Tuganakmevali va ildizmevali ekinlarning umumiy morfologiyasi Tugunakmevalilar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1253481
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy

Poyasi - o„tsimon, tik o„sadi, goho yon 
tomonga egiladi, uch-to„rt qirrali, pastki qismining 
ichi kovak, balandligi 0,3-1,5 m, rangi yashil, 
ba‟zan qizil, och qizil jigar rang, antotsion dog„lari 
bo„ladi, har hil tuklangan bo„ladi. Bir tugishda 4-8 
ta serbargli poya bo„ladi. Poya sershoxli bo„ladi, 
shoxlanish darajasi navning xususiyatiga bog„lik bo„ladi. 
Kartoshkaning er osti qismida oq rangli poyalar-stolonlar-bo„ladi. Bu 
poyalar shakli o„zgargan barglar qo„ltig„ida hosil bo„ladi, er tagida deyarli 


gorizontal yo„nalishda o„sadi va shoxlanadi stolonlarda ildizchalar hosil bo„ladi, 
shuning uchun ular mustaqil ildizga ega bo„lishi mumkin. Stolonlar ekilgan nav 
xususiyatiga mos uzunlikka etganda o„sishdan to„xtaydi va uchi yo„g„onlashib 
tugunakmevaga aylanadi. Tugunaklar o„simliklar uchun oziqa moddalar, asosan, 
kraxmal saqlanadigan joydir. Har bir poyada bo„yi 15- 20 sm. ga etadigan 4 -6 ta 
stolon hosil bo„ladi. Ba‟zan stolonlarning uzunligi 30 - 40 sm ga etadi. 
Barg -tugunak meva yoki urug„ o„sa boshlaganda oddiy barg hosil bo„ladi, 
keyinroq paydo bo„ladigan barglari murakkab toq-patsimon, 3-7 ta bargchadan va 
ular orasida joylashgan har xil kattalikdagi bargchalardan iborat. Bargning uchida 
kattaligi va shakli har xil bo„ladigan toq bargi bo„ladi. Kartoshka bargi
bargchalarning soniga va kattaligiga qarab 3 hil guruxga bo„linadi: 
1. Kam qirqilgan, mayda bo„lakchalari yo„q. 
2. O„rtacha qirqilgan, barg bo„laklar soni 2- juftgacha, orasida bo„lakchalari 
kam bo„ladi. 
3. Ko„p qirqilgan barg, bo„laklari 2 -3 juft, bo„lakchalari ko„p. 
Kartoshka barglari bo„lak va bo„lakchalarning soniga qarab ikki xil bo„ladi: 
siyrak bo„lakli barg va zich bo„lakli barg. Barglar simmetrik va nosimmetrik 
bo„ladi. Barg va poyalar yuzasi tuk bilan qoplangan, barglarning rangi sariq -
yashil. Barglar poyada spiral shaklda joylashadi. 
Guli -ikki jinsli bo„lib, kosacha, gultoji, beshta changchisi bo„ladi. Gullar 
jingalak shakldagi gulto„plamga to„plangan. Bir gulto„plamda 3-15 ta gul bo„ladi. 
Gulning rangi oq, ko„k, binafsha va har xil bo„ladi. Ayrim navlarda shonasi to„kilib 
gul hosil bo„lmaydi. Kartoshka o„zidan changlanadi, ammo havo issiq va quruq 
bo„lganda meva hosil qilmaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling