6-mavzu: ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari reja: Sohaga oid terminlarning turlari


Download 51.93 Kb.
bet3/5
Sana11.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1698851
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-amaliy mavzu

yerni qayta taqsimlashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bundaymaqsadga erishish, albatta, oson emas va u yer islohotiningprinsiðial masalalarini aniqlab olishni taqozoetadi.
Birinchidan, yer resurslariga egalik qilish, tasarruf etishva foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va asoslashlozim. Ayniqsa, yerdan foydalanuvchilarning manfaatlariva mas’uliyatlarini uyg‘unlashtirish, ularni amalga oshirishningsamarali mexanizmlarini topish va amaliyotga tatbiq
qilish muhim vazifa hisoblanadi.
Ikkinchidan, hozirgi vaqtda tub yer islohotini o‘tkazishuchun davlatning yerga bo‘lgan mutlaq mulkiy huquqita’minlangan holda yer resurslaridan foydalanish, egalik qilishva tasarruf etish bo‘yicha iqtisodiy vazifalarni kuchaytirishnihoyatda zarur bo‘lmoqda.«O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi» jurnalidan.
Mashq. Gaplarni ko‘chiring. Kasb-hunarga oid so‘zlarningvazifasini aniqlab, qavs ichida ko‘rsating.
1. Endigina tandirdan uzib olingan patir hidi insongaorom beradigan xushbo‘y hiddir. 2. Manovi yakka ot-aravadaularga suv ham, yonilg‘i ham, moy ham, yana boshqabalo-battarlarni yetkazib berishim kerak (Ch. Aytmatov).3. Binoning devorlariga ganj bilan ishlov berilgan, eshikva derazalari o‘ymakorlik gullari bilan bezatilgan. 4. Tekistaxtaga quruq bo‘r bilan yozsangiz, yozuvingiz aniq
ko‘rinadi. 5. O‘rikning turli navlari, qanday payvand qilish,naycha payvand, kurtak payvandlar to‘g‘risidaso‘rab-surishtirib, ancha narsalarni bilib oldim (S. Ahmad).6. Yozganlaringizni disketga ko‘chirgandan so‘ng,matnni kompyuter xotirasidan o‘chirishingiz mumkin.7. Avvalo shuki, kavush tikishga na charm bor, na sirach,na mix, na lok (G‘. G‘ulom).
Nutqda ishlatilish doirasi ma’lum kasb-hunarga ko‘rachegaralangan so‘zlar kasb-hunarga oid so‘zlar hisoblanadi.
Bunday so‘zlar qaysi hududda yashashidan qat’i nazar, bir xil kasb egalariga tushunarli bo‘ladi. Masalan,daska (kulollar xom idishlar ichini dasmollashda
suv quyib ishlatadigan sopol idish), jo‘sha (tog‘danolinadigan qizil kesak), volash (loyni ochib-yorib tozalash)kabi so‘zlar kulollargagina tushunarlidir.
Kasb-hunarga xos so‘zlarning asosiy qismini shusohaga oid atama (termin)lar tashkil etadi. Atamalarfan, texnika, madaniyat kabi sohalardagi aniq chegaralangantushunchalarni ifodalaydigan bir ma’noli so‘zva so‘z birikmalaridir. Atamalar qo‘shimcha ma’nojilolariga ega emas. Atamalarning ko‘pchiligi boshqatillardan o‘zlashgan so‘zlardan iborat. Masalan: advokat,
argon, dialog, debitor, grant, modul, metr, test, tormoz, marketingkabilar.

Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling