Tuganakmevali va ildizmevali ekinlarning umumiy morfologiyasi Tugunakmevalilar
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anatomik tuzilishi
- Kartoshka Kartoshka - Solanum tuâerosum
Tuganakmevali va ildizmevali ekinlarning umumiy morfologiyasi Tugunakmevalilar Bu guruhni tashkil qiladigan ekinlardan kartoshka yer noki, batat O„zbekistonda ekiladi. Bu ekinlar oziq-ovqatda qo„llaniladigan tugunak mevalilarni hosil qiladi. Tugunakmevalar er osti poyalarida rivojlanadi. Anatomik tuzilishi-poya tuzilishiga o„xshaydi. U tashqi tomondan yupqa po„st-epidermis bilan qoplangan, etilganda bu po„stni tashlaydi. Epidermis tagida ikki qatlam bo„ladi: a) tashqi qatlam tugunakni noqulay sharoitdan saqlaydigan; b) ichki qatlam tugunakni oqsilli moddalar va kraxmal bilan to„lgan parenxima xo„jayralaridir. Po„stloq tagida hosil qiluvchi to„qima, ya‟ni kambiy qatlami joylashgan, kambiy qatlamidan keyin naychalar bog„lami halqasi joylashadi, bular orqali tugunak mevaga suv va oziq moddalar etib boradi, kambiyning faoliyati tufayli tugunak o„sib boradi. Tugunakning ichi kraxmalga boy parenxima xo„jayralari bilan to„lgan bo„ladi. Po„stloqning ichki xo„jayralari bilan o„zakning kambiy qatlamiga yaqin turadigan tashqi xo„jayralarida kraxmal eng ko„p bo„ladi. Tugunakning markaziy qismi o„zak bilan va shu o„zakdan chiqib kurtaklarga boradigan shu‟lalar bilan band. Tugunakning o„rtasi sersuv bo„ladi, suvi qurib qolsa bo„shliq hosil bo„ladi. Tugunak mevada 12-14 % dan 22-25% gacha kraxmal bo„ladi. Kartoshka Kartoshka - Solanum tuâerosum L - Solanacea L oilasiga mansub ko„p yillik o„tsimon o„simlik, dexqonchilikda bir yillik ekin sifatida etishtiriladi. Ildizi - tugunak mevasidan etishtirilganda popuksimon ildiz rivojlanadi. Urug„ ekib kartoshka etishtirilganda o„q ildiz rivojlanadi, bu ildiz sershoxli bo„ladi. Kartoshka tupidagi har poya o„z ildiziga ega bo„ladi, shuning uchun bir tup kartoshkaning ildizi - bu ildiz tizim majmuasidir. Demak ildizining yaxshi rivojlanishi bir tup o„simlikdagi poya soniga bog„liq bo„ladi. Ildiz boshlang„ich (ko„zchalardan rivojlanadigan) er osti poyasidan rivojlanadigan ikkilamchi ildizlardan iboratdir, umuman kartoshkaning ildizi tuproqning 70 sm gacha o„sib boradi, yon tomonga 50 sm gacha tarqaladi. Ildizning rivojlanishi nav xususiyatiga bog„liq. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling