Федчун Пётр Васильевич


Download 439.5 Kb.
bet1/11
Sana12.03.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1262695
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Қаттиқ дори шакллари ва уларга рецепт ёзиш қоидалари

TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI

  • Mavzu: Qattiq dori shakllari va ularga retsept yozish qoidalari.
  • Mashg‘ulot mazmuni: Qattiq dori shakllarining turlari haqida tushuncha; sochmalar va sochmalar uchun konstituenslar xaqida tushuncha; tabletka, draje, granula xaqida tushuncha; qattiq dori shakllariga retseptlar yozish
  • QATTIQ DORI SHAKLLARI
  • FORMAE MEDICAMENTORUM DURAE
  • Qattiq dori shakllariga quyidagilar kiradi: kukunlar (turli o’lchamli kukunlar); granulalar; tabletkalar (turlari – glossetlar, solvellalar, plastinkalar); drajeler; hapdorilar (pilyulalar); yig’malar; kapsulalar (navlari – kacheta, pelletlar, spansulalar); karamel; pastillar; gubkalar; qalamlar; plyonkalar va boshqalar.
  • Qattiq dori shakllari dispersion muhitga ega emas. Ulardan foydalanish va saqlash juda qulay.
  • Qattiq dori shakllari quyidagi afzalliklarga ega:
  • - Bemor tomonidan qo’llash qulay;
  • - tayyorlash oson;
  • - tashish va saqlash qulay;
  • - tarkibi universal;
  • - fizik barqaror;
  • - mikroorganizmlar bilan kontaminatsiyaga nisbatan yuqori barqaror;
  • - turli o’ramlarda qadoqlash oson;
  • - identifikatsiyalash oson.
  • Qattiq dori shakllarining kamchiliklari:
  • - terapevtik ta’sir sekin yuzaga chiqadi;
  • - peroral preparatlar me’da-ichak yo’llarining shilliq qavatini qitiqlashi mumkin;
  • - qabul qilish rejimiga qat’iy rioya qilish zarur.
  • KUKUNLAR (Pulveres)
  • Kukun - (poroshok, bosh kelishik birlik sonda - Pulvis, qaratqich kelishik birlik sonda - Pulveris) sochiluvchanlik xossasiga ega bo’lgan, sirtga ishlatish yoki ichish uchun buyuriladigan qattiq dori shakli.
  • Kukunlar dozalarga taqsimlangan (Pulveres divisi) va taqsimlanmagan (Pulveres indivisi), shuningdek ofisinal va magistral bo’ladi.
  • Kukunlar tarkibiga ko’ra ikki xil bo’ladi.
  • 1. Oddiy kukunlar – Pulveres simplices – tarkibi bitta dori moddasidan iborat.
  • 64 | 88
  • 2. Murakkab kukunlar – Pulveres compositi – tarkibi ikkita va undan ortiq dori moddadan iborat.
  • Kukunlar maydalanish darajasiga ko’ra uchga bo’linadi:
  • - yirik (Pulveres grossi),
  • - mayda (Pulveres subtiles), va
  • - juda mayda kukunlar (Pulveres subtilissimi).
  • Kukun shaklida har xil sun’iy moddalar, mikroorganizmlar mahsulotlari, o‘simlik va hayvonlardan olingan birikmalar qo‘llanilishi mumkin.
  • Ammo, gigroskopik (kalsiy xlorid, natriy bromid, kaliy asetat va boshqalar), bir-biri bilan aralashganda suyuq yoki nam massa hosil qiladigan (antipirin va xinin kabi), oson parchalanuvchi (kumish nitratning organik moddalar bilan aralashmasi) yoki portlovchi moddalarni kukun shaklida qo‘llash mumkin emas.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling