Qattiq dori turlari: kukunlar
Download 15.54 Kb.
|
mmm
Reja: • Qattiq dori turlari: kukunlar • Kukunlar tayyorlashning alohida hollari: to’zg’uvchi, qiyin maydalanuvchi, bo’yo’vchi va ekstraktlar bilan kukunlar tayyorlash Kukunlar Qattiq dori turi hisoblanib, yuqori maydalanganlik darajasiga ega bo’ladi. Shu sababli kukunlar qattiq dori turlari ichida eng yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Kukunlarning tayyorlanish texnologiyasi • Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. • Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘la bo‘lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo‘lish-bo‘lmasligi dori tarkibi, uning qo‘llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. • Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu xususiyatlariga qarab tanlanadi. Kukunlar Kukunlar tayyorlashning xususiy texnologiyasi Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash • Qiyin maydalanadigan moddalarga yod, kamfora, mentol, timol, fenilsalitsilat, benzonaftol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid va boshqalar kiradi. • Bularni maydalash uchun uchuvchan erituvchilar ishlatiladi. Erituvchilar sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi. Rp.: Camphorae 0,1 Rp.: Camphorae 0,1 Sacchari 0,2 Misce fiat pulvis Da tales doses N 6 Signa.Bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Kamfora 0,6 g 0,1*6=0,6 g qand poroshogi 1,2 g 0,2*6 =1,2 mumumiy =0,6q1,2=1,8 g m (1 ta poroshokning og’irligi) = 1,8∕6=0,3 g Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukuni solinib maydalanadi va u kapsulaga olib quyiladi. So‘ngra hovonchada 0,6g kamfora bir necha tomchi etil spirti bilan birga maydalanadi, maydalash, to erituvchi uchib ketgunga qadar davom ettiriladi. Keyin unga oz-ozdan kapsuladagi olib qo‘yilgan qand kukuni qo‘shib aralashtiriladi, toki bir xil poroshok hosil bo‘lguncha. Tayyor poroshok 6 ta pergament qog‘ozga 0,3g dan qadoqlanadi. So‘ngra kogoz xaltachaga joylashtirilib, yorlig‘i yopishtiriladi. Kukunlar tayyorlashning xususiy texnologiyasi • Agar murakkab poroshoklar tarkibiga to‘zg‘uvchi moddalar kirsa (magniy oksid, talk, kaolin va boshqalar), bunday poroshoklarni tayyorlashda to‘zg‘uvchi moddalar eng oxirida qo‘shiladi va uzoq aralashtirilmaydi. Chunki poroshoklarni yuqotish miqdori me'yoridan ortiq bo‘lib qolish ehtimoli mavjuddir. To‘zg‘uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Dori modda nomi Sochilma zichliik, g/sм3 Magniy oksid 0,2210 Kalciy karbonat 0,28 Magniy karbonat 0,12 Aerosil
Kraxmal
Talk
Titan oksid
Ba’zi moddalarning solishtirma zichliklari Rp.: Magnii oxydi Rp.: Magnii oxydi Vismuthi subnitratis ana 0,15 Misce fiat pulvis Da tales doses N10 Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Magniy oksid 1,5 g 0,15*10=1,5 g Vismut subnitrat 1,5 g 0,15*10=1,5 g mumumiy =1,5q1,5=3,0 m (1 ta poroshokning og‘irligi) =3∕10=0,3 g Tayyorlanishi: hovonchaga 1,5 g vismut nitrat asosidan solib, yaxshilab maydalanadi. Keyin uning ustiga 1,5 g magniy oksidi 2—3 bo‘lakka bo‘lib solinadi va bir xil poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 10 ta oddiy kogozga 0,3 g dan qadoqlanadi. So‘ngra qog‘oz xaltachaga solinib va unga tegishli yorliq yopishtiriladi. Kukunlar tayyorlashning xususiy texnologiyasi Bo’yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash • Agar murakkab poroshoklar tarkibiga buyovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen kuki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi. • Dori moddalarni bo‘yovchi xususiyatga ega bo‘lishi va kam miqdorda yozilganligi uchun, havoncha va dastani ifloslanishi oldini olish maqsadga muvofiqdir. • Tayyorlash vaqtida rangli moddalar rangsiz moddalar o’rtasiga solib tayyorlanadi. Rp.: Riboflavini 0,01 Rp.: Riboflavini 0,01 Sacchari 0,2 Misce fiat pulvis Da tales doses N6 Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Riboflavin 0,06 g 0,01*6=0,06g qand poroshogi 1,2g 0,2*6 =1,2 mumumiy =0,06q1,2=1,26g m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,26∕6=0,21 g Bu retseptni 2 xil tayyorlanishi mumkin: 1- usul rangli moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. Tayyorlanishi: hovonchaga 1,2 g qand kukunini solib maydalanadi. Maydalangan qandning 1 qismini xavonchada qoldirib, uning ustiga 0,6 g riboflavin solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va olib qo‘yilgan rangsiz modda qanddan oz ozdan solib, aralashtirish davom ettiriladi. Bir xil rangli aralashma hosil bo‘lgandan so‘ng, tayyor poroshokni 0,21 g dan 6 ta mumli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi. 2- usul bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Tayyorlanishi: havonchaga rangsiz moddaning qolgan qismi solinib, asta sekin bir xil rangli massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Kukunlar tayyorlashning xususiy texnologiyasi • Ekstraktlar (Extractum) deb, o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi. Ekstraktlar bilan kukunlar tayyorlash Ekstraktlar konsistentsiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi: Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1) uta qovushqoq, idishdan tukilmaydigan asalsimon chuziluvchan massa bo‘lib, 25% gacha namlik saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi. Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2), quruq poroshok holida bo‘lib, 5% gacha namlik saqlaydi. Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) kontsentrlangan ajratmalar bo‘lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi. Agarda retseptda ekstrakt turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF XI nashriga asosan quyuq ekstrakt olinadi Download 15.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling