1-mavzu. Organik bog‘lovchi materiallar Reja
Download 6.55 Mb.
|
1-маъруза (1)
Yumshatish temperaturasi "xalqa va shar" priborida aniqlanadi. Xalqa bitum bilan to‘ldiriladi, uning yuzasiga shariklar qo‘yiladi va isitilayotgan suv banyasida aniqlanadi.
Qovushqoq bitumning mo‘rtligi Fraas asbobida aniqlanadi. Bitumning yupqa qatlami latun plastinkaga suriladi va asta-sekin sovutiladi. Plastinkani egishda bitumda birinchi yoriqning paydo bo‘lishi vaqtidagi termometr ko‘rsatkichi sinuvchanlik temperaturasi hisoblanadi. Organik bog‘lovchilarni tosh materiallar (adgeziya) bilan yopishqoqligi bog‘lovchilarning fizik - kimyoviy xossalariga, ularning tarkibidagi faol funksional guruhlarga, sirtqi tortishga bogliq bo‘ladi.Bitumning tosh materiallarga yopishishini aniqlash uchun bir qator usullar mavjud bo‘lib, ular tosh materiallarining oldindan bitum bilan ishlov berilishiga, suvda qaynatish usuli bilan uni siqib chiqarishda bitum plenkasini ushlaydigan yoki mexanik silkitish va chayqash usullari dan iborat. Neft – suyuq yonuchan qazilma, tashqi ko‘rinishi bo‘yicha moyli, to‘q – jigarrang, kerosin xidiga ega bo‘lgan suyuqlik. Neft – bu murrakab, xar xil sinf uglevodorodlarining katta miqdorli doimiy bo‘lmagan tarkibiga ega aralashma xamda ularni kislorod, oltin gugurt, azot bilan birikmasidir. Neftning zichligi 800-1000 kg/m3 atrofida bo‘ladi. Neftning asosiy kimyoviy elementlari: uglerod 84-87% , vodorod 12-14% kislorod 2%, oltin gugurt 0.01-7%, azot 0.2% gacha bo‘ladi. Neftlar qazib olinadigan joylariga qarab xar xil tarkib va xossalariga ega bo‘ladi. Qayta ishlov berilganda asfaltosmolali moddalarni hosil qiluvchi, tarkibida naftenli, aromatli geterosiklli uglevodorodlar bo‘lgan yuqori smolali, kam parafinli neftlar, bitumlarni olish uchun eng yaroqlisi hisoblanadi. Neft tarkibiga bog‘liq ravishda ularga ishlov berishning 2 ta varianti mavjud: Yoqilg‘ili va moyli. a) Yoqilg‘ili variantda yengil tashkil etuvchilarga boy neft ishlatiladi, undan katta miqdori benzin, kerosin, lagroin olinadi. b) Moyli variantda moyli va smolali komponentlar mavjud bo‘lgan og‘ir neft ishlatiladi, bunda moyli maxsulotlarni olishga imkon beradi. Neftlarga qayta ishlov berish neftni qayta ishlash zavodlarida uning tarkibidan yoqilgi, moylash materiallarini ajratib olish va xalq xo‘jaligi uchun muhim bir qator boshqa maxsulotlar olinadi. 12-jadval
Neftni qayta ishlashining texnologik jarayoni 3 xil yonalishda amalga oshiriladi: 1. Fraksiyalash (distallyasiya) Neftni fraksion xaydashda asta qizdirishda uglevodorodlarning aloxida bir fraksiyalari bug‘lanadi. Bu jarayon qaynash t siga bo-liы, neftni aloxida fraksiyalarga ajratadi. 2. Krekinglash – neftni og‘ir qisimlari molekulalarini kimyoviy parchalash, buning natijasida ancha yengil uglevodorodlar hosil bo‘ladi. Qoldiqdan smolali moddalar olinadi. 3. Qayta ishlashni maxsus turlari – neftli maxsulotlarni olish maqsadida neftni aloxida (fraksiyalari)ga ishlov berishadi. Bu turda distallyatli moyli xom ashyoni fenol, furfurol aralashmasi bilan selektiv tozalanadi suyuq bitum olinadi, ularni qo‘shimcha maxsulot sifatida qo‘llaniladi ya’ni gidroni achitishda qo‘shib qovushqoq bitum olinadi. Neftni qayta ishlashda fraksiyalashdan, krekinglash va deasfaltizatsiya, neftni va neft maxsulotlarini smolasizlantirishdan smolali qoldiqlar olinadi: gudron, kreking – qoldiq, deasfaltizatsiya asfalti, selektiv tozalashning ekstraktlari va boshqa. Modda tarkibi, material strukturasi va uning fizika - mexanik xususiyatlari orasidagi funksional bog‘lanishni o‘rnatish, oldindan berilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallarni olish texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan strukturani shakllantirish jarayonini o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega. Yuqori molekulyar birikmalar va organik bog‘lovchi materiallarga qo‘llash uchun materiallar tuzilishining ikkita nazariyasi rivojlantirilgan: misellyar va makromolekulyar. Misellyar nazariya yuqori molekulyar birikmalar uchun ishlab chiqilganbo‘lib, u birikmani kristallit tizimi sifatida qaraydi. Har bitta misella uncha katta bo‘lmagan ma’lum sondagi molekuladan tuzilgan, ular o‘zaro assosiatsiya kuchlari bilan bitta kristallitga birikadi. Makromolekulyar nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Makromolekulalar turli xil tuzilishdagi zanjirlardan iborat bo‘lishi mumkin: chiziqli tarmoqlangan, to‘rsimon va fazoviy tuzilgan. Makromolekulalar to‘xtovsiz o‘zining xolati va konfiguratsiyasini o‘zgartiradi va buning oqibatidahar xilshakllarga ega bo‘ladi. Yuqori molekulyar birikmalarning xusisiyatlari molekulyar massa qiymatiga, shakliga va uning egiluvchanligiga, kimyoviy tuzilishiga va assosiatsiya kuchlarining miqdoriga bog‘liq. 2 4-rasm. Yuqori molekulali birikmani tuzilish sxemasi a- chiziqli; b- tarmoqlangan; v- to‘rsimon. Neft bitumlarini olishda quyidagi usullar qo‘llaniladi: nam neftni atmosfera — vakuumli xaydashda gudron deb ataladigan qoldiq, ya’ni yuqori smolali neftlarni qayta ishlashda qoldiq bitum olinadi; neftli qoldiqlarni oksidlash - gudronlar, kreking — qoldiqlarni havodagi kislorod bilan oksidlash, bunda oksidlangan bitumlar olinadi; kompaundirlangan (kompaund - moddalarning kimyoviy birikmalari aralashmasi) bitum — oksidlangan asosli asfalt qatronli komponentlarni ko‘p qaynaydigan xushbo‘y uglevodorodga boy bo‘lgan neft fraksiyasi bilan, xususan, tanlab tozalangan ekstraktlar bilan aralashtirishdan olingan neftli bitumlarniig xili. Yuqorida ko‘rsatilgan usullar va ularningaralashgai turlari ham mavjud. Download 6.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling