagich 10-dekabrda 4640 metr kubni ko‘rsatdi. 10-noyabrda 4490 metr kubni ko‘rsatgan bo‘lsa, oy davomida necha metr kub gaz ishlatilgan? Agar 1 metr kub gazning bahosi 1350 so‘m bo‘lsa, ishlatilgan gaz uchun necha so‘m to‘lash kerak?
148. Fermerda 450 ta parranda bor. Ularning yarmi tovuglar. Uchdan bir gismi o‘rdaklar. Qolgani g‘ozlar. Xo‘jalikda har bir parrandadan nechtadan bor?
149. Dars mashg‘ulotlari ertalab soat 8%da boshlanib, kunduz soat 14%da tugagan bo‘lsa mashg‘ulotlar necha soat davom etgan? Bu vaqt bir sutkaning ganday ulushini tashkil etadi?
150. Un zavodida 185 tonna un bor edi. 1-kuni 17 tonna, 2-kun 21 tonna 5 sentner, 3-kun 27 tonna un do‘konlarga jo‘natildi. Un zavodida necha tonna un golgan?
151. Toshkent va Samargand shaharlari orasidagi masofa 300 km. Bu masofani yo‘lovchi tashuvchi poyezdi 6 soatda, tez yurar «Afrosiyob» poyezdi 1 soat 20 minutda bosib o‘tadi. «Afrosiyob» poyezdi 1 marta Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qatnaganida qancha vaqtni tejaydi?
152. 4-sinflardagi 60 nafar o‘quvchidan ; gismi futbol, - gismi kurash to‘garagiga qatnashadi. Bu to‘garaklarga jami nechta o‘quvchi qatnashadi?
153. Farrux bilan Abbos uzum uzishda fermerga yordam berishib, ikkalasi 360 kg uzum uzishdi. Bu uzumlarning _ gismini Farrux, golganini Abbos uzgan bo‘lsa, ularning har biri necha kilogrammdan uzum uzishgan?
154. Tokar hafta davomida 360 ta detal, ikkinchi haftada esa 540 ta detal tayyorladi. Tokar oylik rejani uddalashi uchun yana 900 ta detal tayyorlashi kerak bo‘lsa va har bir tayyorlagan detali uchun 650 so‘mdan ish haqi olsa, tokarning oylik maoshini hisoblang.
155. G‘isht teruvchi 2 usta 3 kunda terilishi kerak bo‘lIgan hamma g‘ishtning 23 qismini terishdi. Ustalar shunday unum bilan ishlashsa, hamma g‘ishtni terishlari uchun necha kun kerak bo‘ladi?
156. Yuk mashinasi manzilga yetib borishim uchun 750 km masofani bosib o‘tishi kerak. U birinchi to‘xtash joyigacha butun yo‘lning 4 gismini, ikkinchi to‘xtash joyigacha =z cieiiling bosib o‘tdi. Yuk mashinasi manzilga yetib borishi uchun yana necha kilometr yo‘l goldi?
157. O‘quvchi ta’til kunlarida 280 betli «O‘zbek xalq ertaklari» kitobining uchdan ikki qismini o‘qidi. O’quvchi kitobni o‘qib tugatishi uchun yana nesha bet kitob o‘gishi kerak?
158. Ona 2 o‘quvchi gizi va o‘g‘li uchun bir nechta daftar xarid qildi. U hamma daftarlarning; gismini katta qiziga, golgan daftarlarning .gismini kichik giziga va golgan 24 ta daftarni o‘g'‘liga bergan bo‘lsa, qizlarning har biri nechtadan daftar olgan?
159. Poyezd 5 minutda 5 km, mototsikichi 5 minutda 2500 m masofani bosib o‘tdi. Ular shu tezlik bilan harakatlansa 1 soatda qancha masofani bosib o‘tadi?
160. Oralaridagi masofa 90 km bo‘lgan 2 qishloqdan otliq va velosipedchi bir vaqtda bir- biriga qarab yo‘lga chigishdi. Otliqning tezligi 20 km /soat. Ular 3 soatdan keyin uchrashgan bo‘lsa, velosipedchining tezligini toping.
161. Ikki gishloq orasidagi masofa 48 km. Velosipedchi shu masofani borishda 4 soatda, qaytishda 3 soatda bosib o‘tdi. Velosipedchining borish va kelishdagi tezligini toping.
162. Bir gishloqdan ikkinchisiga qarab piyoda 5 km/soat tezlik bilan yo‘lga chiqdi. Oradan 2 soat vaqt o‘tgach, o‘sha yo‘nalishda velosipedchi yo‘lga chiqdi. Velosipedchining tezligi soatiga 12 km, qishloqlar orasiga masofa 15 km bo'‘lsa, qishloqqa kim oldin keladi? Velosipedchi qancha vaqt keyin keladi?
163. Motorli qayiqning turg‘un suvdagi tezligi 15 km/soat. Daryo oqimining tezligi 3 km/soat. Motorli qayiq daryo ogimi bo‘yicha 3 soatda qancha masofani bosib o‘tadi?
164. Motorli gayiqning turg‘un suvdagi tezligi 18 km/soat. Daryo oqimining tezligi 3 km/soat. Qayiqning ogim bo‘ylab va oqimga garshi tezligini toping
165. Oralaridagi masofa 720 km bo‘lgan ikki Shahardan bir vaqtda ikki poyezd bir-biriga qarab
yo'lga chiqdi. Birinchi poyezdning tezligi 56 km/ Soat, ikkinchi poyezdning tezligi 64 km/soat. 3 Soatdan keyin ular orasidagi masofa necha kilometr bo‘ladi? Poyezdlar necha soatdan keyin uchrashadi?
166. Samargand va Toshkent shaharlari ora- Sidagi masofa 300 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga qarab «Lasettiy avtomashinasi va mototsiklichi yo‘lga chiqdi. «Lasetti» avtoma- Shinasining tezligi 90 km/soat. Bir soatdan keyin ular orasidagi masofa 172 km qgolgan bo‘lsa, mototsiklchining tezligini toping.
167. A va B shaharlari orasidagi masofa 360km. A shahardan B shaharga qarab 45 km/soat tezlik bilan mototsiklchi yo‘lga chiqdi. Oradan 2 soat o‘tgach A shahardan B shaharga qarab «Neksiya» avtomashinasi 90 km/soat tezlik bilan yo‘lga chiqdi. Ular necha soatdan keyin uchrashadi?
168. A va B shaharlar orasidagi masofa 920 km. A dan B ga qarab tez yurar poyezd 100 km/soat tezlik bilan yo‘lga chiqdi. Oradan 2 soat o‘tgach B dan A ga qarab yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqdi va ular 4 soatdan keyin uchrashdi. Yo‘lovchi poyezdining tezligini toping.
169. Daryo bo‘yidagi A va B qishloglar orasidagi masofa 80 km. Daryo ogimining tezligi 3 km/soat. Motorli qayiqning turg‘un suvdagi tezligi 20 km/soat. Bu gishloglardan bir-biriga garab yo‘lga chiqqan 2 ta motorli qayiglar necha soatdan keyin uchrashadi?. 170. Buxoro shahridan 2 ta avtomobil bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda yo‘lga chiqdi. Birining tezligi 70 km/soat. 3 soatdan keyin ular orasidagi masofa 450 km bo‘ldi. Ikkinchi avtomashinaning tezligini toping.
171. Nozima va Nargizaning uyidan maktabgacha bo‘lgan masofalar o‘zaro teng. Qizlar uyidan maktabga qarab bir vaqtda ketdilar. Nargizaning yurish tezligi 60 m/min va uyidan maktabgacha 10 minutda keldi. Nozima maktabga 2 minut kechm keldi. Nozimaning yurish tezligini toping.
172. Toshkent shahridan «Lasetti» mashinasi 80 km/soat tezlik bilan yo‘lga chiqdi. Oradan 1 soat o‘tgach Toshkent shahridan garama-qarshi yo‘nalishda 100 km/soat tezlik bilan «Kobolt» rusumli avtomashina yo‘lga chiqdi. Necha soatdan keyin mashinalar Toshkent shahridan bir xil uzoglikda bo‘ladi?
173. Qishloqdan bir vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda otliq va velosipedchi yo‘lga chiqishdi. Otliqning tezligi 18 km/soat. Velosipedchining tezligi 15 km/soat. Otliq manzilga 3 soatda, velosipedchi esa 4 soatda yetib borgan bo‘lsa, ular bir-biridan necha kilometr uzoqglashishgan?
174. A shahardan bir vaqtda, qarama-qgarshi yo‘nalishda ikki samolyot uchib ketdi. A da B ga qarab uchayotgan samolyotning tezligi 550 km/soat. A dan C ga qarab uchayotgan ikkinchi samolyotning tezligi 600 km/soat. Birinchi samolyot manzilga 3 soatda, ikkinchi samolyot 4 soatda yetib borgan bo‘lsa, B va C shaharlari orasidagi masofani toping.
175. Daryo bo‘yida joylashgan A qishloqdan B qishloqga qarab ikkita motorli qayiq bir vaqtda yo'lga chiqdi. Birinchi motorli gayigning tezligi 30 km/soat. Ikkinchisiniki esa 20 km/ Soat. Birinchi motorli gayiq B gishloqga yetib kelganidan keyin 1 soat o‘tgach, ikkinchi motorli Gayiq ham B qishloqga yetib keldi. A va B Gishloglari Orasidagi masofani toping.
176. A va B qishloqlari orasidagi masofa 60 km. Ikkita mashina bir vaqtda bir xil yo‘nalishda C qishlogga garab yo‘lga chiqdi. A gishloqdan chiqqan birinchi mashinaning tezligi 80 km/ soat. B gishloqdan chaqgan ikkinchi mashinaning tezligi esa 60 km/soat. Necha soatdan keyin A qishlogdan chiqqan mashina B gishloqdan chiqqan mashinaga yetib oladi?
177. Toshkent va Termez shaharlari orasidagi masofa 720 km. Toshkentdan ikkita mashina bir vaqtda Termez shahriga qarab yo‘lga chiqdi. Birinchi mashinaning tezligi 80 km/soat. Ikkinchi mashinaning tezligi 70 km/soat bo‘lsa, birinchi mashina ikkinchisidan gancha vaqt oldin Termiz shahriga yetib keladi? (Vaqtni soat va minutlarda ifodalang.)
178. Zahro va Zuhra quvlashmachogq o‘ynash- yapti. Hozir ular orasidagi masofa 30 metr. Zuhra 120 m/min tezlik bilan qochmoqda. Zahro uni quvlab, 3 minutda yetib oldi. Zahro qanday tezlik bilan quvlagan?
179. O‘quvchi uyidan maktabgacha bo‘lgan 800m masofaning 200 m ni 50 m/min, 300 m yo'lni 60 m/min, yana 300 m yo'lni 70 m/min tezlik bilan yurdi. O‘quvchining o‘rtacha tezligini toping.
180. A shahardan B shaharga qarab avtomashina yo‘lga chiqdi va 9 soatda B shaharga yetib keldi. Mashina qaytishda shu masofani 6 soatda bosib o‘tgan bo‘lsa, mashinaning borish va kelishdagi o‘rtacha tezligini toping.
181. Samolyot soatiga 900 km/soat tezlik bilan 2 soat, 850 km/soat tezlik bilan 3 soat parvoz qilgan bo‘lsa, samolyotning o‘rtacha tezli- gini toping.
182. Oralaridagi masofa 60 km bo‘lgan daryobo‘yidagi 2 qishloq orasidagi masofani motorliqayiq borishda 2 soatda, qaytishda esa 3 soatdabosib o‘tdi. Motorli qayiqning borish va kelishdagio‘rtacha tezligini toping.

183.A shahardan D shaharga qarab yo‘lga chiqqanavtomobil A dan B gacha bo‘lgan masofani 90km/soat tezlik bilan 2 soatda, B dan C gacha bo‘lgan masofani 70 km/soat tezlik bilan 2 soatda va C dan D gacha bo‘lgan masofani 60 km/soat tezlik bilan 3 soatda o‘tgan bo‘lsa, mashinaning o‘rtacha tezligi va A, D shaharlari orasidagi masofani toping.


184. Samarqand shahridan Termiz shahriga garab bir vaqtda yengil va yuk avtomobillari yo‘lga chiqdi. Yengil mashinaning tezligi 80 km/ soat va yuk mashinasining tezligi 20 km/soat kam. Shaharlar orasidagi masofa 400 km bo‘lsa, yengil mashina yuk mashinasidan gancha vaqt oldin Termiz shahriga borgan?
185. Oralaridagi masofa 720 km bo‘lgan ikki Shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab tezyurar va yuk poyezdlari yo‘lga chiqishdi va 4 soatdan keyin uchrashishdi. Agar tezyurar poyezdning tezligi 110 km/soat bo‘lsa, yuk poyezdining tezligini toping.
186. It o‘zidan 20 m masofada bo‘lgan mushukni ko‘rib, quva ketdi. Itning quvish tezligi 3 m/sek. Mushukning qochish tezligi 2 m/sek. Mushuk bilan daraxt orasidagi masofa 25 m bo‘lsa, it mushukni tuta oladimi?
187. Fermer 320 gektar yerga paxta va bug‘doy ekar edi. Bu yil bug‘doy ekiladigan maydon 30 gektarga va paxta ekiladigan maydon 35 gektarga kengaydi. Endi fermerning ekin maydoni necha gektar bo‘ldi? Fermer bug‘doydan 65 sentnerdan va paxtadan 30 sentnerdan hosil olgan bo‘lsa, fermer qancha bug‘doy va paxta hosili olgan?
188. Sobirning 1000 so‘m puli bor. U 350 so‘mga ruchka va daftar sotib oldi. Agar sotuvchida 50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullar bor bo‘lsa, u Sobirga qaytimni qanday to‘lashi mumkin?
189. Fermerda chorva mollarini bogish uchun jamg‘arilgan 4350 kg yem va 8700 bog‘ pichan bor. Agar fermer mollarini bogish uchun har kuni 290 bog‘dan pichan va 145 kg dan yem sarflasa, jamg‘arilgan yem va pichan necha kunga yetadi?
190. Hovlida go‘ylar va tovuqlar yuribdi. Agar qo‘y va tovuqiarning oyoqlari soni 76 ta, tovuqlar 8 ta bo‘lsa, hovlida nechta qo‘y bor?
191. Ishchi 1200 000 so‘m maosh oladi.Maoshning ; gismini plastik kartochka orqali, golgan qismini naqd pul bilan olsa, kassa xodimida 200, 500 va 1000 so‘mlik pullar bo‘lsa, xodim maoshni qanday pullar bilan to‘lashi mumkin?
192. Un zavodi bir sutkada 43 t g‘allani gayta ishladi. Agar 1 t g‘alladan 800 kg un va 200 kg kepak chiqsa, 43 tonna g‘alladan qancha un va kepak chigadi? Un va kepak goplarga 50 kg va 25 kilogrammdan qilib joylansa, hamma un va kepakni joylash uchun nechta gop kerak bo‘ladi?
193. Birinchi fermer xo‘jaligi ishchilari 1 kunda 920 kg, ikkinchi fermer xo‘jaligi ishchilari undan 150 kg kam paxta terishdi. Agar 1 kg terilgan paxta uchun 150 so‘mdan ish haqi to‘lansa, ikkala fermer ishchilariga terilgan paxta uchun necha so‘m ish haqi to‘lashlari kerak bo‘ladi?
194. Bir shahardan ikkinchi shaharga qarab 70 km/soat tezlik bilan mototsikichi yo‘lga chiqdi. 1 soatdan so‘ng shu yo‘nalish bo‘yicha «Kobolt» yengil mashinasi 90 km/soat tezlik bilan yo‘lga chigdi. «Kobolt» yengil mashinasi necha soatdan keyin mototsiklchiga yetib oladi? (Vaqtni soat va minutlarda ifodalang.)
195. Parrandachilik fabrikasida 2700 ta tovuaq, 2450 ta o‘rdak. 1840 ta g‘oz va 950 ta kurka bor. 1 oyda 1 tovuqga 3 kg, 1 o‘rdakka 5 kg, 1 g‘ozga 6 kg va 1 kurkaga 13 kg don kerak bo'ldi. Fabrikaning hamma parrandalariga 1 oyda qancha don sarflanadi?
196. Tegirmonga 55 qop bug‘doy va 32 gop makkajo‘xori keltirildi. Tegirmonga makkajo‘xoriga Garaganda 1610 kg ko‘p bug‘doy keltirilgan. Agar bug‘doy va makkajo‘xori solingan goplar bir xil bo‘lsa, tegirmonga necha kg bug‘doy va necha kg makkajo‘xori keltirilgan?
*197. Ikki ota va ikki o‘g‘il 3 ta qo‘yni bo‘lib olishdi. Ularning har biri bittadan qo‘y olganbo‘lishi_ mumkinmi?
*198. Shaxmat to‘garagiga gatnashish uchun 12 o‘quvchi va shashka to‘garagiga qatnashish uchun 9 o‘quvchi keldi. O‘quvchilarning hammasi 16 ta bo‘lsa, nechta o‘quvchi ham shaxmat, ham shashka to‘garagiga gatnashish uchun kelgan?
199. Tenglamalarga mos masalalar tuzing vaularni yeching:
a) x — 170=90 b) b+240=900
200. Poyezd 18 soatda 1440 km masofani bosib o‘tdi. So‘ngra tezligini 20 km /soatga kamaytirib, qolgan yo‘Ini 5 soatda bosib o‘tdi. Poyezdning hamma yurgan yo'lini va o‘rtacha tezligini toping.
201. 1 sigir kuniga o‘rtacha 16 litr sut beradi. 10 ta sigirdan shunday sog‘imda 1 oy (30 kun) da necha litr sut sog‘ib olish mumkin? Masalani turli usullar bilan yeching.
202. Fermer 1 dalasiga 320 kg, ikkinchi dalasiga esa undan 30 kg ortiq urug‘lik bug‘doy sepdi. U birinchi daladan sepilganiga qaraganda 23 marta ko‘p. Ikkinchi daladan esa, sepilganiga qaraganda 25 marta ko‘p bug‘doy hosili oldi. Fermer ikkala daladan gancha bug‘doy hosili olgan?
203. Birinchi dalaga 80 qop, ikkinchi dalaga shunday 104 gop urug‘lik bug‘doy ekish uchun keltirildi. Ikkinchi dalaga, birinchisiga garaganda 1 t 920 kg ortig bug‘doy keltirilgani ma’lum. Ikkala dalaga ekish uchun keltirilgan bug‘doy massasini toping.
204. Elektr hisoblagich 30-avgustda 1960 kv/ Soatni ko‘rsatdi. 30-iyulda 1820 kv /soatni ko‘rsatgan edi. Agar 1 kilovatt soat elektr energiyasining bahosi 120 so‘m bo‘lsa, sarflangan energiya uchun qancha pul to‘lash kerak bo‘ladi?
205. Sobir hovlisidagi parnikda 1200 tup pomi- dor va 1900 tup karam ko‘chati yetishtirdi. Agar
1 tup pomidor ko‘chati 180 so‘mdan, 1 tup karam ko‘chati 150 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, Sobir necha so‘m daromad qilgan?

206. Fermer 2 ta mashinada shaharga govun va tarvuz jo‘natdi. Birinchi mashinadagi tarvuzlar 450 ta va ikkinchi mashinadagi govunlar 620 ta. Agar bu tarvuzlarning har biri 2100 so‘mdan va govunlarning har biri 2400 so‘mdan ko‘tarasiga sotilgan bo‘lsa, necha so‘m savdo qilingan?


207. Oila har oyda 150 kv/soat elektr ener- giyasini sarflar edi. Elektr chiroglari tejamkor chiroglar bilan almashtirilgandan keyin oila uchun 80 kv/soat elektr energiyasi sarflanadigan bo‘ldi. Agar 1 kv/soat elektr energiyasining bahosi 120 so‘m bo'lsa, oila 1 oyda elektr energiyasidan necha so‘m tejaydi? Bir yildachi?
208. 3 ta do‘konga 38 t 4 sr shakar keltirildi. 1hafta davomida birinchi do‘konda 5680 kg, ikkinchi do‘konda 6240 kg va uchinchi do‘konda 4010 kg Shakar sotildi. Shundan so‘ng har bir do‘konda baravar miqdorda shakar goldi. Har bir do‘konga ganchadan shakar olib kelingan?
209. Qarshi shahridan 1 mashina 80 km/ SOat tezlik bilan Toshkent shahriga qarab yo‘lga chiqdi. 1 soat vaqt o‘tgach xuddi shu yo‘nalishda ikkinchi mashina 100 km/soat tezlik bilan yo‘lga chiqdi. Ikkinchi mashina necha soatdan so‘ng birinchi mashinaga yetib oladi?
210. Murodjon bilan G‘ayrat quvlashmachoq O‘ynashyapti. Murodjon har 2 sekundda 10 m masofa chopadi. G‘ayrat har 2 sekundda 15 metrga quvadi. Ularning orasidagi masofa 30 m bo‘lsa, G‘ayrat necha sekunddan so‘ng Murodjonga yetib oladi?
211. Tikuvchi va shogirdlar hafta davomida 96 ta ko‘ylak tikishdi. Ko‘ylaklarning 1 qismini tikuvchi, ; qismini birinchi shogirdi, 2 gismini ikkinchi shogirdi, ; qismini uchinchi va ; qismini to‘rtinchi shogirdi tikdi. Ularning har biri nechtadan ko‘ylak tikishgan?
212. Bir-biriga qarab kelayotgan poyezdlar orasidagi masofa 1116 km. Birinchi poyezdning tezligi 56 km/soat. Ikkinchisining tezligi 68 km/soat. Poyezdlar necha soatdan keyin uchrashishgan? (Masalaga teskari masalalar tuzing va ularni yeching.)
213. Muslim bilan Farrux A gishloqdan B gishloqga bir vaqtda velosipedlarda yo‘lga chigishdi. Muslim borish va kelishda bir xil tezlik bilan yurdi. Farrux esa borishda Muslim yurgan tezlikdan ikki marta katta tezlik bilan, A gishloqga gaytishda esa u yurgan tezlikdan ikki marta kam tezlikda yurdi. A gishloqga kim oldin keladi? (Qishloglar orasidagi masofani va tezliklarni o‘zingiz belgilang.)
214, Buyuk matematik allomalarimiz Muhammad ibn Musa al Xorazmiy 783-yilda, Abu Ali ibn Sino 980-yilda tug‘ilgan. Bobokalonlarimiz tavallud topganiga necha asr, necha yil va necha oy bo‘lganini hisoblang.
215. Mamlakatimiz O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 1-Sentabrda o‘z mustaqilligiga erishgan. Mamlakatimiz mustagillikka erishgandan beri necha yil, necha oy va necha kun o‘tganini hisoblang.
216. Piyodaning tezligi bilan yengil mashinaning tezligini taqqoslashga doir masala tuzing va uni yeching.
217. Murabbo tayyorlash uchun 15 kg shakar. 1 kilogrammi 4200 so‘mdan, 8 kg gilos har bir kilogrammi 2700 so‘mdan, 7 kg olcha har bir kilogrammi 3600 so‘mdan olingan bo‘lsa, murabbo uchun ajratilgan 120000 so‘mdan necha so‘m pul ortib qoladi?

218. Kassada 500 so‘mlik va 1000 so‘mlik pullar bor. Ularning soni baravar. Jami pullar 78000 so‘m. Kassada nechta 500 so‘mlik va 1000 so‘mlik pullar bor?


219. Sotuvchi 1 dona bananni 1500 so‘mdan, nokning 1 kilogrammi 5800 so‘mdan sotyapti. Agar Sotuvchi 72 dona banan va 26 kg nok sotgan bo‘lsa, sotuvchi necha so‘mlik savdo qgilgan?
220. Behzod va Murodjonda 1500 so‘m, Murodjon va Nargizada birgalikda 1620 so‘m, Behzod va Nargizada birgalikda 1520 so‘m pul bor. Bolalarning har birida necha so‘mdan pul bor?
221. 21 kg kartoshka va 6 kg piyoz 24000 so'm turadi. 2 kg kartoshkaning puliga 6 kg piyoz olish mumkin. 1 kg kartoshka necha so‘m turadi? 1 kg piyozchi?
222. Fermer xo‘jaligidan 1470 sr bug‘doy hosili yig‘ib olindi. Shu hosilni tashish uchun 3 t yuk ko‘taradigan mashina necha marta qatnashi kerak bo‘ladi?
223. Qurilishga uzunligi 6 m 85 sm bo‘lgan 12 ta va uzunligi 9 m 15 sm bo‘lgan 15 ta taxta keltirildi. Keltirilgan taxtalarning umumiy uzunligini toping.
224. Bir shahardan tezliklari 100 km/soat va 75 km/soat bo‘lgan ikkita mashina bir vaqtda bir xil yo‘nalishda yo‘lga chiqdi. 11 soatdan keyin mashinalar orasidagi masofa qancha bo‘ladi?
225. 3 ta yashikda 125 kg olma bor. Birinchi va ikkinchi yashikda 96 kg. Ikkinchi va uchinchi yashikda 53 kg olma bor. Har bir yashikda necha kilogramm olma borligini toping.
227. Yo'lni ta’mirlash uchun 900 t shag‘alni 3 ta yuk mashinasi tashidi. Birinchi mashina 220 t. Ikkinchisi undan ikki marta ko‘p yuk tashidi. Uchinchi yuk mashinasi ikkinchisidan necha tonna ko‘p yuk tashigan?
228. Omborda 608 gop guruch, guruchning yarmiga teng qopda no‘xat va guruch bilan no‘xat qancha bo‘lsa, shuncha makkajo‘xori solingan qoplar bor. Agar hamma goplarning sig‘imi bir xil va massasi 60 kilogrammdan bo‘lsa, omborda qancha guruch, no‘xat va makkajo‘xori borligini hisoblang.
229. Fermer 3 ta daladan 645 t paxta hosilioldi. Birinchi daladan 176 t. Ikkinchi daladan birinchisiga qaraganda 18 t kam, golgan hosil uchinchi daladan olingan bo‘lsa, uchinchi daladan birinchisiga qaraganda qancha ko‘p hosil olingan?
230. Ombordan 3 kun sabzavot olib ketildi. Birinchi kun 40 sentnerdan 9 mashina, ikkinchi va uchinchi kun shu miqdorda 7 mashina va 12 mashina sabzavot olib ketilganidan keyin omborda yana 360 sr sabzavot goldi. Dastlab omborda qancha sabzavot bo‘lgan?231. Samolyot 1 soatda 920 km masofani uchib o‘tdi. Keyin tezligini 15 km/soatga oshirib, yana 3 soat uchdi. Vertolyot esa shu vaqt ichida 2 soat 220 km/soat, keyingi 2 soatni 240 km/soat tezlik bilan uchdi. Samolyotning va vertolyotning o‘rtacha tezligini toping.
232. x-5+3217=25707 Tenglamaga mos masala tuzing va uni yeching. 233. Bir cho‘ponda 208 ta, ikkinchisida 2 Marta ko‘p, uchinchisida esa birinchi va ikkinchi cho‘ponda birgalikda nechta qo‘y bo‘lsa, shuncha go’yi bor. Agar bu qo‘ylarning har biridan o'rtacha 1 kg 200 gr dan jun qirgib olish mumkin bo‘lsa, hamma qo‘ylardan gancha jun girqib olinadi?

234. 3 ta vagonda omborga har birida 690 sentnerdan toshko‘mir keltirildi. Agar 1 sr toshko‘mir 13200 so‘mdan sotilgan bo‘lsa, jami necha so‘mlik toshko‘mir sotilgan?


*235. Bobo, ota va o’g‘li 110 yoshda. Agar bobo bilan nabira 77 yoshda, ota va o‘g‘il birgalikda 45 yoshda bo‘lsa, ularning har biri necha yoshda bo‘lgan?
*236. Sirkda 12 ta 1, 2, 3 g‘ildirakli velosipediarda tomosha ko’rsatildi. Agar hamma g‘ildiraklar 25 ta bo‘lsa, 1, 2 va 3 g‘ildirakli velosipediar nechtadan bo‘lgan?
237. Ikkita qopda 80 kg kartoshka bor. Agar birinchi qopdan 4 kg kartoshka olib, ikkinchi qopga solinsa, birinchi gopda ikkinchi- siga qaraganda 3 marta ko‘p kartoshka bo'‘ladi. Har bir qopda necha kilogrammdan kartoshka bor?
238. Odil, Farrux va Behzodda birgalikda 49 ta daftar bor. Odilda Farruxga qaraganda 6 ta kam, Behzodda esa Farruxga qaraganda 3 ta ko‘p daftar bor. Bolalarning har birida nechtadan daftar bor?
239. Fermer xo‘jaligida quyonlar va tovuqlar parvarishlanmoqda. Ular boshlarining soni 100 ta. Oyoglarining soni esa 320 ta. Fermer xo‘jaligida nechta quyon va nechta tovuqlar parvarish qilin- moqda?
240. Ota hozir 32 yoshda. O‘g‘li 12 yoshda. Yana necha yildan keyin otaning yoshi o‘g‘ilnikidan ikki marta katta bo‘ladi?
Download 36.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling