Федчун Пётр Васильевич


Download 439.5 Kb.
bet4/11
Sana12.03.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1262695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Қаттиқ дори шакллари ва уларга рецепт ёзиш қоидалари

D.t.d.N. 12
  • S. 1 ta kukundan ichish uchun.
  • Tarkibida uchuvchan yoki hidli moddalar bo‘lsa, yoki ular gigroskopik bo‘lsa kukunlar mumlangan (charta cerata) yoki parafinlangan (charta paraffinata) qog‘ozga o‘ralgan holda beriladi. Bu haqda reseptda kerakli ko‘rsatma yoziladi.
    • GRANULALAR
    • GRANULA
    • (bosh kelishik birlik sonda – Granulum, qaratqich kelishik birlik sonda – Granuli, qaratqich kelishik ko‘plik sonda – Granulorum).
    • Granula qattiq dori moddaning bir xildagi dumaloq, silindrsimon yoki oval shaklidagi mayda zarrachalari (bo’lakchalar yoki donachalar) ko’rinishidagi, ichish uchum mo’ljallangan qattiq dori shaklidir. Granulalar ofisinaldir, o‘lchami 0,2 mm dan 0,3 mm gacha bo‘ladi. Granulalar bir xil rangda bo‘lib, 15 daqiqa mobaynida parchalanishlari kerak. Yordamchi moddalar sifatida shakar, choy sodasi, kraxmal, glyukoza, talk va boshqalar 68 | 88
    • qo’llaniladi. Reseptda yordamchi moddalar ko’rsatilmaydi. Odatda, yoqimsiz hid beradigan, ta’mi yoqimsiz va mahalliy qitiqlovchi xossaga ega bo‘lgan dori moddalari granulalarda chiqariladi. Granulalar odatda choy qoshiqlar bilan ichish uchun tavsiya etiladi. Granulalar past gigroskopiklik xossasi va dozalash uchun qulay sochiluvchanligi bilan kukunlardan ustun turadi.
    • Oddiy tarkibli granulalar – bitta dori moddasi saqlaydi. Rp.: belgisidan so’ngra qaratqich kelishigi ko’plik sonda, katta harflarda dori shaklining nomi (Granulorum), so’ngra qaratqich kelishigida katta harflar bilan dori moddasining nomi va uning miqdori grammlarda ko’rsatiladi. Ikkinchi satr Da.Signa. bilan boshlanadi va signatura yoziladi.
    • Misol. Natriy paraaminosalisilatning granulasidan 100,0 yozilsin. 1 choy qoshiqdan ovqatdan so‘ng ichish buyurilsin.
    • Rp.: Granulorum Natrii paraaminosalicylatis 100,0
    • D.S. Ovqatdan keyin 1 choy qoshiqdan ichilsin.
    • Tijoriy nomli murakkab tarkibli granulalar tarkibida bir necha dori moddasi saqlaydi va ularni birma-bir sanab chiqmaslik uchun tijoriy nomi qo’llaniladi. Reseptda yozilganda dori vositasining nomi qo’shtirnoq ichida katta harflar bilan bosh kelishikda yoziladi, so’ngra miqdori grammlarda ko’rsatiladi. Agar doza alohida paketlarga joylangan bo’lsa faqat ularning soni ko’rsatiladi (numero …). Ikkinchi satr Da.Signa. bilan boshlanadi va signatura yoziladi.

    • Download 439.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling