1-mavzu. Organik bog‘lovchi materiallar Reja
Download 6,55 Mb.
|
1-маъруза (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
1-mavzu. Organik bog‘lovchi materiallar Reja:
Tayanch so‘z va iboralar: Bitum, qatron, qovushqoq, va yumshash xarorati, bitum markalari, neft, toshko‘mir, torf, yog‘och, tabiiy, neftli, slanesli, moy, smola, asfaltenlar, realogik, adgeziya, neft, fraksiyalash, krekinglash, fenolmakromolekulyar, misellyar, vakuumli xaydash, qoldiqlarni oksidlash, kompaundir, distillyat. Bitumli va qatronli bog‘lovchilar organik bog‘lovchi materiallar guruhidan iborat bo‘lib, yuqori molekulyar uglevodorodlardan va ularning nometall hosilalaridan tashkil topgan. Ko‘rib o‘tilayotgan bog‘lovchilar isitganda yumshaydi (suyuqlanadi) va sovitganda o‘zining boshlang‘ich qovushqoqligini tiklaydi. Qurilishda tabiiy organik bog‘lovchi materiallar qadimdan ishlatila boshlangan qadimgi Misr va Bobildagi turli inshootlardan tabiiy bitumlarishlatilgan. Ular minora, don omborlari va boshqa binolar qurishda toshlarni biriktirish uchun qo‘llanilgan. Keyinchalik ohak paydo bo‘lishi bilanorganik bog‘lovchilar ishlatilishi kamaygan. O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlaborganik bog‘lovchilar yo‘l qoplamlarida ishlatila boshlandi. XX asrda neft qazibolish va undan neft bitumlari olish keskin ortishi tufayli organik bog‘lovchilar vaular asosida olinadigan materiallar turlari ancha kengaydi. Xozirgi vaqtda bitumli va qatronli bog‘lovchilardan qurilishda asfaltobeton,tom va suvdan himoyalash materiallari, suvdan himoyalash mastikalar tayyorlashda kengfoydalaniladi. Bitumlar quyidagi turlarga ajratiladi: yo‘l bitumlari — 64%, qurilish bitumlari - 24%, tombob bitumlarii - 11%, maxsus bitumlar - 1%. Shunday qilib, organik bog‘lovchilar (bitumlar) yo‘l qurilishida qo‘llaniladigan eng ko‘p tarqalgan boglovchilar turi hisoblanadi. Organik boglovchilarni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo bo‘lib, organik turdagi maxsulotlar: neft, toshko‘mir, torf va yog‘och hisoblanadi. Bunday xom ashyolarga fizika - kimyoviy ishlov berishda (fraksion) qimmatbaxo maxsulotlar bilan bir qatorda smolasimon qoldiqlar olinadi. Bunday qoldiqlarga qo‘shimcha ishlov berish natijasida organik moddalar olinadi. Organik bog‘lovchilarga qo‘yiladigan asosiy talablar shundan iboratki, ular: mustahkam, suvga chidamli pardani hosil qilib, toshli materiallar bilan yengil birlashishi lozim; materiallar bilan birlashgan vaqtda uni yaxshi o‘rab olishga imkon beradigan qovushqoqlikka ega bo‘lishi kerak, ish vaqtida esa mineral zarrachalarni mustahkam monolit bog‘lashga; stabil bo‘lishga, ya’ni qoplamalardagi xizmati jarayonida o‘z xususiyatlarini yo‘qotmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi, xom ashyo turi va hosil qilish texnologiyasiga bog‘liq ravishda organik bog‘lovchi moddalarning quyidagi klassifikatsiyasi qabul qilingan: Bitumlar (tabiiy, neftli, slanesli) - bitumlar - qurilishda, asosan, yo‘l qurilishida bog‘lovchi yoki gidroizolyasiya materiali sifatida qo‘llaniladigan, suyuq, qovushqoq yoki qattiq, suvda erimaydigan materiallardir. Ular tarang-qovushqoq-plastik yoki qovushqoq-oquvchan xususiyatlarga ega. Download 6,55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling