Tuganakmevali va ildizmevali ekinlarning umumiy morfologiyasi Tugunakmevalilar


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana08.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1253481
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy

Ildizmevaning anatomik tuzilishi 
Ildizmevaning anatomik tuzilishini ko„ndalangiga yupqa qilib kesib olingan 
kesmalarda o„rganish mumkin. Ildizning yog„ochlangan xujayralarini tanib olish 
uchun kesmalar floroglyusin va xlorid kislota (yoki anilin sulfat) bilan ishlanadi. 
Kesimning markazida chiziqcha shaklida birlamchi yog„ochlik ikkilamchi 
yog„ochlik kambiy va birlamchi- ikkilamchi lub (floema) xujayralarining borligi 
ko„rinadi. Ko„ndalang kesimda tolali naychalar bog„lamidan tashkil topgan bir 
nechta (odatda 8-12 ta) xalqalar ko„rinadi. Shu xalqalar orasida qand moddasi bilan 


to„lgan parenxima to„qimasi joylashgan. Xalqalar orasidagi masofa markazda keng 
bo„lib, chetiga borgan sari kichrayib boradi. O„tkazuvchi tizimning xalqalari 
ketma-ket hosil bo„lib boradi. Birinchi kambiy xalqasi paydo bo„lishi bilan 
ikkilamchi po„st parenximasida birlamchi tolali xalqaning tashqi tomonida 
ikkilamchi kambiy xalqasi hosil bo„ladi. Ana shu ikkilamchi kambiy xalqasi 
ichkarida yog„ochlik naychalari va tashqarida tolali xujayralari bo„ladigan 
ko„rinishida hosil qilganidan keyin rivojlanishi va o„sishi to„xtaydi. Shunda uning 
tashqi tomonida uchinchi va navbatdagi xalqalar paydo bo„lib boradi. 
Demak, lavlagi ildizmevasi ketma-ket bir-birining o„rniga hosil bo„lib 
boradigan bir nechta kambiy xalqasi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ildiz go„yo 
bir-biriga kiritilgan hamda parenxima qavatlari bilan bir-biridan ajralib turadigan 
tolali naychalar bog„lami konusidan tashkil topgandek bo„lib ko„rinadi. Tolali 
naychalar bog„lami xalqalari sonining ortib, parenxima o„sib borishi hisobida ildiz 
ham o„sib, yo„g„onlashib boradi. 
Ildizning uzunasiga kesmasini urug„pallalar joylashgan tekislikdan olish 
kerak. Bu tekislik bir yo„la lavlagi ildizining yon tomonidangi ikki egatchadan, 
ya‟ni yon ildizlar chiqadigan egatchadan o„tadi. Kesma shunday olinadigan bo„lsa, 
qoq markazda birlamchi yog„ochlikning uzunasiga joylashgan va yuqorida 
boshchaning ikki tomoniga qarab tarqalib boradigan naylarini ko„ramiz. Asosiy 
naychadan har ikkala tomonga qarab va boshqa halqalarga boradigan va yuqorida 
tarmoqlanadigan naylar chiqadi. Ildiz bo„ynichasida ildizlardan barglar tomoniga 
boradigan tolali naychalar bog„lamining qayta to„planganligini ko„rish mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling