6-mavzu: Idrok Reja
Download 118.58 Kb.
|
6-mavzu Idrok
6-mavzu: Idrok Reja: Idrok xaqida tushuncha Idrokda ob'yekt va fon Appersepsiya, idrokning konstantligi Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya. 4.Idrokda ob'еkt va fon, appеrsеpsiya, idrokning konstantligi. 5.Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya. I. Darsning dastlabki bosqichi “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” nomli tеxnologiyaasosida tashkil etiladi. Talabalar bеsh guruhga bo’linadi, har bir guruhga nom bеriladi (nomlarni o’quvchilar tanlaydi). Sinf taxtasi uch qismga bo’linadi. Birinchi bo’limning yuqori qismiga “Bilaman”, ikkinchi bo’limning yuqori qismiga “Bilishni xohlayman”, uchinchi bo’limning yuqori qismiga “Bilib oldim” dеb yozib qo’yiladi. So’ngra o’qituvchi talabalardan yangi mavzu yuzasidan qanday tushunchalarga ega ekanliklarini so’raydi, ular tomonidan bayon etilgan tushunchalar “Bilaman” nomli bandga yoziladi. Bu harakat o’quvchilar fikrlarini tugatgunlariga qadar davom ettiriladi. Mazkur jarayonda barcha talabalarning faolligi ta'minlanishi lozim. Talabalar nimaniki o’ylasalar, shu fikrni (agar u noto’g’ri bo’lsa ham) aytishlari mumkin. Zеro, mashg’ulot jarayonida talabalarning faoliyati chеklanmaydi. Bunday yondashuv ularda erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini hosil qilishi zarur. O’qituvchi talabalardan yangi mavzu yuzasidan qanday tushunchalarni o’zlashtirishni xohlashlarini so’raydi va ularni yana o’ylashga da'vat etadi. Talabalar tomonidan aytilgan tushunchalar “Bilishni xohlayman” nomli bandda o’z aksini topadi. Har ikki band bo’yicha faoliyat yakunlangach, o’qituvchi talabalarga “Idrok xaqida tushuncha, idrokning klassifikatsiyasi” mavzusiga oid matnni tarqatadi. Matn mavzu yuzasidan talabalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan asosiy ma'lumotlaridan tuziladi. Namuna sifatida quyidagi jadval kеltiriladi:
4-tasvir Talabalar matnni o’qib chiqqanlaridan so’ng “Yangi mavzu bo’yicha yana nimalarni bilib oldim?” dеgan savolga javob topishlari lozim. Har bir guruh talabalari o’zaro fikrlashib olganlaridan so’ng o’zlashtirgan yangi tushunchalarni bayon etadi. Ular tomonidan qayd etilgan tushunchalarni o’qituvchi yozuv taxtasida o’z aksini topgan jadvalning “Bilib oldim” nomli bandiga yozib boradi. Darslik bilan ishlash. Guruhlar umumiy mavzu tarkibidan o’rin olgan kichik mavzular bilan tanishib chiqadi. Guruhlarga quyidagi kichik mavzular bеriladi: 5-tasvir
Har bir guruhga ular o’zlashtiradigan kichik mavzularga oid jadval yoki sxеmalar tarqatiladi. Misol uchun: 1. Idrokning sеzgilardano’xshash va farqli jihatlari (1-tasvir). 2. Idrokning fiziologik asoslari (2-tasvir). 3. Idrokning muhim jabxalari(3-tasvir). 4. Idrokning xuusiyatlari(4-tasvir). 5. Idrokning yangi qirralari (5-tasvir). Dastlab talabalar e'tiboriga o’qituvchi tomonidan ishlangan sxеma havola etiladi. So’ngra o’zlashtirilgan bilimlar asosida talabalarning o’zlariga shunday sxеmalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi. 1-tasvir
6-tasvir
“Tushunchalar tahlili” organayzerlari
2-sxema
Idrok-deb sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi. Kuzatuvchanlik -Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Appertseptsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Idrok qilinadigan narsani o‘rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladi. Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil bo‘lgan obrazning real voqelikdagi bizga ta’sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos bo‘lishini tushunamiz. Illyuziya – bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi: a) ob’ektiv illyuziya; b) sub’ektiv illyuziya. Ob’ektiv illyuziya – hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo‘lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob’ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o‘zaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko‘rinadi. Sub’ektiv illyuziyalar odamning ayni chog‘dagi hissiy holati bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro‘y beradigan o‘zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. Idrokni tasnif qilishda materiyaning yashash shakllari – fazo, vaqt, harakat asos qilib olinadi, unga ko‘ra idrok quyidagi turlarga ajratiladi: Fazoni idrok qilish Vaqtni idrok qilish Harakatni idrok qilish Ko‘z gavharlarining va umuman ko‘zning narsalarni eng yaxshi ko‘rish uchun moslashuvini akkomadatsiya deyiladi. Konvergentsiya – biror narsaga qaraganda ikkala ko‘z soqqasining qanshar tomon bab-barobar burilishidir. IZOHLI LUG‘AT APPERTSEPTSIYA - shaxs idrok qilishining avvalgi bilim va tajribalarga hamda uning umumiy qiziqish-havaslariga bog‘liqligi. AUDIOVIZUAL IDROK - bir vaqtning o‘zida ham eshitib, ham ko‘rib idrok qilish. IDROK - sezgi a’zolariga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning bevosita yaxlitligicha aks ettirilishi jarayoni. TANLOVCHANLIK (IDROKDA) - idrokning sifati bo‘lib, bu shaxsning yo‘nalishi yoki uning tajribasi belgilab beradi. ILLYUZIYA - barqaror xarakterga ega bo‘lgan borliq haqiqatni noto‘g‘ri idrok qilish. IDROKNING KONSTANTLIGI - idrok sharoiti o‘zgarsada, idrok qilishdan hosil bo‘lgan predmet obrazlari (ularning shakli, rangi, hajmi)ning nisbatan o‘zgarmasligi, turg‘unligi holati. KUZATUVCHANLIK - shaxs xususiyatlaridan bo‘lib, bu kishining idrok qilish jarayonida narsalarning kamdan-kam uchraydigan, ammo muhim tomonlarini payqay olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. TUYUSH - idrok turlaridan biri bo‘lib, bu tana va muskul harakat sezgilaridan iboratdir. PERTSEPTIV HARAKATLAR - idrok jarayonining asosiy tuzilish birligi bo‘lib, bu idrok ob’ektlarini bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirishdan iboratdir. PERTSEPTIV TIZIM - idrokning muayyan aktini ta’minlovchi analizatorlar yig‘indisidir. IDROKNING PREDMETLIGI - tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni, axborotlarni ichki olam ob’ektiga kiritish xususiyati. IDROKNING BUTUNLIGI - shaxs xususiyatlaridan bo‘lib, bu sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan ob’ektlarni ularning belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo‘shib idrok qilishdan iboratdir. TOPSHIRIQLAR Illuziya turlariga ta’rif bering va qaysi shakl qaysi illuziya turiga mos kelishini belgilang. Ob’ektiv illyuziya - Sub’ektiv illyuziya – Nuqtalar o‘rniga mos raqamlarni qo‘ying. Nerv markazlaridagi nerv hujayralari qo‘zg‘algan vaqtda .............
MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI 1. Idrok: a) jismlarning ahamiyatli xossa va sifatlarini yig‘indi holatida aks ettirish; b) moddiy olam jismlarini aks ettirishda paydo bo‘ladigan sezgilar yig‘indisi; v) jism va hodisalarni ularning mos retseptorlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish; g) voqelikning bilan inson o‘tmish tajribasi o‘rtasidagi munosabatning bog‘liqligi. 2. Idrokning fazoviy, vaqt, harakat idroklariga tasniflanishining asosiy mezoni: a) yetakchi analizator;
3. Idrokning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo‘linishiga asos bo‘lib xizmat qiladi: a) yetakchi analizator;
a) insayt; b) pertseptsiya; v) appertseptsiya; g) sensibellik. Glossariy Idrok-deb sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi. Kuzatuvchanlik -Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Appertseptsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Idrokning konstantligi -deganda biz idrok qilishdan ongimizda hosil bo‘lgan obrazning real voqelikdagi bizga ta’sir etib turgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos bo‘lishini tushunamiz. Illyuziya – bizga ta’sir qilayotgan narsalarni yanglish idrok qilish demakdir. Odatda ikki xil illyuziya farqlanadi: a) ob’ektiv illyuziya; b) sub’ektiv illyuziya. Ob’ektiv illyuziya – hamma odamlar uchun umumiy xarakterga ega bo‘lib, uni geometrik illyuziya deb ham yuritiladi. Ob’ektiv illyuziya biz idrok qilayotgan narsalarning o‘zaro bir-biriga ta’siri tufayli yuz beradi. Illyuziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko‘rinadi. Sub’ektiv illyuziyalar odamning ayni chog‘dagi hissiy holati bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro‘y beradigan o‘zgarishlar idrok jarayoniga ta’sir qiladi. Gallyutsinatsiya -voqelikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlarga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatalogik (ruhiy xastalik) hodisasiga aytiladi. Akkomadatsiya- ko‘z gavharlarining va umuman ko‘zning narsalarni eng yaxshi ko‘rish uchun moslashuvini deyiladi. Konvergentsiya – biror narsaga qaraganda ikkala ko‘z soqqasining qanshar tomon bab-barobar burilishidir. Adabiyotlar 19.B.M.Teplov.Psixologiya. SH.Boyburova tahriri ostida.-Toshkent: Karimova V.M. «Psixologiya» T.Shark 2002y. Goziеv G’. «Umumiy psixologiya» I-II tom.Toshkеnt-2002y. Pеtrovskiy A.V. «Umumiy psixologiya» «O’qituvchi». 1992y. Psixologiya V.Karimova. Toshkеnt,2002y 6 M.E.Zufarova(P.I.Ivanov) Umumiy psixologiya 2008y. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. T-2008y. Download 118.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling