6-mavzu: investisiya
Bir davrli model va Ko‘p davrli model
Download 65.47 Kb.
|
6-mavzu. INVESTISIYA
6.2. Bir davrli model va Ko‘p davrli model
Iqtisodiyot rivojlangan sari jamg’armalarning klassik nazariyadan kelib chiqadigan ahamiyati ortib boradi. Iqtisodiy sub’ektlar iste’mol qilinmagan daromadlarning to’planishidan joriy vaqtda va kelajakda qo’shimcha daromad olishni maqsad qilishadi. Bu holatni Robert Lukas (1978) va Duglas Breeden (1979) o’z tadqiqotlarida ko’rib chiqishadi va ushbu kontseptsiyaning asoslarini yaratishgan. Bunda talab qilinayotgan investisiyalarni iste’molga berishdan kutilgan qaytim kapitalni narxlash modeli sifatida ko’rib chiqiladi. Model - bu umumlashma kapital aktivlarini narxlash modeli (CAPM) deyiladi. CAPM statik (o’zgarmas), bir davrli sozlangan, realistik (haqiqiy holatdan kelib chiqib), ko'p davrli (o’zgaruvchan) sozlamalardan foydalanadi. Modelning asosiy mazmuni shundan iboratki, aktivdan kutilayotgan “foyda” (jamg’arma egasi) va uni "iste'mol qilish xavfi" (investor) bilan bog'liq, ya'ni aktivni ushlab turish natijasida va iste'molga yo’naltirish qanchalik yo’qotishlarni paydo qilishi mumkinligini aniqlashdir. Katta miqdordagi noaniqlikka ega (yo’qotishlarga) olib keladigan aktivlar katta kutilgan daromadlarni keltirib chiqaradi, chunki investorlar iste'mol qilish xavfi uchun kompensatsiya olishni xohlashadi. Kapital aktivlarini narxlash modeli quyidagi maxsus holatlaridan kelib chiqishi mumkin: kvadratik foyda keltiradigan ikki davrli model ikki davrli, eksponensial (o’suvchi) va me’yoriy foydalilik modeli cheksiz davrli, kvadratik foyda va vaqt bo'yicha stoxastik (taxminiy) mustaqil model cheksiz davrli va log(vaqt oralig’i) foydaliligi modeli normal taqsimotlarga ega bo'lgan umumiy model Kapital aktivlarini narxlash modeli tavakkalchilik sharoitidagi foydalilikni, tavakkalsizlikdagi foydalilikni, tavakkalchilikni kamaytirishdan (ko’payishidan) yo’qotiladigan (qo’shimcha olinadigan) foydani, qaytish davri va qaytish davridagi foyda yoki iste'molini darajasini hisoblashga imkon beradi (ehtimollar nazariyasi asosida). Iste'molga kiritilganda va kutilgan foydalilik quyidagicha hisoblanadi: r = rf + B (rm - rf) Bu yerda: r = xavfsizlik yoki portfel(investisiya)ning kutilgan foydaliligi rf = xavfdan xoli stavka B = iste'mol (alohida kompaniyaning yoki o'rtacha portfel(investisiya)ning o'rtacha qiymati) va rm = bozordan qaytish Download 65.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling