1-mavzu. Organik bog‘lovchi materiallar Reja
Download 6.55 Mb.
|
1-маъруза (1)
Qattiq, uglekisliylar va erimaydigan moddalar (organik erituvchilarda erimaydiganlar) erkin uglerod deb ataladi. Bu moddalar, tarkibida ancha uglerod bo‘lgan va katta molekulyar massagaega murakkab organik birikmalardan tarkib topgan. Bu moddalar guruhiga smola tayyorlanayotgan vaqtda, mexanik ravishda unga tushgan ko‘mir zarrachalari ham kiradi.
Yopishqoq plastikli eriydigan qatronli smolalar - ular benzol va xloroformda eriydi. Ular ham murakkab yuqori molekulali kislorodli organik birikmalardan tarkib topgan va neftli smolalarga o‘xshashdir. Suyuqqatronli moylar - qatronning boshqa komponentlariga qaraganda, ancha oddiy kimyoviy tuzilishdagi suyuq uglevodorodlar ko‘rinishida bo‘ladi. Xom toshko‘mirli smolalarni olish va ularni qatronga qayta ishlash. Toshko‘mirga pirogenetik ishlov berishda ikkita asosiy jarayon qo‘llaniladi: 500 - 600 gradus ºS da o‘tadigan yarimkokslash1000 - 1300 gradus ºS da o‘tadigan kokslash. 300 gradus ºS gacha u suvni yo‘qotadi va qisman parchalanadi, uglevodorod gazlari va SO2 ni chiqaradi.300 - 600 gradus ºS temperaturada uglevodorodlarni yonbosh zanjirlarining uzib olinishi sodir bo‘ladi, natijada uchuvchi moddalar va qattiq yarimkoks hosil bo‘ladi. Ancha yuqori tepmperaturada (600 gradus ºS dan yuqori) yarim koksning parchalanishi sodir bo‘ladi, bunda uchuvchi moddalar ajralib chiqadi va koks hosil bo‘ladi. Toshko‘mirli yo‘l qatronlarining xususiyatlari. Toshko‘mirli qatronlarning yopishqoqligi suyuq va qattiq fazalarning tuzilishi va miqdorli nisbatiga bog‘liq. Tarkibida erkin uglerodlar va qattiq smolalar oshgan sayin, moylar miqdori kamayadi va qatronlarning yopishqoqligi oshadi. Toshko‘mirli qatronlarning yopishqoqligi standart viskozimetrda 50 ml qatronni, 30 - 50 gradus ºSda diametri 5 yoki 10 mmli teshik orqali o‘tish vaqtining tugashi bilan aniklanadi. Yo‘l koplamalariga ishlov berish usullariga bog‘liq ravishda quyidagi qatron markalari ko‘llaniladi: D-1 - yo‘llarni changlansizlantirish va yo‘l qoplamalari va asoslariga sirtki ishlov berish uchun; D-1 va D-2 - gruntli-shag‘alli va shebenkali materiallarni yo‘lda sovuq xolatda aralashtirishda ishlov berish uchun ; D-3 va D-4 -gruntli-shag‘alli materiallarni aralashtirish qurilmalarida sovuq xolatda ishlov berish uchun; D-5 va D6 - sovuq qatronbeton va shebenkali aralashmalarni aralashtirish qurilmalarda tayyorlash va yo‘l qoplamalariga sirtqi ishlov berish uchun; D-6 - shebenkali yo‘l qoplamalarini chuqur shimdirish uchun; issik katron betonni tayyorlash uchun. Qatronlarni shahar sharoitida qo‘llash man qilingan. Neorganik bog‘lovchilar bilan gruntlarni mustahkamlashdagruntga syementning suvdagi qorishmasini (suspenziya) in’yektor orqali yuborishdan iborat. Gruntga yuborilgan qorishma sekin-asta qotib, grunt bilan birgalikda suvda yuvilib ketmaydigan va filtratsiya qobiliyati kamaygan qattiq zaminga aylanadi. sementlash o‘rtacha va yirik donli qumlar uchun qo‘llanilganda yaxshi samara beradi. sementlash, ayniqsa, siniq toshli gruntlar va yorilgan qoya massalarini qotirishda juda qo‘l keladi. sementlanuvchi gruntning suv shimuvchanlik qobiliyatiga qarab qorishma 1:10 dan 1:0,4 gacha nisbatda syement va suvdan tayyorlanadi. Bunday ko‘rsatkichlar in’yektor oralig‘i masofasini ham belgilaydi, amalda ular oralig‘i 1 m dan 3 m gacha bo‘ladi. Yo‘l poyiga talab qilingan mustahkamlik berish, grunt suvining rejimi va uning agressivlik darajasi va boshqa holatlarga qarab syementning sorti va markasi tanlanadi. Talab etilgan qorishmaning hajmi qotiriluvchi grunt hajmining taxminan 15 dan 40% gacha qismini tashkil etadi. Mustaxkamlangan gruntning qattiqligi oshadi va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati keskin kamayadi. Organik bog‘lovchilar bilan gruntlarnimustahkamlash. Gruntni bitum bilan qotirish texnologiyasi syementlash texnologiyasiga o‘xshashdir. Bitumlash asosan qoyalarning yoriqlarini to‘ldirish hamda qumli gruntlarni shibbalab suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yo‘qotish uchun ishlatiladi. Bitumlashda gruntga eritilgan bitum yoki suyuq bitum emulsiyasi yuboriladi. Birinchi usul faqat qoya jinslarining yoriqlarini to‘ldirish uchun ishlatilsa, ikkinchi usul qumli gruntlarga ishlatiladi. Issiq bitumlash uchun ishlatiladigan qurilma qozon, nasos, elektr toki bilan isitiluvchi truba va in’yektordan iborat. In’yektorlar 0,75—2m oralig‘ida burg‘ quduqqa tushiriladi. In’yektor tashqi (diametri 100 mm) va ichki (diametri 40 mm) trubalardan iborat. Ichki trubaga bitum yuborishga mo‘ljallanib, diametri 10—16 mm li teshikchalar qilingan bo‘ladi. Bitum 25—30 atm bosimida yuboriladi. Suyuq bitum emulsiyasi suvda emulsator yordamida maydalangan bitumdan iborat bo‘lib, 60% ni bitum, 40% ni suv tashkil qiladi. Suyuq bitum emulsiyasiyung o‘tish qobiliyati yaxshi bo‘lganligi uchun qumli gruntlarni qotirishda ishlatiladi. Bitum emulsiyasi bosim ostida yuboriladi, gruntning g‘ovaklarini to‘ldirib, zarrachalarini bog‘laydi va gruntning mustahkamligini oshiradi. Nazorat savollari: Qovushqoq, qattiq bitumlar tasnifi va ular qanday maqsadlarda foydalaniladi. Suyuq bitumlarhaqida umumiy tushunchalar bering. Suyuq bitumlarnixossalariga tushuntirish bering. Tabiiy bitumlar nima? Ular haqida umumiy tushunchalar keltiring. Toshko‘mir qatronini nima? Ular xaqida to‘liq ma’lumot bering. Toshko‘mir yo‘l qatronini xossalarini tushuntiring. Organik bog‘lovchi nima, uning xossalari va ishlatilish soxasi qanday? Organik bog‘lovchilarni tasnifini aytib bering. Organik bog‘lovchilarni asosiy fizik-mexanik xossalarini ta’riflab bering Xavo xaroratini o‘zgarishi organik bog‘lovchilarni sezuvchanligini ta’sirini tushuntiring. Bitumni taxminiy sinfiy tarkibi nima? Ular xaqida to‘liq ma’lumot bering. Neftni qayta ishlash usullarini yoritib bering. Neftli bitumlarni ishlab chiqarish usullarini tasnifini tushuntiring. Organik bog‘lovchilarni tarkibi, tuzulishini tushuntirib bering. Neftli bitumlarni olishda qanday usullar qo‘llaniladi. Misellyar va makromolekulyar nazariyasida qanday dispers strukturalar hosil bo‘lishi xaqida ma’lumot bering. Download 6.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling