Tuganakmevali va ildizmevali ekinlarning umumiy morfologiyasi Tugunakmevalilar
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simfoniya
Palma - Germaniyanig “Norika” firmasi navi. 2000 yili tumanlashtirilgan.
O„rta-ertapishar nav. Palagi va barglanishi o„rtacha. Barg shakli konussimon, qirralari notekis, yuzasi biroz burishgan, rangi yashil, jilosiz, tugunak shakli ovalsimon uzunchoq, o„suv nuqtalari yuza. Po„stining va etining rangi sarg„ish. Hosili 15-18 t/ga. Tugunakning o„rtacha vazni 100-110 g. O„suv davri 110-115 kun. Qurg„oqchilikka va kasalliklarga chidamli, yaxshi saqlanadi. Simfoniya - Gollandiyaning “HZPC” firmasi navi. O„rta kechki nav. Palagi katta. Barglanishi yaxshi. Tugunak shakli ovalsimon, yirik, yuzasi silliq, o„suv nuqtalari yarim chuqur joylashgan, soni kam. Po„stining rangi qizg„ish, etining rangi sariq. Hosili 24 t/ga. Tugunakning vazni 20-230 g. O„suv davri 130-135 kun. Kasalliklarga chidamli, qurg„oqchilik va issiqlikka bardoshli, tugunaklari bir tekis, chiroyli. To‘yimli -O„zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI yaratilgan. 1995 yili tumanlashtirilgan. Kechpishar nav. Palagi tik, balandligi o„rtacha-70-80 sm, poyalarni soni kam. Barglanishi yaxshi, barglari yirik, to„q yashil erta ekilsa g„unchalari to„kiladi. Tugunak shakli uzun ponasimon, o„suv nuqtalari soni kam, yuza joylashgan, po„stining va etining rangi kartoshka rangida. Hosili 17-19 t/ga.Tugunakning o„rtacha vazni 75 g, kasalliklarga va aynishga chidamli. Umid-O„zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI da yaratilgan. O„rtapishar nav. 2001 yili tumanlashtirilgan. Palagi tik, o„rtacha uzunlikda, barglanishi va barg soni o„rtacha. Rangi yashil, jilosiz, qirralari tekis. Gullari mayda, rangi binafsha. Tugunak shakli uzunchoq, yirik, uchlari to„mtoq, yuzasi notekis, o„suv nuqtalari chuqur, ko„kish. Po„stining va etining rangi sarg„ish. Hosili 24 t/ga. Tugunakning o„rtacha vazni 200-250 g. O„suv davri 120- 130 kun. Tuganagi yirik, tashqi muhit ta‟siriga va aynish kasaliga chidamli. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling