6-mavzu: ijtimoiylashuvning mikroomillari reja: Oila va oilaviy tarbiya. Hozirgi oila tiplari, oila demografiyasi
Oilaning ijtimoiylashtiruvchi funksiyalari
Download 51.5 Kb.
|
6-MAVZU IJTIMOIYLASHUVNING MIKROOMILLARI
3.Oilaning ijtimoiylashtiruvchi funksiyalari.
Oilaning asosiy funksiyasi aholini biologik ko‘paytirish yoki nasl qoldirish funksiyasi hisoblanadi. Bundan tashqari, quyidagi funksiyalar ham mavjud: tarbiyaviy - yosh avlodning ijtimoiylashuvi; xo‘jalik- maishiy - oilaning jismoniy holatini quvvatlash, bolalar va qariyalarga qarash; iqtisodiy - oila a’zolarini moddiy quvvatlash; ma’naviy - oilaning har bir a’zosini ma’naviy boyitish; ijtimoiy- maqomga doir - oila a’zolariga jamiyatda muayyan maqom berish; dam olish - bo‘sh vaqtni oqilona tashkil etish; emotsional - oilaning har bir a’zosini psixologik muhofaza qilish. Shaxsni ijtimoiy himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday davlatda bu oilani himoya qilish orqali amalga oshiriladi. Oila jamiyat bo‘g‘ini sifatida odamlarni birlashtiradi, avlodlarni tarbiyalash jarayonini, shaxsning mehnat faoliyatini tartibga soladi. Oila bolani jamiyatga olib kiradi. Chaqaloqlik va ilk bolalik davrlarida u hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu davrda mazkur rolni boshqa ijtimoiylashuv institutlari bajara olmaydi. Oilada bolalar sog‘lig‘i mustahkamlanadi, ularning qobiliyatlari rivojlantiriladi, ularni fuqaro sifatida tarbiyalash amalga oshiriladi, ularning taqdiri va kelajagi hal qilinadi. Ijtimoiylashuvning barcha bosqichlarida oilaning bilim darajasi insonning intellektual rivojlanishiga, ma’lumot olishni davom ettirishga intilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Inson ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirishida oila muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar er yoki xotinni tanlash va oiladagi munosabatlar xususiyati ota-ona oilasidagi muhit va o‘zaro munosabatlar bilan belgilanishini ko‘rsatadi. Bolalikda kattalar e’tiborsizligini boshdan kechirgan yoki bolalar muammolarini hal qila olmagan ota-ona ko‘pincha o‘z farzandi bilan ruhiy aloqa o‘rnatishga qodir bo‘lmaydi. Oilada insonning fundamental qadriyatlari va mo‘ljallari shakllanadi. Bu qadriyatlar va mo‘ljallar ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Ular insonning yashash uslubini, hayot rejalari va intilishlarini, ularga erishish usullarini belgilaydi. Oila Insonning ijtimoiy kamol topish jarayonida ulkan rol o‘ynaydi, zero uning ma’qullashi, qo‘llab-quvvatlashi yoki qoralashi insonga mushkul vaziyatlardan chiqish yo‘llarini topishga, o‘zgarayotgan hayot sharoitlariga moslashishga yordam yoki xalaqit beradi. Shunday qilib, har qanday oilada inson stixiyali ijtimoiylashuvdan o‘tadi. Bu jarayon xususiyati va natijalari oilaning konkret ko‘rsatkichlari, yashash uslubi va oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari bilan belgilanadi. Oilada bola mehnat qilishni o‘rganadi, kasb tanlaydi, mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘radi. Shaxsga oila ijtimoiy ta’sirining tahlili kishilarning 40% ga ularning hayotida oila, 30% ga - ommaviy axborot vositalari, 20% ga - maktab, 10% ga - ko‘cha ta’sir ko‘rsatganidan dalolat beradi. Oiladagi munosabatlarda ularning holati oila har bir a’zosining mijozi va tabiatiga bog‘liq bo‘lishini yodda tutish lozim. Oila normal bo‘lishi uchun unda ota va ona mavjudligining o‘zigina kifoya qilmaydi, ularning o‘zaro munosabatlari mehribonlik va hamjihatlik bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim. Bolalar bu munosabatlarni teran his qilishlari zarur. Bola otasini ham, onasini ham birdek qadrlaydi, agar ularning o‘rtasida janjal chiqsa, bola buni fojia sifatida qabul qiladi. U o‘z ota-onasida idealni ko‘radi va ularning bittasi yomon ekanligini tasavvur ham qila olmaydi. Ota-onaning befarqligi ularda yolg‘izlik hissini uyg‘otadi va bolalar o‘zlarini tushunishga qodir odamlarni chetdan izlay boshlaydilar. Hozirgi oila haqida to‘la tasavvur hosil qilish uchun oiladagi rollarni ham ko‘rib chiqish lozim. Oiladagi rol - insonning jamiyatdagi eng muhim rollaridan biri. Oiladagi rollar o‘zi nima? Bu er, xotin, ota, ona roli, o‘g‘il, qiz, opa, singil, aka, uka, buva, buvi rollaridir. Oilaning har bir a’zosi muayyan rolni bajarar ekan, oilaning qolgan a’zolari o‘zidan nima kutishini tasavvur qiladi. Bir rol turli xil talablarni o‘z ichiga olgan holda konfliktlar yuz beradi. Masalan, oilada ayol ham ona, ham xotin, ham beka, ham bolalarni tarbiyalovchi, keksa ota-onasiga qarovchi bo‘lgan va ayni vaqtda eri bilan tengma-teng oilani moddiy ta’minlagan holda. Ayol ijtimoiy yoki kasbiy sohada yuksakroq maqomga ega bo‘lgan taqdirda konflikt yanada kuchayadi. Inson nikohga kirishiga “ota bo‘lishni istayman”, “bola tarbiyalashni istayman”, “yonimda sodiq va ishonchli odam bo‘lishini istayman” kabi mayllar turtki beradi. Xotin o‘z yonida mehribon, vijdonli, halol erni ko‘rishni istaydi. Er o‘z xotini mehribon, g‘amxo‘r va chiroyli bo‘lishini istaydi. Nikohga kirayotganlarning aksariyati nikoh baxtli bo‘ladi deb hisoblaydi (yigitlarning 67% va qizlarning 73%). Ammo nikohga kirganlaridan so‘ng ularning ko‘pchiligi undan qoniqmaydilar. Bu har bir inson nikohga kirayotib qaysi andozadagi oilani qurganiga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotlar erkaklarning 85% ni oilaviy hayotga hech kim tayyorlamaganini, 15% ni esa uyda “oz-moz” tayyorlaganlarini ko‘rsatadi. Quyidagilar oiladagi konflikt (nizo)larning asosiy sabablari hisoblanadi: • er yoki xotin faqat o‘z ehtiyojlarini qondirishga intilishi; • oshiqcha moddiy ehtiyojlar; • er yoki xotin o‘ziga baland baho berishi; • bir-biri bilan, qarindoshlar bilan til topisha olmaslik; • er yoki xotin xo‘jalik yuritishni istamasligi; • mijozlardagi farq, er-xotin bu bilan hisoblashishni istamasligi. Konfliktlarning mazkur sabablari er-xotin oilada yaxshi tarbiya olmaganligi, oilaviy hayotga tayyorlanmaganligi natijasidir. Oiladagi munosabatlarni tartibga solishda ijtimoiy xodim yordam berishi mumkin. Statistika ma’lumotlari er-xotinning oilaviy hayotga psixologik va amaliy tayyor emasligi 42% ni tashkil etishini ko‘rsatadi. Ajrashgan er-xotinlarning ko‘pchiligi (28%) nikohni saqlab qolish kerak edi, deb hisoblaydilar. Erkaklarning 68% va ayollarning 28% yangi oila quradilar. Aksariyat erkaklar va ayollar ikki yil mobaynida yangi oila quradilar. Ajrashishda tashabbus ko‘pincha ayollardan chiqadi. Aksariyat hollarda eri bilan ajrashganidan so‘ng uning moddiy ahvoli yomonlashadi, bola tarbiyalash bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklar uning yelkasiga tushadi. Tadqiqotchilar oiladagi munosabatlarning quyidagi qoidalarini ta’riflaganlar: • o‘z qarashlari va mulohazalarini o‘tkazishga harakat qilmaslik; • bir-birini hurmat qilish; • biri boshqasini kamsitmaslik; • o‘z kayfiyatini boshqarish; • o‘z xatti-harakatlariga tanqidiy ko‘z bilan qarash. Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling