Q = f (K, L, M)
Q-maksimal ishlab chiqarish miqdori, K-kapital, L-mehnat, M-
materiallar.
Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita omilga bog’liq bo’lsa, unda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo’ladi.
Q = f (K, L)
Ishlab chiqarish funksiyasi faqat sarflangan mehnatga bog’liq bo’lsa, u holda, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha bo’ladi.
Q = f ( L)
Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil – mehnat va kapitaldan foyda- laniladigan ishlab chiqarishni ko’rib chiqamiz. Masalan, mebel ishlab chi- qarish sexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va meh- natning ma‘lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda.
Kapital sarfi
|
Mehnat sarfi, (soatlarda)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
30
|
50
|
60
|
70
|
80
|
2
|
40
|
65
|
80
|
85
|
100
|
3
|
60
|
80
|
100
|
110
|
115
|
4
|
65
|
85
|
110
|
115
|
120
|
5
|
80
|
100
|
120
|
125
|
130
|
Izokvanta – bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir.
Izokvanta – buyurtma berilgan ishlab chiqarish hajmini ta‘minlab beruvchi ishlab chiqarish omillarining barchasining yalpi kombinat- siyasini ko’rsatadi.
Izokvanta kartasi o’zida firmaga mos keladigan ishlab chiqarish hajmini ta‘minlab beruvchi texnologik mumkin bo’lgan yalpi resurslar kombinatsiyasini mujassam etadi.
aaaa
Kapital К
7-rasm. IQ – Izokvantalar va Izokosta chizig’i
Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko’pligini ko’rsatadi.
Izokosta chizig’i – bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo’lib, u umumiy qiymati bir xil bo’lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o’z ichiga oladi.
Firma tomonidan ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi: doi- miy va o’zgaruvchan.
Do'stlaringiz bilan baham: |