1-mavzu. Organik bog‘lovchi materiallar Reja


Download 6.55 Mb.
bet4/5
Sana20.11.2023
Hajmi6.55 Mb.
#1788768
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза (1)

Qoldiq bitumlarni ishlab chiqarish. Qoldiq bitumlar bir qator ijobiy xususkyatlarga ega, va ularni ishlab chiqarish ko‘p davlatlarda tarqalgan. MDX davlatlarida yuqori smolali neftlar kam va qoldiq bitumlarni ishlab chiqarish chegaralangan. Hozirgi vaqtda qoldiqli qovushqoq yo‘l bitumlarini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Ularga xom ashyo bo‘lib, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan mazutlar, gudronlar hamda boshqa smolali qoldiqlar xizmat qiladi.
Oksidlangan bitumlarni ishlab chiqarish. Oksidlash yo‘li bilan olingan bitumlar eng ko‘p tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Oksidlangan bitumlarni ishlab chiqarish jarayonida havodagi kislorod suv bug‘ini hosil qilayotib, xom-ashyo tarkibida bo‘lgan vodorod bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Vodorodning yo‘qotilishi natijasida polimerizatsiya va xom-ashyoni berilgan konsistensiyagacha quyuqlashishi kuzatiladi.
Oksidlanish - ekzotermik jarayondir. Oksidlangan bitumlar asosan, yengil fraksiyalarga boy neftdan foydalaniladi. Bunda davriy oksidlantirish yoki naychali “zmeyevik” da to‘xtovsiz oksidlantirish usuli qo‘llaniladi. Xom neft atmosferali - vakuumli quvurli qurilmada fraksion xaydaladi.
Oksidlanish jarayonida kislorod gudron va uning komponentlari bilan o‘zaro ta’sirlashadi - yuqori molekulali komponentlarni hosil qiladi. Oksidlanish temperaturasi 210 dan 250 gradus ºS gacha davom etadi. Xom ashyo, temperatura va bitumni talab etilayotgan markasiga bog‘liq ravishda oksidlanish 4-60 soat davomida amalga oshiriladi.
Bitumlarni aralash usuli bo‘yicha olish (kompaundirlash). Hozirgi vaqtda bu metod bilan katta mikdorda yo‘l bitumlari olinmoqda. Bitumlarni aralashtirish yoki kompaundlash — bu ularni neftni qayta ishlash zavodlari yoki is’temol qilish joylarida amalga oshiriladigan qayta ishlashning ikkilamchi jarayonidir.Bunday xolatda bitumni boshqa smolali qoldiqlarning mos keluvchi tarkiblari bilan aralashtirish yo‘li bilan ularning xususiyatlariga qo‘yilgan talablar darajasiga sezilarli yaxshilash mumkin. Masalan, moyli variantlar bo‘yicha ishlayotgan zavodlarda neft yoqilgi va moylash distillyatlari ajratiladigan atmosfera — vakuumli naychali qurilmaga tushadi, qoldiqda yumshatish temperaturasi 32-48 gradus ºS li gudron olinadi. Moyli distillyatlarni smolali moddalardan tozalash uchun erituvchilar (fenol) bilan ishlov beriladi. Tozalash natijasida moyli rafinatlar va qoldiq sifatida esa — distillyatli ekstrakt olinadi.
Neftli bitumlar yo‘l qoplamalari, gidroizolyasiyali, tom yopuvchi va boshqa ishlar uchun qo‘llaniladi.
Neftli qovushqoq yo‘l bitumlariavtomobil yo‘llari va aerodrom qoplamalarini qurishda bog‘lovchi material sifatida qo‘llaniladi. Ular oksidlangan va oksidlanmagan maxsulotlardan neftni to‘gri xaydash usuli yoki bu maxsulotlarni selektiv tozalash ekstraktlari bilan kompaundirlash yo‘li bilan tayyorlanadi.
Neftli qurilish bitumlari har xil qurilish ishlarini bajarish uchun qo‘llaniladi. Ularni olish va ularga bo‘lgan talablar yo‘l bitumlariga qo‘yilgan talablar kabi bir xildir. Neftli qurilish bitumlar quyidagi markalarda chiqariladi: BN 50/50, BN 70/30, BN 90/10; birinchi son (surat) yumshash temperaturasini, maxraj esa - ninani kirish chuqurligining o‘rtacha kiymatini ko‘rsatadi.
Neftli tom yopuvchi va shimdirilgan bitumlar yopish ishlarini ishlab chiqish uchun tayyorlanadi. Ular quyidagi markalarga bo‘linadi: BNK 45/80, BNK 90/40, BNK 90/30, bu yerda surat yumshash temperaturasining o‘rtacha qiymatiga maxraj esa - kirish chuqurligiga mos keladi.
Neftli izolyasiya bitumlari quvur o‘tkazgichlarni korroziyadan izolyasiya qilish uchun qullaniladi va uchta markaga bo‘linadi: BNI – 1V-3, BNI - IV, BNI- V.
Neftli maxsus bitumlar lak bo‘yoq, shina, elektrotexnika sanoatida qo‘llaniladi; B, V, G markalarga bo‘linadi.
Tabiiy bitum
Tarkibi va xossalari bunga tabiiy bitumlar neftli bitumlarga yaqin bo‘lib sof holda kam uchraydi. Ko‘proq jinslar bilan birikan bo‘ladi. Tabiiy bitumlar yengil fraksiya maxsulotlarni yo‘qolishi sekin- asta tabiiy achishi tufayli hosil bo‘lgan.
Ular joylashuviga qarab 3 xil bo‘ladi.
1. Qatlamli – bitumli izvestnyak, dolomitlar, peschanniklar.
2. Jilnыye – asfaltitli
3. Yuqoridagi – bitum yuqoriga ko‘tarilgan og‘ir yuqori molekulali neftlar tibbiy bitum hisoblanadi.
Qovushqoq tabiiy bitumlar sifati bo‘yicha neftli bitumdan yuqori bo‘lib ular ob-havo ta’siriga chidamli va yopishqoqligi tosh materiallar yaxshi bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Tabiiy bitumlarni asfaltli jinslardan ajratishda 10-15% tashkil etsa maqsadli bo‘ladi. Asfaltli jinslarni 6-8 mm zarachalarga maydalab, suvli qozonga solinadi va tuzli kislota qo‘shiladi. Qozon qorishtirgich bilan jixozlangan bo‘ladi suvni qozonlarda qaynatiladi, shunda bitum jinsdan ajratiladi v ko‘pik ko‘rinishida yuqoriga bitum so‘tariladi. ko‘tarilgan bitumni boshqa tindiruvchi qozonga o‘tkaziladiu yerda xar xil primeslardan va suvdan xalos qilinadi. So‘ngra havo yoki par bilan qovushqoqlik darajasiga keltiriladi.Tabiiy bitumlar asosan lak – bo‘yoq sanoatida qo‘llaniladi va asfaltli mastiki.
Suyuq bitum
Suyuq bitumlar bog‘lovchi sifatida yo‘l qoplamalarni qurishda ishlatiladi. Ular 60-100 ºS gacha qizdirilib ishlatiladi. Normativ xaroratda qovushqoqligi past bo‘lib qorishmani yaxshi ishlovlanmaydi. Suyuq bitumlar ma’lum muddat vaqtdan so‘ng, qovushqoqligini hosil qiladi, qovushqoq bitumlarga yaqin. Sababi ular tarkibidagi yengil moylar bo‘g‘lanib yo‘qoladi, oksidlanish va polimerizatsiya tufayli.
Strukturasini mujasamlashtirishi tezligi suyuq bitumlar 2 xil sinfga bo‘linadi:
SG – o‘rtacha quyuqlanuvchi
MG – sekin quyuqlanuvchi
Suyuq bitumlarni asosiy xossalari: Shartli qovushqoqligi qotishlanish tezligi (uchib ketadigan maxsulotlar xarakterlaydi), yumshash xarorati (uchib ketgan maxsulot)razjijatel) (razjijatel – suyuqlantiruvchi maxsulotlar) yopishqoqlikligi, alanga olishi.
Qovushqoqligi suyuq bitumlar 50 ml material diametri 3 mm bo‘lgan teshikchadan oqib o‘tgan vaqt bilan xarakterlanadi. Suyuq bitum markalari:
SG 25/40, 40/70, 70/130, 130/200;
MG 25/40, 40/70, 70/130, 130/200.
Suyuq bitum olish uchun qovushqoq bitumlarni kerosin, ligroin, mazut va moysimon neft maxsuloti bilan aralashtirish tavsiya etiladi (razjijatel).
Suyuq tayorlashda texnik xavfsizligiga mukamal rioya qilish kerak bo‘ladi. Xarorati 300ºS alangalanibketadi, suyuq bitumlarni qizdirishda pardan foydalanishadi.
Suyuq bitumlarni ishlatish, mineral materiallarning xususiyati, ishlash usuli va iqlim sharoitiga bog‘liq.MG – koplamani pastki qismida III –V zonada qo‘llaniladi. Tez mustahkamlab olish uchun qoplamada SG – suyuq bitum ishlatish tavsiya etiladi.
Qatronlar toshli va qo‘ng‘ir ko‘mirlarni pirogenetik, destruktiv ishlov berish jarayonida olinadi. Bunday ishlov berish natijasida xalq xo‘jaligi uchun bir qator qimmatli maxsulotlar, jumladan smolasimon moddalar - nam qatronlar olinadi. Ishlov berilayotgan xom ashyoning turiga bog‘liq ravishda toshko‘mirli, torfli va yog‘och qatronlar olinadi. Xozirgi vaqtda asosiy massa toshli va qo‘ngir ko‘mirlardan ishlab chiqariladi.
Tarkibi va strukturasi bo‘yicha toshko‘mirli qatronlar bitumlarga o‘xshash, ularga asosan aromat qatordagi uglevodorodlar va ularning kislorod, azot, oltingugurt va boshqa elementlar birikmalari kiradi. Toshko‘mirli qatronlarda quyidagi moddalarning guruhlari mavjud:

Download 6.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling