Xalqaro moliyaviy hisob standartlari talablariga muvofiq hisobotlar shaklini o'zgartirish Reja


Download 17.13 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.13 Kb.
#1513758
Bog'liq
Xalqaro moliyaviy hisob standartlari talablariga muvofiq hisobotlar shaklini o


Xalqaro moliyaviy hisob standartlari talablariga muvofiq hisobotlar shaklini o'zgartirish
Reja;
1.Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq buxgalteriya hisobotlari shaklini o'zgartirishning nazariy asoslari
2. Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq buxgalteriya hisobotlari shaklini o'zgartirishning nazariy asoslari

Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq buxgalteriya hisobotlari shaklini o’zgartirishning umumiy ma‟nosi O’zbeiston Respublikasi qoidalariga muvofiq tuzilgan hisobotlar bilan ularni MHXSga muvofiq tuzilgan hisobotlar deb e‟tirof etish imkonini beruvchi tuzatishlarni amalga oshirishdan iborat. Hozirgi vaqtda buxgalteriya hisobotlari shaklini o'zgartirishning nazariy asosi ishlab chiqilgan bo'lib, u shuni nazarda tutadiki, transformastiya amalda kompaniyalar guruhining konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlarini tuzishdagi birinchi bosqich hisoblanadi.



Shunday qilib, hisobotlarning shaklini o„zgartirish bu yakuniy maqsad ‒ konsolidatsiyalashtirilgan hisobotlarni tuzishdagi dastlabki bo'g'in. 2003-yilga qadar hisobotlarning shaklini o’zgartirishdagi asosiy murakkablik shundan iborat ediki, Xalqaro standartlar qo'mitasining o„zi moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq hisobotlarni tuzishga o„tishni aynan qanday amalga oshirish lozimligi borasida biror bir ko„rsatmalarni ishlab chiqmadi. Natijada, har bir kompaniya ma‟lum darajadagi ishonch bilan kompaniya hisobotlarini MHXS talablariga mos keladi, deya e‟tirof etish imkonini beruvchi qandaydir o„z harakatlar algoritmini tuzishga majbur edi. Lekin 2004-yil iyunda ularning yangi avlodidan birinchi standart e‟lon qilinib, Milliy standartlar bo„yicha moliyaviy hisobotlar MHXS bo'yicha milliy valutadagi moliyaviy hisobotlar MHXS bo'yicha funksional valutadagi moliyaviy hisobotlar Guruhning MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobotlari Transformatsiya Translyatsiya Konsolidatsiyalashtirish 211 ular IFRS emas, balki IAS deb nomlana boshladi. IFRS – “Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining birinchi qo'llanishi” (boshqacha tarjimada – “Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini birinchi marta qabul qilish”). Ushbu yangi standart MHXSga o„tish jarayonini sezilarli darajada osonlashtirdi, shu jumladan u xalqaro standartlar bo„yicha birinchi moliyaviy hisobotlarni tuzishda bir necha majburiy va ulardanda ko„proq ixtiyoriy istisnolarni nazarda tutadi. Shunday bo„lsa-da, Xalqaro standartlar qo„mitasi va ko„plab boshqa professional kompaniyalar transformastiya – xalqaro standartlar talablariga mos keladigan hisobotlarga ega bo„lishning eng yaxshi yo„li emas, deb ta‟kidlashdan sira to„xtashmadi. U ko„plab kamchiliklarga ega, jumladan: - xatolarning muqarrarligi; - amalda hisobot davri hisob yuritish ma‟lumotlarini to„liq qayta ko„rib chiqish zarurligi; - cheklangan vaqtda katta hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurligi. Bunda hisobotlarning shaklini o„zgartirish o„rniga buxgalteriya hisobini milliy va xalqaro standartlar bo„yicha parallel ravishda yuritish taklif etiladi. Bunday nuqtai nazar mazkur usulning quyidagi ustunliklariga asoslangan: - buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo„yicha hisob yuritilishi ustidan qo„shimcha ichki nazorat (farq yuzaga kelgan taqdirda buxgalter beixtiyor o„ziga nima uchun farq yuzaga keldi degan savolni berishga majbur bo„ladi va balki xato ham topadi); - transformastiya tartibotlarini, shu jumladan, cheklangan vaqtda katta hajmdagi ishni amalga oshirish, balki hisobotlarning shaklini o’zgartirishni bajarish uchun auditorlik firmalarini yollashning zarur emasligi; - balki, MHXS talablariga muvofiq tuzilgan hisob korxonada boshqaruv hisobi tizimining o„rnini qisman bosishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, hisobotlar shaklini moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq o„zgartirish emas, balki shunchaki parallel ravishda xalqaro standartlar bo„yicha hisob yuritish lozim. Bunda hisob yuritish oqilona tashkil etilib, kerakli tarzda avtomatlashtirilgan taqdirda, muayyan qo’shimcha xarajatlarni keltirib chiqarsa-da, lekin bir vaqtning o„zida ayrim qo’shimcha ustunliklarni ham beradi. Afsuski, amaliyotda baribir ko’plab kompaniyalar hamon aynan transformastiya o’tkazishni afzal ko’rmoqda. Shartli birliklarda va boshqa mamlakatlarda hisob yuritishni aynan moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlariga muvofiq amalga oshirishni afzal ko’rayotgan kompaniyalar soni tobora ortib bormoqda. Biroq, moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari bo’yicha hisob yuritishga o’tayotgan har qanday kompaniya bir marta transformastiya tartibotini amalga oshirishga majbur bo’ladi (tashkil etilgan vaqtdan boshlab darhol xalqaro standartlar bo’yicha hisob yurita boshlagan xo’jalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno). Bu shu bilan bog„liqki, MHXSga o’tilgan eng dastlabki sanada xo’jalik yurituvchi subyekt shunchaki milliy standartlar bo’yicha tuzilgan hisobotlarning shaklini o’zgartirishi zarur bo’ladi.
Bunda IFRS 1 shuni talab qiladiki, transformastiyani amalga oshirishda xo’jalik yurituvchi subyekt:
a) qanaday hisobotlar moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari bo’yicha tuzilgan birinchi hisobotlar bo’lishini aniqlashi;
b) MHXSga mos keladigan hisob yuritish siyosatini tanlashi va uni birinchi moliyaviy hisobotlarda taqdim etilgan barcha davrlarga retrospektiv qo’llashi;
v) MHXSga o’tish sanasi holatiga ko„ra ushbu standartlar bo’yicha kirish buxgalteriya balansini tayyorlashi lozim;
Xalqaro standartlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlarni tuzishda hisobot sanasi holatiga ko’ra amal qilib turgan barcha moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini retrospektiv qo’llash zarurligi IFRS 1 ning asosiy tamoyili hisoblanadi. Standart kompaniyalarga moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarining ayrim talablarini retrospektiv qo’llamaslik imkonini beruvchi 6 ta ixtiyoriy istisnoni, shuningdek, MHXSni retrospektiv qo’llashning iloji bo’lmaydigan 3 ta majburiy istisnoni o’zida mujassam etgan. Ayrim istisnolar haqiqatdan ham ahamiyatli bo’ladi. Masalan, kompaniya asosiy vositalar obyektini MHXSga o’tish vaqtidagi adolatli narx bo’yicha baholash va mazkur adolatli narxdan uning shu vaqtdagi boshlang’ich narxi sifatida foydalanish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Xalqaro standartlarni birinchi marta qo„llayotgan kompaniya o’zi tomonidan ilgari MHXSga o’tish vaqtida yoki unga qadar qo’llanilgan hisob yuritish milliy qoidalarga muvofiq o’tkazilgan asosiy vositalar obyektini qayta baholash natijalaridan, agar qayta baholash natijasida olingan baho umuman olganda quyidagilar bilan taqqoslanadigan bo’lsa, qayta baholash vaqtidagi boshlang’ich baho sifatida foydalanishga qaror qilishi mumkin: - adolatli narx bilan; - MHXS bo„yicha hisoblab chiqilgan va, masalan, narxlarning umumiy yoki muayyan indeksi o’zgarishlarini aks ettirish maqsadida uchun tuzatishlar kiritilgan narx yoki amortizatsiya qilingan narx bilan. Xalqaro standartlarni birinchi marta qo„llayotgan kompaniya, ayrim aktivlar va majburiyatlarni, o’zi tomonidan ilgari qo„llanilgan hisob yuritish milliy qoidalarga muvofiq, masalan, xususiylashtirish yoki aksiyalarni dastlabki oshkora taklif etish kabi voqea oqibatida qandaydir muayyan sana holatiga ko„ra adolatli narx bo’yicha baholash yo’li bilan ularning boshlang’ich narxini belgilashi mumkin. U bunday voqea bilan shartlangan adolatli narx bo’yicha bahodan ushbu baholashni o’tkazish vaqtida Xalqaro standartlar maqsadlari uchun boshlang„ich narx sifatida foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, IAS 21 “Valyuta kurslari o„zgarishining ta‟siri” xalqaro standarti kompaniya zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi: - ayrim kurs farqlarini kapitalning alohida tarkibiy qismi sifatida tasniflash; - xorijiy operatsiyalarni hisobdan chiqarish vaqtida foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotga ushbu operatsiyalar bo’yicha to’plangan kurs farqini (shu jumladan, agar qo’llash mumkin bo’lsa, tegishli xejirlash operatsiyalari bo’yicha 213 foyda va zararlarni) chiqarish bo’yicha foyda va zararlarning bir qismi sifatida kiritish. Biroq, Xalqaro standartlarni birinchi marta qabul qilgan kompaniya mazkur talablarni MHXSga o’tish vaqtida mavjud bo„lgan to’plangan kurs farqlariga nisbatan bajarishga majbur emas. Agar Xalqaro standartlarni birinchi marta qabul qilgan kompaniya ushbu istisnodan foydalansa: - barcha xorijiy operatsiyalar bo„yicha tegishli to„plangan kurs farqlari MHXSga o’tish sanasi holatiga ko’ra nolga teng deb hisoblanadi; - har qanday xorijiy operatsiyalarni keyingi hisobdan chiqarishdan ko’rilgan foyda yoki zarar MHXSga o„tish vaqtigacha yuzaga kelgan kurs farqlarini istisno etishi va keyingi kurs farqlarini o’z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, Xalqaro standartlarni birinchi marta qo’llayotgan kompaniyalar uchun talablarning ayrim susaytirilishi mavjud. Butun qayta tuzish ikkita asosiy bosqichga bo’linadi: – tayyorgarlik; – hisob-kitob. Har qanday transformastiyaning asosini tayyorgarlik bosqichi tashkil qiladi, bunda BHMS va MHXSga muvofiq hisob yuritishning nomuvofiqligini aniqlash zarur. Hisob-kitob bosqichi farqlarni hisoblash bo’yicha arifmetik harakatlarni o’z ichiga oladi. O’zining kirish balansida kompaniya:
a) MHXSga muvofiq tan olinishi talab qilinadigan barcha aktivlar va majburiyatlarni tan olishi;
b) agar MHXS tan olishga ruxsat bermasa, elementlarni aktivlar yoki majburiyatlar sifatida tan olmasligi;
d) hisob yuritishning avvalgi milliy qoidalarga muvofiq aktivlar, majburiyatlar yoki o’z kapitali elementlarining bir turi sifatida tan olingan, lekin endilikda
MHXSga muvofiq aktivlar, majburiyatlar yoki o’z kapitali elementlarining boshqa turini o’zida namoyon etayotgan moddalarni qayta tasniflashni amalga oshirishi;
e) MHXSni kompaniyaning barcha tan olingan aktivlari va majburiyatlarini baholash uchun qo„llashi lozim. MHXSni birinchi marta qo’llash natijasida yuzaga keladigan tuzatishlar “Taqsimlanmagan foyda” schyotiga kiritilishi kerak. Transformastiyaga nisbatan asosiy yondashuvlar quyidagilardan iborat: – o’tgan davr transformastiyasi chog„ida amalga oshirilgan o’tkazmalarni qaytargan holda bosqichma-bosqich; – o’tgan davr transformastiyasi chog„ida amalga oshirilgan o’tkazmalarni qaytarmagan holda bosqichma-bosqich; Har bir usulning mohiyatini kichik misolda qisqacha izohlaymiz. Hisobotlarning shaklini o’zgartirish chog’ida 40 ming sh.b. qiymatdagi asosiy vosita bo„yicha quyidagi farqlar aniqlangan bo’lsin: – O’zbekiston Respublikasi BHMSga va xo’jalik yuritvi subyektlarning hisob siyosatiga muvofiq (asosiy vositaning texnik pasportidan kelib chiqib mustaqil 214 belgilangan) foydalanish muddati – 4 yil; – MHXSga muvofiq qabul qilingan foydali foydalanish muddati – 5 yil. Kompaniya moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlarini qo„llashga haqli emas, shuning uchun ham bunday farqlar yuzaga kelishi ehtimolga yaqin. Reversiv yondashuvning mohiyati shundan iboratki, har bir hisobot davrining oxiri holatiga ko„ra qandaydir balans moddasini (schyot yoki kontrschyotni) taqsimlanmagan foyda schyotiga kiritgan holda unga kiritilgan tuzatish tan olinadi. Keyingi davrda kiritilgan tegishli tuzatishning reversi (qaytarilishi, bekor qilinishi) yuz beradi, keyingi hisobot sanasi holatiga ko’ra esa kiritilgan tuzatish ikki (yoki undan ko’p) davr uchun to„liq summada qaytadan tan olinadi.
Reversning asosiy belgilanishi – keyingi yil mobaynida o’tgan yilda kiritilgan tuzatishlarni qayd etish va xotirada saqlashning zarur emasligi. O’tkazmalar reversini amalga oshirmagan holda transformastiyaning mohiyati shundan iboratki, farq faqat har bir muayyan yil yakuniga ko’ra aniqlanadi. Transformastiyaga nisbatan ushbu yondashuvni o’sha raqamli material asosida ko’rsatamiz.
Download 17.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling