6.5. Investitsion loyihalarni kapitalning chegaraviy samaradorligi bo‘yicha saralash va investitsiya talabining funksiyasini aniqlash
Investisiyalar moliyaviy shakliga kо‘ra, foyda olish maqsadida xо‘jalik faoliyatiga qо‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga kо‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat kо‘rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bо‘lgan aylanma kapitalning о‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
Investitsiyalarni turlicha guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng kо‘p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga kо‘ra uch turga bо‘linadi:
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular kо‘radigan foyda meyorini pasaytirib qо‘yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda о‘zgarishini kо‘rsatadi.
Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi kо‘rinishga ega: I = e - dR
Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng bо‘lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatlari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi о‘zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsiyent.
Grafikdagi “e” nuqta shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz kо‘p bо‘lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.
Investitsiyalar hajmining YAIM yoki daromadlar darajasiga bog‘liqligini akselerator modeli aks ettiradi: I = f(Y)
Investitsiyalar (I) YAIM (Y)ning funksiyasi deb qaralar ekan, akselerator modelining tо‘liqroq kо‘rinishi quyidagicha bо‘ladi: I = Ireja+ γY
bu yerda:
Do'stlaringiz bilan baham: |