Tuganakmevali va ildizmevali ekinlarning umumiy morfologiyasi Tugunakmevalilar


Amal davrida kartoshkaning muhim davrlari aniqlanadi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana08.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1253481
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy

 
Amal davrida kartoshkaning muhim davrlari aniqlanadi
o„sib chiqish, shonalash, gullash, tugunak tugish va palagining qurishi,
O‘sib chiqishi - er yuzida o„simtalar paydo bo„lishi bilan qayd qilinadi. 
Shonalash-o„sib chiqqandan o„rtacha 30 kun o„tgandan keyin shonali to„p 
gullar paydo bo„ladi, bu shonalash davrining boshlanganligini bildiradi. 


Gullash-shonalari ochilib gullash davri boshlanadi. Gullarning soni, rangi 
har xil bo„ladi. 
Tugunak tuzilishi-gullash davri boshlangandan keyin tez orada 
stolonlarning uchi yo„g„onlashib tugunakmevaga aylanadi. Bu davrda o„simliklar 
kovlab olinib davrning o„tishini kuzatish mumkin. 
Palagining qurishi-tugunakmeva etilganda poya-bargi sarg„ayib quriydi. 
Tugunakni etilganligini aniqlash uchun uni kesib qo„yish kerak. Kesilgan bo„laklar 
chirib ketmasdan po„stloq hosil qilsa, demak tugunakmeva etilgan deb xisoblanadi. 
Etilgan tugunakmeva yaxshi saqlanadi. 
Ildizmeva: Qand lavlagi 
Qand lavlagi -Beta vulgaris L. v.saccharifera - turiga, Chenopodiaceae 
oilasiga mansub ikki yillik o„simlik. Birinchi yili barg to„plami, yo„g„onlashgan 
ildiz (ildizmeva) rivojlanadi. Ikkinchi yili poya, gul, meva rivojlanadi.. 
Ildiz qand lavlagining ildizi o„qildiz bo„lib o„suv davrida oziq moddalar 
to„planib turgani uchun ildizmevaga aylanadi. Ildizmeva uzunasiga qarab 3 –ta 
qismga bo„linadi: Yuqorgi qismi bosh qismi. Bu qism o„zgargan poya bo„lib o„z 
ichida ko„plab kurtaklarga ega. Bosh qismida barglar rivojlanadi, bu qismda qand 
to„planmaydi. Ildizmevaning yuqorgi qismi yerustida rivojlanadi. Bosh qismdan 
pastroq bo‘yin joylashadi. Bu bosh va xaqiqiy ildiz o„rtasida joylashadi. Shakli 
silindrsimon bo„lib ildizmevaning kam qismini egallaydi. Bo„yin qismi yerustida 
va qisman yerostida rivojlanadi. Qand miqdori kam bo„ladi. Ildizmeva qand 
zavodlariga topshirilganda bo„yin qismi ham topshiriladi. Uchinchi qismi xaqiqiy 
ildiz deb ataladi, bu konussimon shaklda bo„ladi, yon tomonlarida ikki qator yon 
ildizchalari mavjud. Pastki qismi ingichlashadi va o„qildiz bo„lib tuproqning 2m 
chuqurligiga kirib boradi. Qandning eng ko„p miqdori shu qismda joylashadi. 
Ildizning diametri 1sm. Dan yuqori bo„lgani ildizmeva qismiga kiradi, kami ildiz 
deb hisoblanadi. Ildizmevaning umuman shakli konussimon, rangi oq bo„ladi. 
Xaqiqiy ildiz ildizmevaning 70-85% ni tashkil qiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling