1-mavzu. Organik bog‘lovchi materiallar Reja


Download 6.55 Mb.
bet2/5
Sana20.11.2023
Hajmi6.55 Mb.
#1788768
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза (1)

Qatronlar (toshko‘mirli, torfli va yogochli) - xushboy xidli uglevodorodlar aralashmasi va ularning kislorodli, azotli va oltingugurtli hosilalaridan tuzilgan moddalardir.
Neft bitumlari - neft va uning mahsulotlaridan olinadigan maxsulot; slanesli bitumlar - yonuvchi slaneslarni xaydashdan hosil bo‘lgan mahsulot; toshko‘mirli qatronlar – toshko‘mirlarni(xom smolalar) quruq xaydashdan olinadigan maxsulotlar; torfli qatronlar - torfni quruq xaydashdan olingan maxsulot; yog‘och qatronlar - yog‘ochni quruq xaydashdan olingan maxsulot.
qattiq bitumlar va qatronlar, ular 20-25 gradus ºS da qovushqoq- elastiklik xususiyatlarga ega. 120-180 gradus ºS da ular harakatchanlikka ega bo‘ladilar;
qovushqoq bitumlar va qatronlar, ular 20-25 gradus ºS da qovushqoqlik va elastiklik xususiyatiga ega. 120-180 gradus ºSda ular harakatchanlikka ega bo‘ladilar;
suyuq bitumlar va qatronlar 20 - 25 gradus ºS da oquvchi hisoblanadi, ularniig tarkibida uchuvchi quyi molekulali uglevodorodlar mavjud. Ular 15 dan 120 gradus ºS gacha bo‘lgan temperaturada qo‘llaniladi.
bitum emulsiyalar va suzpenziyalar - ularning barqarorligini ta’minlaydigan emulgator qo‘shilgan suv muxitida disperslangan bog‘lovchi materialdan (bitum yoki qatrondan) tarkib topgan dispers tizimlardir.
Organik bog‘lovchilar har xil tarkibdagi uglevodorodlar va ularning nometall hosilalari birikmalari tizimi ko‘rinishida bo‘ladi.

23-rasm. Organik bog‘lovchi birikmalari


Odatda bitumdan quyidagi uglevodorodlar guruhlari ajratiladi: moylar, smolalar(nordon va neytrallar) asfaltenlar, kamdan kam xolatlarda asfaltenli kislotalar va ularning angidridlari, karbenlar va karboidlar hamda parafinlar.


Bitumning taxminiy guruh tarkibi:
Moylar 40-60 % karbenlar vakarboidlar 1-3 %
Smolalar 20-40 % asfaltenli kislotalar va ularning
Angidridlari 1 %
asfaltenlar 10-25 %


toshko‘mirli yo‘l satronlari taxminiy guruh tarkibi:
qatron moylari 60-80 %
qovushqoq-plastik smolalar 10-15% naftalin7% :
qattiq smolalar 5-10% atrasen 10%
erkin uglerod 2-25% fenollar5%
Neft kimyoviy tarkibi bo‘yicha asfaltenlar, smola, aromatik, naftenli va parafinli uglevodorodlarni birikmalardan iborat. Ko‘rinishi va xossasi neftni tarkibiga bog‘liq.
Neft truboprovodlar orqali NPZga keladi va u yerda qayta ishlanadi.
Rektifikasionnaya kolonna 30m diametri 3-4m. Kolonna ichida bir qancha gorizontal tarelka mavjud yuqori tarelkadan benzin fraksiyasi, 120ºS keyingisidan – reaktiv yonilg‘i, o‘rtasidan – kerosinli (120-240 ºS), dizil yonilgi 240-380 ºS.
Kolonnani eng pastki qismida quyuq og‘ir qoldiq yog‘iladi – gudron NPZda bitum ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo gudron bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab yo‘l qovushqoq bitumlar qoldiqli, achitqi va kimpaundirlangan bo‘ladi.
Masla (moylar) – yuqori molekulyar uglevodorodlarning murakkab aralashmasi och- sariq rangli modda, zichligi 1000kg/m3 dan past.
Masla tarkibila 85-88 uglerod, 10-14 vodorod va 4% sera kam miqdorda kislorod va azot. Masla bog‘lovchiga xarakatchanlik, oquvchanlik, bug‘lanishni oshiradi va yumshash xaroratini pasaytiradi.
Smolalar – to‘q jigarrang rangli modda bo‘lib kimyoviy tarkibi bunga ular yuqori molekulyar birikmalarga kiradi. Smola tarkibda uglerod 80-87 vodorod 18-10, kislorod 1-10 va sera 1-10% tashkil qiladi. Smolalarda kmslorodli, oltingugurtli va azotli birikmalar mavjud. Bu birikmalar aktivlaga tufayli mineral materialga yaxshi yopishadi va suvga bardosh plenka hosil qiladi. Smola bog‘lovchiga cho‘zuvchanlik va elastiklikni beradi.
Asfaltenlar – qattiq erimaydigan birikmalar zichligi 1000 kg/m3 yuqori. Asfaltenlar benzolda eriydi va bog‘lovchining asosiy qismini tashkil qiladi ular bitumning struktura tuzilish jarayoniga ta’sir qiladi. Asfaltenlar xaroratga bardoshlilikga, qovushqoqlikga, mo‘rtlikga bog‘lovchiga beradi.
Realogik xususiyatlar. Organik bog‘lovchilar uchun ularning yo‘l qoplamalaridagi ishlashida tasniflarini ko‘rsatuvchi bosh ko‘rsatkichlar qovushqoqlik, elastiklik, mustahkamlik hisoblanadi. Temperaturaga bog‘liq ravishda organik bog‘lovchilar o‘zlarining mexanik xususiyatlarini (mustahkamlik) keng diapazonda o‘zgartirishadi: suyuqsimondan (30 dan - 100 gradus ºS temperaturagacha) qattiq - elastik xolatgacha (0 dan 20 gradusºS temperaturagacha). Qattiq materiallarning mexanik xususiyatlarini tasniflash uchun kuchlanish ostida paydo bo‘ladigan nisbiy deformatsiya tushunchasi kiritiladi.
Bitumning qovushqoqligini xarakterlash uchunshartli ko‘rsatkichlardan foydalaniladi — 100grammmassali yuk bilan 5 sekund davomida 25 gradus va 0 graduslarda 60 sekund davomida standart ignaning kirish chuqurligi(penetratsiya) aniklanadi.
Suyuq bitumlar va qatronlarning qovushqoqligi standart viskozimetrlar bilan kalibrlangan teshiklardan o‘tishdagi qovushqoqlikning vaqti bo‘yicha aniqlanadi.
Bitumlarning cho‘ziluvchanligi duktilometr asbobi yordamida "sakkizsimon" shaklidagi namunaning bo‘ynini cho‘zilishi orqali aniqlanadi.

Download 6.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling