Tuganakmevali va ildizmevali ekinlarning umumiy morfologiyasi Tugunakmevalilar


Meva-sharsimon yoki ponasimon, sariq-yashil rangli, ikki uyali, ko„p urug„li  bo„ladi. Urug‘i-


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana08.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1253481
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy

Meva-sharsimon yoki ponasimon, sariq-yashil rangli, ikki uyali, ko„p urug„li 
bo„ladi.
Urug‘i-mayda, yassi, sarg„ish-pushti, 1000 tasining vazni 0,5 -1 g. bo„ladi. 
Ko„pchilik navlar gullasa ham meva hosil qilmaydi. 
Tugunagi-stolonning yo„g„onlashgan uchki qismidir. Tugunakning stolonga 
birikkan joyi kindik deb atalsa, qarama qarshi tomoni uchi deb ataladi. 
Tugunakning yuqori qismi ancha qavariq, pastki qismi yassi yoki botiq bo„ladi. 
Tugunakning yuzasida spiral shaklda ko„zchalar joylashadi. Tugunakning yuqorigi 
qismida ko„proq, pastki qismida kamroq bo„ladi. Tugunakdagi ko„zchalar 
chuqurcha holda bo„lib ko„zchalar chuqur yoki yuza bo„ladi, ba‟zan tugunak 
yuzidan ko„tarilib turadi, rangli yoki rangsiz bo„lishi mumkin. Ularning soni har xil 
bo„lib nav xususiyatiga bog„liq bo„ladi. 
Har ko„zchada 3-4 ta novda chiqaradigan kurtak bo„ladi. Tugunakning 
yuqori qismida ko„zchalar oldin o„sib chiqadi va o„simtalari baquvvat bo„ladi. 
Pastki ko„zchalar sekin o„sadi, lekin tugunakdan barcha ko„zchalardan kurtaklar 
o„sib chiqadi. Qorong„ida o„simtalar uzun oq rangli bo„ladi, yorug„da o„simtalar 
yashil yoki qo„ng„ir yashil rangli va kalta yo„g„onlashgan bo„ladi.
Tugunaklarning shakli yumaloq, ponasimon, chuziq, yassi bo„lishi mumkin. 
Tugunaklarning vazni har xil bo„ladi, ko„pincha 50-200 gr keladi. Po„stining rangi 
har xil: sariq, pushti, qizil, och yashil rangli bo„ladi. Po„sti silliq, g„adir budir yoki 
to„rlangan bo„ladi. 


Yasmiqchalar 
po„kak qatlamida joylashgan, mayda juda ko„p 
teshikchalardir, bu teshikchalar orqali tugunak meva nafas oladi va undan nam 
bug„lanadi. Tugunak etining rangi sariq, oq, qizil va yashil bo„ladi. 
Navlar: 
Kondor-Gollandiyaning “Agriko” firmasi navi. 
1998 yilda Davlat Reestriga Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va 
Farg„ona viloyatlari bo„yicha kiritilgan. Ertapishar nav. 
Palagi baland, tikka, sershox. Barglari konussimon qirqilgan. Barglanishi 
yaxshi. Barglarining cheti to„lqinsimon to„q yashil rangda. Orqa tarafi mayin tuk 
bilan qoplangan, jilosiz. Tugunak shakli yumaloq, yirik. YUzasi tekis, po„stining 
rangi qizg„ish, o„suv nuqtalari yuza, rangi qizg„ish, soni ko„p etining rangi och 
sariq. Hosili 21-23 t/ga.Tugunakning o„rtacha vazni 170-180 g.O„suv davri 100 
kun. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling