Sirtga ishlatiladigan kukunlar – juda maydalangan ko‘rinishda bo’lib, dozalarga taqsimlanmagan holda 5,0 dan 100,0 gacha miqdorda, asosan kuchli ta’sirga ega bolmagan va aniq dozalash talab qilinmaydigan kukunlar uchun yozib beriladi. Reseptda Rp.: dan keyin qaratqich kelishigi bosh harfda dori moddasining nomi, maydalanganlik darajasi va umumiy miqdori yoziladi, ikkinchi satrda D.S. ko’rsatiladi. Agar kukun murakkab bo‘lsa, M.f. pulvis – “aralashtir kukun hosil bo’lsin”, so’ngra D.S. yozilib, unda ishlatilishi ko‘rsatiladi. Reseptda dori shakli ko’rsatilmaydi. 1. Oddiy kukunlar yozishga misol: Streptosidning juda mayda kukunidan jarohat yuzasiga sepish uchun 20,0 yozib berilsin. Rp.: Pulveris Streptocidi subtilissimi 20,0 D.S. Jarohat yuzasiga sepish uchun. 2. Murakkab kukunlar yozishga misol: Tarkibida 250000 TB bo‘lgan benzilpenisillinning natriyli tuzi va 5,0 etazol saqlagan kukun burunga purkash uchun yozib berilsin. Rp.: Benzylpenicillini-natrii 250 000 TB Aethazoli 5,0 M.f. pulvis D.S. Burunga purkash uchun. - Ichish uchun beriladigan kukunlar – reseptlarda dozalarga taqsimlanmagan va dozalarga taqsimlangan ko‘rinishda yozib beriladi. Ichish uchun dozalarga taqsimlanmagan shaklda, aniq doza ahamiyatga ega bo‘lmagan yoki terapevtik dozasi katta bo‘lgan moddalar yozib berilishi mumkin.
- 1. Oddiy taqsimlanmagan kukunlar yozishga misol: 30,0 magniy oksidi kukuni uchun resept yozing. 1/4 choy qoshig‘idan kuniga 2 mahal ichish buyurilsin.
- Rp.: Pulveris Magnesii oxydi 30,0
- D.S. 1/4 choy qoshig‘ida kuniga 2 mahal ichilsin.
- 2. Murakkab, taqsimlanmagan kukunlar yozishga misol:
- 40,0 magniy oksidi va 10,0 choy sodasidan iborat kukun yozing. 1/3 choy qoshig‘ida kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |